Get Mystery Box with random crypto!

Onlayn «Algoritmlash» musobaqasida bilimlaringizni sinovdan o' | Najot Ta'lim

Onlayn «Algoritmlash» musobaqasida bilimlaringizni sinovdan o'tkazing

Xabaringiz bor, o'tgan oy markazimizda ilk martta onlayn formatdagi «Algoritmlash» musobaqasini o'tkazgan edik. Takliflarga binoan musobaqani davom ettiramiz.

Bellashuv yakka va onlayn tartibda bo'lib, unda ishtirok etish uchun dasturlashga oid fundamental bilimlarga ega bo'lishingiz yetarli.

G'oliblarga EduOn platformasidan umumiy qiymati 6 mln so'mli grantlar va quyidagi sovg'alar taqdim etiladi:

1-o'rin: «MI band 7» smart soati;
2-o'rin: «Rapoo VH-530C» quloqchini;
3-o'rin: «Borofone» powerbank'i.

Onlayn battle 23-iyul — yakshanba kuni soat 09:30 da boshlanadi. Unda ayni vaqtda «Najot Ta'lim»da o'qiyotgan yoki kursni tamomlagan o'quvchilar qatnashishi mumkin.

Musobaqa uchun ro'yxatdan o'tish

Ro'yxatdan o'tganingizdan so'ng «Algoritmlash» musobaqasi Telegram guruhiga qo'shilishingiz kerak bo'ladi!