Get Mystery Box with random crypto!

Najot Ta'lim

Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim N
Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim
Kanal manzili: @najottalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 28.98K
Kanalning ta’rifi

💡 𝗡𝗮𝗷𝗼𝘁 𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 — ilm va tajriba ulashamiz!
📞 𝗧𝗲𝗹: 998-78-888-9-888
📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @aloqa_ntbot
🌐 https://najottalim.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-07-19 03:08:06 «Kelajak kasblari» loyihasi bo'yicha bo'lib o'tgan ovozli chatni quyidagi mavzularda tinglashingiz mumkin

00:00 — Kirish
00:38 — Kelajak kasblari qanday loyiha va o'z ichiga nimalarni qamrab oladi?
04:20 — Kelajak kasblari doirasida kimlar grant yutish imkoniyatiga ega?
7:15 — Agar yoshlar yetakchisi nomzodni rad qilsa, nima qilish kerak?
11:51 — Grant yutgan yoshlardan nimalar talab qilinadi?
17:47 — Kurslarga qancha to'lov qilinadi va umumiy moliyaviy jihatlar haqida
23:28 — Nomzod ham zamonaviy kasblar, ham chet tillarini o'rganish mumkinmi?
25:01 — Kelajak kasblari qachongacha davom etadi?
26:58 — Kelajak kasblari loyihasining maqsadi haqida (Alisher Sa'dullayev)
33:15 — Loyiha yoshlar va ota-onalardan nima kutadi?
35:58 — Kam ta'minlangan yoki imkoniyati cheklanganlar ro'yxatida turaman, nima qilsam bo'ladi?
45:50 — Nega o'quv markazlarda saralab olish joriy qilingan?
48:55 — Najot Ta'limda nima sababdan imtihon joriy qilingan?
51:36 — Agar yoshlar ta'magirlikka duch kelsa, nima qilishi kerak?
55:23 — Ayni paytda Najot Ta'limda o'qiyman, grantda qatnasha olamanmi?
56:09 — Grantda o'qiydigan nomzod standart ta'lim turida tahsil oladimi yoki bootcamp?
58:52 — Agar Najot Ta'lim o'quvchisi grant yutsa, avval qilingan to'lovlar qaytariladimi?
1:00:20 — Saralash imtihonlari qanday o'tkaziladi?
1:01:55 — IELTS sertifikati bor nomzodlar imtihondan ozod etiladimi?
1:03:31 — Nomzod saralash imtihonidan yiqilsa, qayta topshirishi mumkinmi?
1:04:55 — Imtihon natijalari qachon e'lon qilinadi?
1:05:25 — 15 yoshli maktab o'quvchisi bo'lgan inson grantda qatnasha oladimi?
1:06:40 — Nomzod kursda oraliq imtihonlaridan yiqilsa, qayta o'qishga to'lov qilib beriladimi?

@najottalim
8.2K viewsedited  00:08
Ochish/sharhlash
2023-07-18 20:27:48
Grant uchun imtihon natijalarini e'lon qilamiz

"Kelajak kasblari" loyihasi doirasida 16-iyul kuni ilk saralash imtihonlari bo'lib o'tgan edi.

Quyidagi havola orqali to'plagan ballaringiz va qabul natijasini bilib olishingiz mumkin.

Javoblarni tekshirish

Kirish sinovidan o'tgan barcha o'quvchilarimizga ta'lim davri manfaatli bo'lishini tilaymiz.

Eslatib o'tamiz: keyingi sarlash imtihonlari 22, 23 va 30- iyul kunlari bo'lib o'tadi. Ro'yxatdan o'tish iyul oyining 26-sanasida yakunlanadi.

Grant uchun ro'yxatdan o'tish
8.1K views17:27
Ochish/sharhlash
2023-07-18 20:24:34 Live stream finished (1 hour)
17:24
Ochish/sharhlash
2023-07-18 18:59:24 Live stream started
15:59
Ochish/sharhlash
2023-07-18 08:01:48
"Kelajak kasblari" loyihasi bo'yicha gaplashamiz

Xabaringiz bor, Yoshlar ishlari agentligining "Kelajak kasblari" loyihasi bo'yicha markazimizda grant e'lon qilingan edi. Grant uchun dastlabki saralash imtihonlari ham bo'lib o'tdi.

Ushbu grant bo'yicha doimiy kelib tushayotgan savollarga javob berish maqsadida Yoshlar ishlari agentligining mas'ul xodimlari bilan ovozli chat o'tkazishga qaror qildik.

Suhbatda: "Kelajak kasblari" qanday loyiha, kimlar ishtirok eta oladi, qanday qatnashish mumkin, kabi savollarga batafsil javob beriladi.

Ovozli suhbat sanasi: 18-iyul, seshanba
Boshlanish vaqti: 21:00 da
Qayerda: «Najot Ta'lim»ning Telegram kanalida

Ovozli chatga qo'shilish: https://t.me/najottalim?livestream=1103628ce65a26d322

Grant bo'yicha o'zingizni qiziqtirgan savollarni izohlarda yozib qoldiring.
10.3K views05:01
Ochish/sharhlash
2023-07-18 08:00:25 Live stream scheduled for Jul 18 at 16:00
05:00
Ochish/sharhlash
2023-07-17 10:54:46
Ota-onalar uchun tavsiya

Ko'pchilik ota-onalar farzandlarining telefonga, gadjetlarga haddan tashqari bog'lanib qolganidan xavotirga tushishadi.

Bu galgi postimiz orqali shunday vaziyatlarda qanday yo'l tutish kerakligi haqida kichik tavsiyamizni ulashdik.

P. S. Postni farzandi bilan shunday muammosi bor ota-onalarga yuborib qo'ying.
9.8K viewsedited  07:54
Ochish/sharhlash
2023-06-12 14:45:21
«Marketing Team» musobaqasida g'olib bo'ling va Dubayga yo'llanmani qo'lga kiriting

Bilimlarni amaliyotda sinash, qo'shimchasiga chet elga sayohat qilishga nima deysiz?

«Najot Ta'lim»da muntazam ravishda tashkil etib kelinayotgan «Marketing Team» musobaqasi sizga shunday imkoniyatni yaratadi.

Musobaqa jamoaviy tarzda bo'lib, har bir jamoada 2 nafar SMM-menejer va 2 nafar grafik dizaynerlar bo'lishi kerak. Sizdan musobaqa boshlanguniga qadar jamoangizni shakllantirishingiz talab etiladi.

Musobaqa sovrindorlariga maxsus sertifikat, EduOn platformasidan 6 mln so'mli ta'lim grantlari va eng asosiy yutuq g'olib jamoaga Dubayga 1 kishilik sayohat uchun yo'llanma taqdim etiladi!

Qachon: 18-iyun, yakshanba, soat 10:30
Qatnashish: bepul
Kim uchun: «Najot Ta'lim»ni tamomlagan va ayni vaqtda o'qiyotganlar uchun
Qayerda: «Najot Ta'lim», Chilonzor va Farg'ona filiallari

Musobaqa uchun ro'yxatdan o'tish

P. S. Yuragida o'ti bor barcha SMM-menejer va grafik dizaynerlarni jang maydonida kutib qolamiz.
5.0K views11:45
Ochish/sharhlash
2023-06-12 08:01:01
Supermarketlarda ishlatiladigan marketing usullari

Ko'pchilikda supermarketlarga aniq bir narsalarni olishga kirib, bir qancha qo'shimcha xaridlar bilan chiqish holati kuzatilib turadi.

Bugun sizlar bilan shu kabi xaridlarga undovchi bir nechta sabablarni ko'rib chiqamiz.

Siz ham marketing sohasiga kirish hisoblangan SMM'ni o'rganmoqchi bo'lsangiz, SMM Pro kursi uchun ro'yxatdan o'ting.

Kursga ro'yxatdan o'tish

78-888-9-888 | @aloqa_ntbot
6.1K views05:01
Ochish/sharhlash
2023-06-10 19:27:06
SMM granti g'oliblari aniqlandi!

«Najot Ta'lim» tomonidan SMM sohasiga qiziqishi bor insonlar uchun e'lon qilingan grant g'oliblari bilan tanishing.

Ikki bosqichda bo'lib o'tgan saralashning umumiy xulosalariga ko'ra, 55 nafar yigit-qiz grant g'olibi deb topildi. Saralashda nomzodlarning ijtimoiy holati, bilim va ko'nikmalariga e'tibor berildi.

Barcha grant egalarini samimiy tabriklaymiz. Ularning ta'lim olish davri ham muvaffaqiyatli bo'lishiga tilakdoshmiz!

P. S. Grant gʻoliblariga tez orada «Najot Ta’lim» ma’muriyati bogʻlanadi.

«Najot Ta'lim» — ilm va tajriba ulashamiz!
8.3K views16:27
Ochish/sharhlash