Get Mystery Box with random crypto!

Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

Telegram kanalining logotibi mt_toshkent — Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz! I
Telegram kanalining logotibi mt_toshkent — Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!
Kanal manzili: @mt_toshkent
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 391

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 67

2022-07-26 20:38:35
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Афғонистон: хавфсизлик ва иқтисодий тараққиёт” мавзусидаги халқаро конференция иштирокчиларига мурожаати

Обращение Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева к участникам международной конференции «Афганистан: безопасность и экономическое развитие»

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
31 views17:38
Ochish/sharhlash
2022-07-26 20:38:35
Oliy Majlisning Qoraqalpogʻistondagi tartibsizliklarni oʻrganish boʻyicha Komissiyasi a’zolari rejaga muvofiq bugun Nukus markaziy bozori, bozor atrofida joylashgan tadbirkorlar va aholi bilan muloqot oʻtkazdik.

Kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog’iston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari va Qoraqalpog’iston Bosh imomi Shamsiddin Bahouddinov bilan uchrashdik.

Kundalik maʼlumotlar asosida Komissiya xulosasi tayyorlanmoqda. Yakuniy xulosa tayyor boʻlishi bilan Oliy Majlisga va jamoatchilikka maʼlum qilinadi.

@alisherqodir
25 views17:38
Ochish/sharhlash
2022-07-26 15:00:59
HAMKORLIGIMIZ BARDAVOM BO'LSIN

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi aʼzosi, Toshkent shahar hokimining til masalalari bo‘yicha maslahatchisi Akmal Ro‘zitoyev "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Saylovoldi dasturida belgilangan Davlat tilini boyitish va yanada takomillashtirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirishdagi hamkorligi uchun "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tomonidan TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandi.

Akmal Ro‘zitoyevga mashaqqatli va sharafli mexnat faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
140 views12:00
Ochish/sharhlash
2022-07-26 14:10:29 Bilimli ayol - kelajak tayanchi

Mamlakatimiz Prezidenti rahnamoligida ayollarimizning ijtimoiy mavqeini yuksaltirish, ularning samarali mehnat qilishi, bilim va mahoratini oshirishi, ishbilarmonlik salohiyatini namoyon etishiga doimiy eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Har qanday jamiyatning madaniy darajasi, maʼnaviy barkamolligi ko‘p jihatdan ayolga bo‘lgan munosabatiga qarab belgilanadi. Albatta Prezidentimizning joriy yil 18-iyul kuni qabul qilingan “Oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning taʼlim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan o'z isbotini topmoqda.

Mazkur hujjat bilan batafsil tanishib chiqish jarayonida davlatimiz rahbarining xotin-qizlarning, ayniqsa, talaba yoshlarimizning muammolarini naqadar chuqur anglashlari, ularning oʻz iqtidor va salohiyatlarini yuksaltirishlari, malakali bilim olishlari uchun barcha qulaylik va imkoniyatlarni yaratib berishga doimo tayyor ekanliklarini anglab yetdim.

Ushbu qaror bilim olish istagidagi xotin-qizlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib borishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan.

Unga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab respublikadagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun imtiyozli shartlarda taʼlim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga Davlat byudjetidan mablag‘ ajratishning yangi tizimi joriy etilmoqda.

Taʼlim kreditlari 14 foiz stavkada ajratiladi va kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Eng muhimi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Darhaqiqat, ''Bilimli ayol kelajak tayanchidir”. Yurtimizdagi barcha xotin - qizlarning quvontirgan ushbu qaror meni ham juda hursand qildi. Chunki yurtimizda Oliy o'quv yurtlarida bilim olish istagida yurgan ko‘plab opa - singillarimiz borligi barchamizga ma’lum. Xotin-qizlarga berilayotgan bu kabi imkoniyatlar uchun Yurtboshimizdan cheksiz mamnunmiz.

Ra'no Abduqodirova,
Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi deputati
119 viewsedited  11:10
Ochish/sharhlash
2022-07-26 14:10:20
98 views11:10
Ochish/sharhlash
2022-07-26 13:59:34
DEPUTATDAN AMALIY KO‘MAK

Mirzo Ulug‘bek tumanida nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida nogironlik aravachalari tarqatildi.

So‘ngi yillarda davlatimiz miqyosida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarimizga qaratilayotgan eʼtibor va ularga yordam berish borasidagi ishlarni ko‘lami tobora ortib bormoqda. Bu borada xalq vakillari bo‘lgan deputatlar tomonidan qilinayotgan amaliy ishlar ham talaygina.

Jumladan Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati, MTDP Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi raisi, t.f.d. professor shifokor Yo.N. Madjidova tashabbusi bilan Mirzo Ulug‘bek tuman tibbiyot birlashmasi raisi F.U. Qodirov, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi rahbari M.Sh. Muslimova, 8-oilaviy poliklinika bosh shifokori Yashin Nematullayevichlar hamkorligida tumanda yashovchi nogironligi bor bir guruh fuqarolarga nogironlik aravachalari tarqatildi.

kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent
112 views10:59
Ochish/sharhlash
2022-07-26 13:33:29
OAV da BIZ!

Toshkent
shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tashabbusi bilan Yakkasaroy tumanidagi 319-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida zamonaviy yagona maktab formasi taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir uyushtirildi

Tadbir tafsilotlari to‘g‘risida Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashi deputati, Yakkasaroy tuman Xalq taʼlimi bo‘limi mudiri Nilufar Xusanboyeva batafsil maʼlumotlar berib o‘tdi.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
110 viewsedited  10:33
Ochish/sharhlash
2022-07-26 13:07:30 Ayollarga ehtirom-bu buyuklik ramzidir!

Hozirda yurtimizda ayollarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar taqsinga loyiq. Mamlakatimizda ayollarga bo‘lgan yuksak hurmat-e’tibor va g‘amxo’rlikning amaliy isboti sifatida Prezidentimizning joriy yil 18-iyul kuni qabul qilingan “Oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning taʼlim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarini aytishimiz mumkin.

Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab respublikadagi barcha taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun imtiyozli shartlarda taʼlim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga Davlat budjetidan mablag‘ ajratishning yangi tizimi joriy etilmoqda.

Darhaqiqat, taʼlim tashkilotlarida tahsil olish istagidagi barcha xotin-qizlar va biz ayollar uchun, har bir qiz farzand voyaga yetkazayotgan onalar uchun judayam quvonarli xushxabar desak mubolag'a bo'lmaydi.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining maqsad va gʻoyalari ham yurtimizda xotin-qizlarning tahsil olishlari uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratishga qaratilgan davlatimiz siyosati bilan uzviy bog'liqdir.

Bugun mamlakatimizda xotin-qizlar har jabhada faol. O’z fikrini erkin ifoda eta oladi. Jamiyatning qaysi sohasiga qaramang, xotin-qizlarimizning g‘ayrat-shijoat bilan ishlayotgani tashabbuslarni hayotga dadil tadbiq etayotganinga guvoh bo’lishimiz mumkin. Bularning barchasi yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlari to’la muhofaza qilinayotgani samarasidir. Yosh qizlarimiz o‘zlarining ilm-fandagi yutuqlari bilan, ayollarimiz esa turli sohadagi mehnat faoliyatlari bilan yurtimiz faoliyati uchun o‘z hissalarini qo’shmoqdalar.
Xulosa qilib aytganda, ayollarga ehtirom-bu buyuklik ramzidir. Ayol go‘yo qalb gavhari. Ona esa mehribonlik timsoli! Unga yaxshilik qilish ikki dunyoda baxt, saodatga erishishga sababchi bo’ladigan amallardandir.

Mutalova Nargiza,
MTDP Toshkent shahar kengashi yetakchi mutaxassisi
107 viewsedited  10:07
Ochish/sharhlash
2022-07-26 13:07:27
85 views10:07
Ochish/sharhlash
2022-07-26 12:50:43
#MENING KONSTITUTSIYAM

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati Gulbaxor Qulmatova tomonidan Toshkent shahar Shayxontoxur tuman FHDYO bo‘limi binosida muloqot bo'lib o'tdi.

Muloqotda deputat "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun mohiyati, xaqida yig‘ilganlarga ma‘lumotlar berdi.

Kontstituttsiyada ilgari surilgan g‘oyalar, Yangi O‘zbekistonning rivoji, inson qadri, uning manfaatlariga xizmat qilishi, demokratik tamoyillarga to‘la mos kelishi haqida gapirib o‘tdi. Fuqarolarning fikr mulohazalari tinglandi.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
95 views09:50
Ochish/sharhlash