Get Mystery Box with random crypto!

Bilimli ayol - kelajak tayanchi Mamlakatimiz Prezidenti rahn | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

Bilimli ayol - kelajak tayanchi

Mamlakatimiz Prezidenti rahnamoligida ayollarimizning ijtimoiy mavqeini yuksaltirish, ularning samarali mehnat qilishi, bilim va mahoratini oshirishi, ishbilarmonlik salohiyatini namoyon etishiga doimiy eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Har qanday jamiyatning madaniy darajasi, maʼnaviy barkamolligi ko‘p jihatdan ayolga bo‘lgan munosabatiga qarab belgilanadi. Albatta Prezidentimizning joriy yil 18-iyul kuni qabul qilingan “Oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning taʼlim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan o'z isbotini topmoqda.

Mazkur hujjat bilan batafsil tanishib chiqish jarayonida davlatimiz rahbarining xotin-qizlarning, ayniqsa, talaba yoshlarimizning muammolarini naqadar chuqur anglashlari, ularning oʻz iqtidor va salohiyatlarini yuksaltirishlari, malakali bilim olishlari uchun barcha qulaylik va imkoniyatlarni yaratib berishga doimo tayyor ekanliklarini anglab yetdim.

Ushbu qaror bilim olish istagidagi xotin-qizlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib borishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan.

Unga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab respublikadagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun imtiyozli shartlarda taʼlim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga Davlat byudjetidan mablag‘ ajratishning yangi tizimi joriy etilmoqda.

Taʼlim kreditlari 14 foiz stavkada ajratiladi va kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Eng muhimi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Darhaqiqat, ''Bilimli ayol kelajak tayanchidir”. Yurtimizdagi barcha xotin - qizlarning quvontirgan ushbu qaror meni ham juda hursand qildi. Chunki yurtimizda Oliy o'quv yurtlarida bilim olish istagida yurgan ko‘plab opa - singillarimiz borligi barchamizga ma’lum. Xotin-qizlarga berilayotgan bu kabi imkoniyatlar uchun Yurtboshimizdan cheksiz mamnunmiz.

Ra'no Abduqodirova,
Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi deputati