Get Mystery Box with random crypto!

my.gov.uz

Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz M
Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz
Kanal manzili: @mygovuz
Toifalar: Texnologiyalar , Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 146.90K
Kanalning ta’rifi

Расмий телеграм канали
Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242
✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz
Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2024-03-27 08:29:48
#yangi_xizmat

Agro xizmatlar sohasida malaka oshirishni istaysizmi?

Endilikda jismoniy shaxslar Agroxizmatlar markazi (AKIS) o‘quv kurslarida malaka oshirishga my.gov.uz orqali onlayn ariza topshirishi mumkin.

Bunda talabgor o‘z xohishiga ko‘ra, online yoki ofline ta’lim shaklini tanlash imkoniyatiga ega. Malaka oshirish uchun to‘lov undirilmaydi.

Ta’lim yo‘nalishlari quyidagilar:
Baliqchilik;
Bog‘dorchilik va uzumchilik;
Chorvachilik;
Gulchilik;
Issiqxona xo‘jaligi;
Parrandachilik;
Sabzavot va polizchilik;
Urug‘chilik va ko‘chatchilik.

Mazkur kurslarni muvaffaqiyatli bitirganlarga sertifikatlar beriladi.

Eslatib o‘tamiz!
Ushbu sertifikatga ega fuqarolarga e-auksion platformasi orqali qishloq xo’jaligidan yer sotib olishda 3 ballik imtiyoz belgilangan.

Tegishli xizmat Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan koʻrsatiladi.

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
30.6K views05:29
Ochish/sharhlash
2024-03-26 09:50:20 “Tonirovka”ga ruxsatnomani smartfon orqali olish qulay

Quyoshli kunlar yaqinlashgan sari haydovchilar o‘z avtotransportlari oynalari tusini o‘zgartirish haqida ko‘proq bosh qotirishadi.

Qo‘l telefoniga my.gov.uz mobil ilovasini yuklab olganlar uchun bu oson va qulay. Mobil ilovada “Avto oynalari tusini o‘zgartirish” xizmati tanlanib, ruxsatnomani 5 daqiqada rasmiylashtirish mumkin.

Yodda tuting! Ruxsatnomani ko‘cha-ko‘yda pul evaziga rasmiylashtiraman deb, shaxsiy ma’lumotlaringizni firibgarlar qo‘liga topshirib qo‘ymang. Uni shaxsan o‘zingiz onlayn rasmiylashtiring.

Videoyo‘riqnoma:



My.gov.uz bilan vaqtingiz va naqdingizni tejang!

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
41.0K views06:50
Ochish/sharhlash
2024-03-21 06:01:02
Goʻzal diyorimizga barchamiz orziqib kutgan Navroʻzi olam kirib kelmoqda.

Shunday fayzli kunlarda yurtdoshlarimizni bayram bilan chin qalbdan tabriklaymiz.

Sharqona Yangi yilimiz har bir xonadonga, el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!

my.gov.uz egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
33.3K views03:01
Ochish/sharhlash
2024-03-20 16:15:46
Объявление!

Устройства серверов портала my.gov.uz переносятся

С 21 по 24 марта будут проведены организационно-технические работы по переносу серверных устройств Единого портала интерактивных государственных услуг (my.gov.uz) в Центр обработки данных Центра «Цифровое правительство».

В связи с чем, будет ограничена работа портала my.gov.uz и всех модулей, специализирующихся на предоставлении его услуг, в частности, информационной системы dxa.gov.uz, используемой при оказании услуг Центрами государственных услуг.

Желаем вам приятного отдыха! За это время мы еще больше улучшим процесс предоставления электронных государственных услуг!

Если у вас есть дополнительные вопросы, звоните по номеру 1242.

my.gov.uz egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
20.1K views13:15
Ochish/sharhlash
2024-03-20 07:25:19
Eʼlon!

my.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda

21 – 24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan my.gov.uz portali va uning xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan barcha modullar, xususan, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan dxa.gov.uz axborot tizimi faoliyati cheklanadi.

Sizga bayram kunlarini maroqli oʻtkazishni tilaymiz! Bu vaqt ichida biz elektron davlat xizmatlarining ishlashini yanada yaxshilashga intilamiz!

Qoʻshimcha savollar boʻlsa, 1242 raqamiga murojaat qiling.

my.gov.uz egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
13.5K views04:25
Ochish/sharhlash
2024-03-19 11:12:28 #Qulay_hayot

«Zoomrad mobil ilovasida 16 ta davlat xizmatlarini joriy qildik» — Farrux Mahkamov

Raqamli texnologiyalar hayotimizning turli sohalariga tobora chuqurroq kirib bormoqda va bank sektori ham bundan mustasno emas.

Bank tizimini raqamlashtirishning asosiy maqsadlaridan biri mijozlar uchun bank xizmatlarining qulayligi va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashdan iboratdir. Mobil qurilmalar va Internetning rivojlanishi bilan mijozlar istalgan vaqtda va istalgan joyda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishni xohlashadi. Raqamli innovatsiyalar banklarga mobil ilovalar va onlayn-banking orqali keng ko‘lamli xizmatlarni taklif qilish imkonini beradi, bu esa moliyaviy boshqaruvni yanada moslashuvchan va qulay qiladi.

“Qulay hayot” loyihasining navbatdagi sonida bugunga kelib bank sektori qanday rivojlanayotgani va uni qanday kelajak kutayotganini muhokama qilamiz.

Bank tizimida raqamlashtirish jarayonlari, yangiliklar va mavjud muammolar xususida Aloqabank AT boshqaruv raisi o‘rinbosari Farrux Mahkamovga yuzlanamiz.

Video:



Batafsil: https://egov.uz/news/zoomrad-mobil-ilovasida-16-ta-davlat-xizmatlarini-joriy-qildik-farrux-mahkamov-1261

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
34.0K viewsedited  08:12
Ochish/sharhlash
2024-03-19 08:51:20
Eʼlon!

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi server qurilmalarida texnik ishlar olib borilayotgani sababli my.gov.uz orqali ko'rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Ayni paytda mutaxassislar tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
40.0K views05:51
Ochish/sharhlash
2024-03-19 08:18:17
Talaba stipendiyasi haqidagi ma’lumotlarni my.gov.uz orqali olishi mumkin

Buning uchun my.gov.uz portaliga kiring!

“Ta’lim” bo‘limidan “Stipendiya haqida ma’lumot” xizmatini va kerakli davrni tanglang hamda ushbu davr bo‘yicha hisoblangan stipendiyalar haqidagi ma’lumotga ega bo‘ling.

Eslatma: Ushbu xizmat faqat hozirda tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. O‘qishni tugatgan yoki talaba bo‘lmagan shaxslar uchun stipendiya ma’lumotlari mavjud emas.

Stipendiya ma’lumotlari Iqtisodiyot va moliya vazirligining UzASBO tizimi orqali olinmoqda.

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
33.0K views05:18
Ochish/sharhlash
2024-03-19 06:14:37 Профессиональный сертификат для педагогов

Персонал с высшим образованием, впервые трудоустроенный по педагогической профессии, обязан получить профессиональный сертификат в течение 1 года.

Для этого претендент заполняет анкету и регистрируется онлайн с помощью услуги «Профессиональная сертификация педагогических кадров государственных общеобразовательных организациях» на портале my.gov.uz.

Срок регистрации длится не менее одного месяца.

Подача заявки на получение профессионального сертификата впервые и участие в контрольном тестировании представляется бесплатно.

https://youtube.com/shorts/pl8i4Sx97BE

my.gov.uz egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
32.9K views03:14
Ochish/sharhlash
2024-03-18 09:19:10 Pedagoglar uchun kasbiy sertifikat

Birinchi marta pedagogik kasbga ishga qabul qilinadigan oliy ma'lumotli kadrlardan 1 yil muddat ichida kasbiy sertifikatga ega bo'lishlik talab etiladi.

Buning uchun talabgor my.gov.uz portalidagi "Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash" xizmatidan onlayn foydalangan holda so‘rovnomani to‘ldirib, ro‘yxatdan o‘tadi.

Ro‘yxatga olish davriyligi kamida bir oy davom etadi.

Birinchi marta kasbiy sertifikat olish bo‘yicha ariza yo‘llash va nazorat sinovida ishtirok etish bepul.

https://youtube.com/shorts/pl8i4Sx97BE

my.gov.uz egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
23.5K views06:19
Ochish/sharhlash