Get Mystery Box with random crypto!

Endilikda uyda o’tirgan holda hunarmandchilik bilan shug‘ullan | my.gov.uz

Endilikda uyda o’tirgan holda hunarmandchilik bilan shug‘ullanish, tomorqaga ekin ekish, chorva mollari boqish orqali ham ish stajiga ega bo‘lish mumkin

Prezidentning tegishli qaroriga ko’ra, ishsiz fuqarolar ushbu 101 turdagi mehnat faoliyatlaridan biri bilan shug‘ullanishsa, 1 yil mehnat stajiga ega bo‘lishadi.

Buning uchun o‘rnatilgan tartibda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, bazaviy hisoblashning bir barobari (340 ming so‘m) miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash kerak.

Fuqaro 7 yil davomida har yili Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘lovini amalga oshirsa, nafaqa olish huquqini qo‘lga kiritadi. Nafaqa miqdori ish haqi va ish stajiga bog‘liq, ya’ni ijtimoiy soliq qancha ko‘p to‘lansa, pensiya miqdori ham shuncha yuqori chiqadi.

Bugunoq o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul!

https://www.youtube.com/shorts/hn5IU8i_Kes

my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram