Get Mystery Box with random crypto!

my.gov.uz

Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz M
Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz
Kanal manzili: @mygovuz
Toifalar: Texnologiyalar , Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 146.90K
Kanalning ta’rifi

Расмий телеграм канали
Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242
✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz
Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2024-03-15 08:40:02
Eʼlon!

my.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda

21 – 24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan my.gov.uz portali va uning xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan barcha modullar, xususan, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan dxa.gov.uz axborot tizimi faoliyati cheklanadi.

Sizga bayram kunlarini maroqli oʻtkazishni tilaymiz! Bu vaqt ichida biz elektron davlat xizmatlarining ishlashini yanada yaxshilashga intilamiz!

Qoʻshimcha savollar boʻlsa, 1242 raqamiga murojaat qiling.

my.gov.uz egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
33.5K views05:40
Ochish/sharhlash
2024-03-14 09:39:05 JShShIR nima?

JShShIRda shaxsimizni tasdiqlovchi pasportdagi 14 ta raqam tanlab olingan va barcha turdagi davlat, bank va ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning yagona identifikator raqami hisoblanadi.

JShShIR raqamlari noyob bo‘lib, o‘zgartirishning imkoniyati yo‘q. Ya’ni u birinchi o‘rinda pasportda ko‘rsatilgan jins va tug‘ilgan asr indeksi, keyin tug‘ilgan sana, shahar yoki region kodi, fuqaroning seriyasi hamda tekshirish raqamlarini o‘z ichiga oladi.

Shuning uchun ham uni qalbakilashtirib bo‘lmaydi.

Eslatib oʻtamiz, shaxsiy maʼlumotlaringiz xavfsizligi avvalo oʻz qoʻlingizda!





my.gov.uz egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
43.0K viewsedited  06:39
Ochish/sharhlash
2024-03-13 15:48:40
Bilasizmi?

my.gov.uz – aholimiz hayotini sezilarli darajada osonlashtirib borayotgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.

Avvallari odamlar davlat xizmatlarini olish uchun behuda vaqt sarflab, turli tashkilotlarga qatnab, navbatlarda sarson yurgan bo‘lsa, bugun ular my.gov.uz tufayli keng turdagi raqamli xizmatlardan istalgan vaqtda va joyda, hatto uydan chiqmagan holda foydalanish imkoniyatiga ega.

Portalning asosiy afzalliklari:

Qulay va foydalanish imkoniyati keng. Ayni kunlarda my.gov.uz orqali 590 dan ziyod davlat xizmatlaridan onlayn tarzda, tashkilotlarga qayta tashrif buyurmasdan, navbatlarda turmasdan foydalanish mumkin.

Xizmatlar xilma-xilligi. my.gov.uz – aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlariga 18 ta soha bo‘yicha, xususan, sog'liqni saqlash, ta'lim, ijtimoiy himoya, transport, kadastr, soliq va bojxona kabi yo‘nalishlarda keng ko'lamli davlat xizmatlarini taklif etadi.

Elektron to‘lovlar. Portal orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati ham mavjud. Bu davlat xizmatlari uchun to‘lovni soddalashtiradi, banklarga tashrif buyurish zaruriyatini kamaytiradi.

Ariza va murojaatlar holatini kuzatish. Fuqarolar o‘z so‘rov va murojaatlari holatini portal orqali kuzatib borishlari mumkin. Bu ularga xizmatlarni ko‘rsatish jarayonidan xabardor bo‘lish imkonini beradi.

Shaffoflikni oshirish. my.gov.uz shaffoflikni oshirishga va korrupsiyani bartaraf etishga yordam beradi. Chunki davlat xizmatlarini onlayn olish lavozimdagilar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotni qisqartiradi hamda tanish-bilishlik ehtimolini yo'qotadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatishda davom eting!

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
18.5K views12:48
Ochish/sharhlash
2024-03-13 10:33:37
C1 darajada chet tillarini bilgan yoshlarimiz yuqori daromadli ishga ega bo’lishlari aniq, Xalqaro imtihon xarajatlari davlat tomonidan qoplab berilishi yo’lga qo’yilgan bo’lsada, lekin sertifikat olayotgan yoshlarimiz soni yetarli emas. Bu xizmat haqida eshitganmisiz?

my.gov.uz da Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berilishiga doir davlat xizmati ishga tushirilgan: https://my.gov.uz/uz/service/413

Bugun sizlarning fikringizni bilmoqchimiz. Xizmatdan foydalanib ko‘rdingizmi? Biror muammoga duch kelganmisiz?

Xizmatni yanada soddalashtirish bo’yicha takliflar ham biz uchun muhim: https://bit.ly/49Q8txr
26.4K views07:33
Ochish/sharhlash
2024-03-12 10:08:22
E’lon!

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida pensiya va nafaqalar tayinlashga doir davlat xizmatlarining integratsiya jarayonlari to'liq yakunlaniga yetkazilishi munosabati bilan 2024-yil 11-15-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)dagi Pensiya va nafaqa tayinlash uchun ariza berish xizmatlarida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkinligi ma'lum qilamiz.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
37.0K views07:08
Ochish/sharhlash
2024-03-12 08:10:51
Navbatdagi chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 17-fevraldan 1-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz portalida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz portali orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (12-14-mart) my.gov.uz portali orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

my.gov.uz egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
36.2K views05:10
Ochish/sharhlash
2024-03-11 18:12:14
Онлайн-разрешение на ввоз и вывоз дикорастущих растений

В нашей стране много любителей экзотических растений и предпринимателей. Разрешение необходимо для того, чтобы не возникло проблем с ввозом таких редких растений из-за границы или наоборот.

А его можно получить через my.gov.uz.

Для этого:

Выбираете услугу “Получение нового разрешения на ввоз и вывоз дикорастущих растений, их частей”;
Указываете цель заявки и разрешения;
Записываете информацию о себе;
Также указываете цель импорта и экспорта дикорастущих растений, а также информацию о растениях;
Осуществляете платеж.

При использовании услуги прилагается один из следующих соответствующих документов:

Документ, подтверждающий легальную покупку дикорастущих растений;

Документ о регистрации ботанической коллекции в органах Государственного комитета по экологии;

Договор купли-продажи;

Товарно-транспортная накладная;

Копия разрешения на сбор;

Ответ предоставляется в течение 15 рабочих дней.

При подаче заявки через Единый портал уплачивается госпошлина в размере:

Для юридических лиц - 68 000 сум (0,2 БРВ)
Для физических лиц - 34 000 сум (0,1 БРВ).

my.gov.uz egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
36.5K viewsedited  15:12
Ochish/sharhlash
2024-03-11 12:44:59
Yovvoyi oʻsimliklarni olib kirish va olib chiqishga onlayn ruxsatnoma

Yurtimizda ekzotik oʻsimliklar shinavandalari va tadbirkorlarimiz koʻp. Bunday noyob oʻsimliklarni xorijdan olib kelish yoki aksincha olib chiqishda muammo tugʻilmasligi uchun ruxsatnoma kerak.

Uni esa my.gov.uz orqali olish mumkin.

Buning uchun:

“Yovvoyi oʻsimliklarni va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish uchun yangi ruxsatnoma olish” xizmatini tanlaysiz
Ariza va ruxsatnoma olish maqsadini koʻrsatasiz
Oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotlarni qayd etasiz
Yovvoyi oʻsimlik importi va eksporti maqsadini ham oʻsimlik haqidagi maʼlumotlarni keltirasiz
Toʻlovni amalga oshirasiz

Xizmatdan foydalanishda tegishliligi boʻyicha quyidagi hujjatlardan biri ilova qilinadi:
Yovvoyi oʻsimliklarni qonuniy sotib olishni tasdiqlovchi hujjat;
Davlat ekologiya qoʻmitasi organlarida botanika toʻplamini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjat;
Oldi-sotti shartnomasi;
Yuk xati hisob fakturasi;
Toʻplashga ruxsatnoma nusxasi;

Javob 15 ish kunida taqdim etiladi.

Ariza Yagona portal orqali topshirilganda:

Yuridik shaxslar uchun – 68 000 soʻm (0.2 BHM)
Jismoniy shaxslar uchun – 34 000 soʻm (0.1 BHM) miqdorida davlat boji toʻlanadi.

my.gov.uz egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
14.9K views09:44
Ochish/sharhlash
2024-03-11 08:48:17 Endilikda uyda o’tirgan holda hunarmandchilik bilan shug‘ullanish, tomorqaga ekin ekish, chorva mollari boqish orqali ham ish stajiga ega bo‘lish mumkin

Prezidentning tegishli qaroriga ko’ra, ishsiz fuqarolar ushbu 101 turdagi mehnat faoliyatlaridan biri bilan shug‘ullanishsa, 1 yil mehnat stajiga ega bo‘lishadi.

Buning uchun o‘rnatilgan tartibda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, bazaviy hisoblashning bir barobari (340 ming so‘m) miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash kerak.

Fuqaro 7 yil davomida har yili Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘lovini amalga oshirsa, nafaqa olish huquqini qo‘lga kiritadi. Nafaqa miqdori ish haqi va ish stajiga bog‘liq, ya’ni ijtimoiy soliq qancha ko‘p to‘lansa, pensiya miqdori ham shuncha yuqori chiqadi.

Bugunoq o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul!

https://www.youtube.com/shorts/hn5IU8i_Kes

my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
25.8K views05:48
Ochish/sharhlash
2024-03-07 09:18:43 Хorijga chiqish taqiqi bor-yoʼqligini bilishdan tortib, ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotgacha…

Mobil qurilma ekranidagi bitta tugmani bosish orqali foydalanish mumkin bo‘lgan davlat xizmatlari bilan tanishing:





my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
28.6K viewsedited  06:18
Ochish/sharhlash