Get Mystery Box with random crypto!

Navbatdagi chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi 2024 | my.gov.uz

Navbatdagi chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 17-fevraldan 1-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz portalida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz portali orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (12-14-mart) my.gov.uz portali orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

my.gov.uz egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram