Get Mystery Box with random crypto!

my.gov.uz

Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz M
Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz
Kanal manzili: @mygovuz
Toifalar: Texnologiyalar , Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 146.90K
Kanalning ta’rifi

Расмий телеграм канали
Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242
✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz
Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2024-03-06 12:39:00
Vaqtingiz va naqdingizni tejang!

My.gov.uz orqali koʼchmas mulkka doir elektron davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning:

Kadastr pasportini shakllantirish;

Turar joyning maydoni boʼyicha maʼlumotnoma olish;

Koʼchmas mulk obʼektlariga boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish;

Davlat kadastr reestridan koʼchmas mulk boʼyicha koʼchirmani tekshirish;

Oʼzganing yer uchastkasidan foydalanish uchun ruxsatnoma;

Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat roʼyxatidan oʼtkazish;

Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish;

Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi bor yoki yoʼqligi toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma olish;

Kadastr obʼektiga taqiqni tekshirish va boshqalar;

my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
17.7K viewsedited  09:39
Ochish/sharhlash
2024-03-06 08:50:22
Bilasizmi

Fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddati 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganida boj, yig‘im va boshqa to‘lovlarning 50 foizi ariza beruvchilar murojaati asosida qaytariladi.

Shuningdek, ariza beruvchiga tegishli davlat xizmati to‘liq hajmda ko‘rsatiladi.

Ushbu tartib my.gov.uz, Davlat xizmatlari markazlari hamda "Litsenziya" axborot tizimi orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlariga taalluqli.

My.gov.uz – vaqt va naqd tejamkorligi kafolati!

my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
23.0K views05:50
Ochish/sharhlash
2024-03-05 13:57:35
Еще одна новая услуга!

Теперь требуется, чтобы кадры с высшим образованием, которые впервые будут приняты на работу в педагогическую профессию, имели профессиональный сертификат в течении одного года.

На основании данного требования, на портале my.gov.uz запущена услуга «Профессиональная сертификация педагогических кадров государственных общеобразовательных организаций».

Процесс данного типа сертификации организует, контролирует и координирует Министерство дошкольного и школьного образования.

Профессиональный сертификат – документ государственного образца с QR-кодом, дающий право физическому лицу, успешно прошедшему контрольное испытание, заниматься педагогической деятельностью.

Сертификат выдается на неограниченный срок.

Первое участие в контрольном испытании бесплатное.

При подаче заявки на повторное участие через my.gov.uz будет оплачено 306 000 сум (0,9 БРВ) с 10-процентной скидкой.

Примечание: в случае перерыва в педагогической деятельности на пять и более лет после получения профессионального сертификата необходимо получить профессиональный сертификат в течение одного года с момента возобновления деятельности.

Пользоваться услугой очень просто и удобно!

my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
28.3K views10:57
Ochish/sharhlash
2024-03-05 09:33:01
Yana bir yangi xizmat!

Endilikda pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma'lumotli kadrlarning bir yil muddat ichida kasbiy sertifikatga ega bo'lishi talab etiladi.

Mazkur talabdan kelib chiqib my.gov.uz portalida "Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash" xizmati ishga tushirildi.

Bu turdagi sertifikatlash jarayoni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etiladi, nazorat qilinadi va muvofiqlashtiriladi.

Kasbiy sertifikat — nazorat sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan jismoniy shaxsga pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi QR-kod qo‘yilgan davlat namunasidagi hujjatdir.

Sertifikat cheklanmagan muddatga beriladi.

Nazorat sinovida birinchi marta ishtirok etish bepul.

Qayta ishtirok etishga my.gov.uz orqali ariza berishda 10 foiz chegirma bilan 306 000 so'm (0,9 BHM) to‘lanadi.

Eslatma: Kasbiy sertifikat olingandan so'ng pedagogik faoliyatda besh va undan ko‘p yil uzilishlar bo‘lsa, faoliyatni qayta boshlagan vaqtdan bir yil muddat ichida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi lozim.

Xizmatdan foydalanish juda oson va qulay!

my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
31.0K views06:33
Ochish/sharhlash
2024-03-05 09:18:49 Педагоги могут подать онлайн-заявку на аттестацию и квалификационную категорию

Педагогические кадры в сфере дошкольного образования, общего среднего образования, среднего специального образования и внешкольного образования должны отправить документы на аттестацию и квалификационную категорию (должность) через my.gov.uz.

Потому что, практика выдачи им сертификатов о прохождении аттестации в бумажном виде была отменена, а вместо него введен порядок выдачи сертификатов в электронном виде, заверенных электронной цифровой подписью и с QR-кодом.

Подача заявки: проводится ежегодно с января по февраль, с августа по сентябрь.

Важно отметить, что за оказание государственной услуги по очередной обязательной аттестации педагогических кадров сбор не взимается.

В случае проведения внеочередной аттестации за оказание государственной услуги производится плата, равная единоразовой сумме базового расчета. При подаче заявки через my.gov.uz предоставляется 10 процентная скидка.

https://www.youtube.com/shorts/zJsXmRQmGCE?feature=share

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
25.6K views06:18
Ochish/sharhlash
2024-03-05 06:56:16 Pedagoglar attestatsiyadan o‘tish va malaka toifasini olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin

Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim hamda maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi pedagog kadrlar attestatsiyadan o‘tish va malaka toifasi (lavozim) olish bo‘yicha hujjatlarni my.gov.uz portali orqali topshirishlari lozim.

Ariza topshirish har yili yanvar-fevral, avgust-sentyabr oylarida amalga oshiriladi.

Muhimi, pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilganda esa davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov to‘lanadi. My.gov.uz portali orqali murojaat qilinganda, 10 foizlik chegirma beriladi.

Onlayn ariza berish tartibi haqida quyidagi videoda batafsil ma’lumot keltirilgan:

https://www.youtube.com/shorts/zJsXmRQmGCE?feature=share

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
30.7K viewsedited  03:56
Ochish/sharhlash
2024-03-04 12:58:39 #OAV_biz_haqimizda

My.gov.uz portali imkoniyati cheklanganlar uchun ham qulay!

Ko‘rishda yoki eshitishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun davlat xizmatlaridan my.gov.uz portali orqali foydalanishning qulayligi shundaki, veb-saytda xalqaro standartlarga mos ravishda ko‘z belgisi va ekran suhandoni funksiyasi mavjud.

Shu kabi yana boshqa imkoniyatlar haqida video davomida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.





  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
34.2K viewsedited  09:58
Ochish/sharhlash
2024-03-04 10:24:04 Arxiv xizmatlarini olish oson

Inson umri davomida ko‘plab voqealar va o‘zgarishlarni boshdan kechiradi: bolaning tug‘ilishi, yaqin kishining o‘limi, ish o‘zgarishi, pensiyaga chiqish, meros qolgan mulk, oldi-sotdi ishlari, yangi uyga ko‘chish...

Bularning barchasi nafaqat xotirada, balki qog‘ozlarda ham saqlanadi. Ko‘pchiligimiz bu kabi hujjatlarni uyimizda saqlaymiz, hamma ham alohida seyfga yoki maxsus saqlash joylariga ega emas.

Natijada muhim hujjatlar yo‘qoladi yoki shikastlanadi. Arxiv ma’lumotlarini olish esa uzoq va murakkab jarayon bo‘lib, odamdan vaqt va sabr talab qiladi.

Raqamlashtirish tufayli endi bu jarayonlar osonlashdi. Fuqarolar my.gov.uz orqali arxiv xizmatlarini onlayn olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Buning uchun ushbu manzilga o‘tish kifoya: КIRISH.

Xizmatdan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma ham bor:

my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
37.4K views07:24
Ochish/sharhlash
2024-03-01 12:30:36 Bugundan eksternat tartibida imtihon topshirishga onlayn ariza qabuli boshlandi

Turli sabablar bilan umumiy o’rta ta’limni to‘liq bitira olmaganlar eksternat tartibida imtihonda qatnashish uchun my.gov.uz orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin.

Arizalar 1-martdan 1-mayga qadar qabul qilinadi.

Xizmatdan foydalanishda baholar tabeli hamda kollej yoki akademik litseyda o‘qimaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani ilova qilish talab etiladi.

Yakuniy natijani shaxsiy kabinetingizdan yuklab olishingiz mumkin.

Joriy o‘quv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxati.

Xizmatdan foydalanish tartibi bilan tanishing:





my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
25.5K views09:30
Ochish/sharhlash
2024-03-01 08:16:30
#OAV_biz_haqimizda

Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun my.gov.uz portalida qanday xizmatlar mavjud? (video)

My.gov.uz portalida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun 25 turdagi elektron davlat xizmatlari mavjud bo’lib, bugun shular haqida ma’lumot beramiz.

Batafsil: https://ict.xabar.uz/uz/gl3

my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
29.6K viewsedited  05:16
Ochish/sharhlash