Get Mystery Box with random crypto!

Bilasizmi? my.gov.uz – aholimiz hayotini sezilarli darajada | my.gov.uz

Bilasizmi?

my.gov.uz – aholimiz hayotini sezilarli darajada osonlashtirib borayotgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.

Avvallari odamlar davlat xizmatlarini olish uchun behuda vaqt sarflab, turli tashkilotlarga qatnab, navbatlarda sarson yurgan bo‘lsa, bugun ular my.gov.uz tufayli keng turdagi raqamli xizmatlardan istalgan vaqtda va joyda, hatto uydan chiqmagan holda foydalanish imkoniyatiga ega.

Portalning asosiy afzalliklari:

Qulay va foydalanish imkoniyati keng. Ayni kunlarda my.gov.uz orqali 590 dan ziyod davlat xizmatlaridan onlayn tarzda, tashkilotlarga qayta tashrif buyurmasdan, navbatlarda turmasdan foydalanish mumkin.

Xizmatlar xilma-xilligi. my.gov.uz – aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlariga 18 ta soha bo‘yicha, xususan, sog'liqni saqlash, ta'lim, ijtimoiy himoya, transport, kadastr, soliq va bojxona kabi yo‘nalishlarda keng ko'lamli davlat xizmatlarini taklif etadi.

Elektron to‘lovlar. Portal orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati ham mavjud. Bu davlat xizmatlari uchun to‘lovni soddalashtiradi, banklarga tashrif buyurish zaruriyatini kamaytiradi.

Ariza va murojaatlar holatini kuzatish. Fuqarolar o‘z so‘rov va murojaatlari holatini portal orqali kuzatib borishlari mumkin. Bu ularga xizmatlarni ko‘rsatish jarayonidan xabardor bo‘lish imkonini beradi.

Shaffoflikni oshirish. my.gov.uz shaffoflikni oshirishga va korrupsiyani bartaraf etishga yordam beradi. Chunki davlat xizmatlarini onlayn olish lavozimdagilar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotni qisqartiradi hamda tanish-bilishlik ehtimolini yo'qotadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatishda davom eting!

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram