Get Mystery Box with random crypto!

Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

Telegram kanalining logotibi mt_toshkent — Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz! I
Telegram kanalining logotibi mt_toshkent — Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!
Kanal manzili: @mt_toshkent
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 391

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 70

2022-07-21 15:21:34
86 views12:21
Ochish/sharhlash
2022-07-21 15:16:37
Subsidiya bo‘yicha belgilangan vazifa nega bajarilmagan?

Fraksiya aʼzosi Farhod Zayniyev hukumat hisobotida aholiga uy-joy uchun subsidiyalar berish bo‘yicha belgilangan vazifalar 30 foizga bajarilganiga eʼtiroz bildirdi.

– Qolgan 70 foizni bajarishga nima halaqit berdi? Pul yo‘qmi yoki buning boshqa sabablari bormi, – deya masʼullardan izoh so‘radi.

Hukumat vakillari bu masalaga izoh berolmadi va deputatga keyinroq bu bo‘yicha maʼlumot berishga vaʼda berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
17 views12:16
Ochish/sharhlash
2022-07-21 15:16:36
Muddatidan oldin bajarilgan ishlar qanchalik asosli

Jahongir SHIRINOV:
Davlat dasturi ijrosida ko‘plab vazifalar ijrosi muddatidan oldin bajarilgani ko‘rsatilgan. Albatta, bu yaxshi. Ammo bu qanchalik asosli. Chunki ayrim bajarilgan ishlar izohida noaniqliklar bor. Yaʼni, belgilangan vazifalar bilan ijro izohi bir-birini to‘ldirmayapti.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
12 views12:16
Ochish/sharhlash
2022-07-21 15:16:36
Aholi bilan uchrashuvlarda asosan to‘rtta masala ko‘tariladi

Alisher HAMROYEV:
Hududlarda aholi bilan uchrashuvlarda asosan to‘rtta masala – gaz, elektr energiya, suv va yo‘l taʼmiri bilan bog‘liq muammolar ko‘tariladi. Shu bois, hukumat tomonidan tayyorlanayotgan Davlat dasturi hisobotida bu borada qilingan ishlar umumiy emas, tumanlar kesimida ko‘rsatib berilsa, ko‘plab noaniqliklarga javob topilar edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
11 views12:16
Ochish/sharhlash
2022-07-21 15:16:36
Pul viloyatda, muammolar tumanda

Fraksiya aʼzosi Jahongir Abdurasulov tumanlarda ichimlik va oqova suv bilan bog‘liq masalani ko‘tardi.

– Tumanlarda ushbu xizmatdan to‘planadigan mablag‘ tumanga emas, viloyat boshqarmalari hisob-raqamiga o‘tkaziladi. Muammo esa, tumanda. Yaʼni, bu tartib tumanlardagi ichimlik va oqova suv bilan bog‘liq muammolarni yanada ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda, – dedi deputat.

Soha mutaxassislari ushbu masalaga izoh berar ekan, tumanlarda to‘planadigan mablag‘lar muammolarni hal qilishga yetmasligini, shu bois, qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilinishini maʼlum qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
10 views12:16
Ochish/sharhlash
2022-07-21 15:16:36
Qamrov darajasini 50 foizga yetkazish maqsadida

Oliy taʼlim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va taʼlim sifatini oshirish maqsadida qabul parametrini shakllantirish va tasdiqlash tartibi soddalashtirilib, oliy taʼlim muassasalari vakolati kengaytirildi.

Moliyaviy mustaqillik berilgan 36 ta davlat oliy taʼlim muassasalari to‘lov-kontrakt bo‘yicha yana 50 mingdan ortiq qabul parametrlari Kuzatuv kengashlari qarori bilan tasdiqlanishi rejalashtirilgan. Natijada joriy o‘quv yilida qabul parametrlari o‘tgan yilga nisbatan oshadi.

Xorijiy va nodavlat oliygohlariga ajratiladigan davlat granti miqdori 1000 ta etib belgilandi. Respublikada faoliyat yuritayotgan 31 ta xorijiy va 26 ta nodavlat oliygohlariga jami 34 ming nafar talaba qabul qilinishi kutilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
9 views12:16
Ochish/sharhlash
2022-07-21 15:16:36
Bepul ovqat bilan taʼminlashga qancha mablag‘ ajratildi?

Fraksiya aʼzolari Davlat dasturi ijrosini partiya maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda muhokama qilib, asosan adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni ko‘rib chiqmoqdalar.

Taʼkidlanganidek, bu yil fevraldan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash tizimi joriy etildi. Jumladan, bunda Qoraqalpog‘istonda – 139 374 nafar (726 ta maktab), Xorazmda esa 134 315 nafar (549 ta maktab) o‘quvchi qamrab olindi. Buning uchun Moliya vazirligi tomonidan jami 200 mlrd so‘m pul mablag‘lari ajratildi va fevral-may oylarida mablag‘ning 100,6 mlrd so‘mi sarflandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
9 views12:16
Ochish/sharhlash
2022-07-21 15:16:36
Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda O‘zLiDeP fraksiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022 yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi muhokama qilinyapti.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
12 views12:16
Ochish/sharhlash
2022-07-21 15:14:00
#MENING KONSTITUTSIYAM

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Nurmatova Nigora Athambekovna tomonidan Yunusobod tumani “Islomobod”MFY faollar zalida mahalla fuqarolari uchun davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyati muhokama qilindi.

Yig‘ilganlar Qonun loyihasi yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javoblar oldilar.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
77 viewsedited  12:14
Ochish/sharhlash
2022-07-21 13:44:45 AYOL - ONA, TURMUSH O'RTOQ, RAHBAR VA DEPUTAT

Tinch va osoyishta yurtda qut va baraka bo‘ladi. Yashayotgan har bir fuqaro o‘z hayotidan mamnun va rozi bo‘lib yashaydi. Ayniqsa ayollari eʼzozda bo‘lgan yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlari to‘laligicha taʼminlanib, yildan yilga qonun bilan mukammal mustahkamlab qo‘yilmoqda. Bugun ayollar oilada va jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lib jamiyatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar.

Shunday ayollardan biri Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashiga "Milliy tiklanish" DP dan saylangan deputat Madina Yusupovadir. Kuni kecha deputat faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida faoliyat yuritayotgan "Kapitalbank" ATBda bo'ldik. Binoga kirib borar ekanmiz ertalabdan fuqarolar bilan gavjum bo'lgan mazkur bankda mijozlarga xizmat ko'rsatish yuqori bosqichda tashkil etilganligiga guvohi bo'ldik. Madina Yusupova oilali, 2 nafar farzandi bor. Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati va "Kapitalbank " ATB Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O‘z kasbining yetuk mutaxassisi, tashabbuskor, fidoiy rahbar bo‘lish bilan birga o‘z saylovchilarining haqiqiy maʼnoda suyanchiga aylanib ulgurgan deputat ayollardandir.

Deputatlik amal emas mas'uliyatdir. Deputat ayol - oilasi va jamiyatdagi o‘rni orqali boshqalarga o‘rnak bo‘lishi lozim. Shundagina xalqning muammosini yechishi, dardiga darmon bo‘lishi mumkin. Rahbar sifatida ham qo‘l ostidagilarga talabchan va g‘amxo‘r bo‘lish eng muhim fazilatlardan biri hisoblanadi. Erishayotgan yutuqlarim zamirida turmush o‘rtog‘imning hissalari beqiyosdir, - deydi deputat.

Davlatimiz rivojlanishi, xalqimizning farovon hayotida banklarining o‘ziga xos o‘rni bor. Yurtimizda xalqimizga samarali xizmat qilayotgan "Kapitalbank" ATBda faoliyat yuritayotganligim bilan faxrlanaman. Mazkur bank 21 yil davomida yuqori surʼatlarda rivojlanib, korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish va chakana savdo segmentida yuqori o‘sishni namoyish etdi. Innovatsiyalarning qatʼiy ro‘yxati bankka yangi texnologiyalar hisobiga mahalliy bozorda yetakchi o‘rinni egallashga imkon berdi. Bu ko‘plab mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, xalqaro miqyosda tan olinishiga va mamlakatdagi eng ishonchli va moliyaviy barqaror banklardan biri sifatida obro‘ eʼtibor qozonishiga sabab bo‘ldi, - deydi Madina Yusupova.

Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i sifatida yuritayotgan kundalik faoliyati davomida 100 dan ko‘p xodimlarga boshchilik qilib, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, murojaatlarni ko‘rib chiqib, amaliy yordam berish va tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishda moliyaviy ko‘maklashish vazifalarini bajarib kelmoqda. Joylardagi "Kapitalbank" ATB ning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, pullarni naqdlashtirish shahobchalarida tunu-kun 24/7 tartibda faoliyat yuritish yo‘lga qo‘yilgan.

Madina Yusupova rahbarlik faoliyatida tizimda ko‘plab yangilaklar joriy etilishiga erishildi. Aytib o‘tish o‘rinliki, Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlariga saylangan deputatlarning 21 nafari ayollar bo‘lib, barcha ayol deputatlar orasida Madina Yusupova faolligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turadi. Deputat Madina Yusupovaga xalqimizga xizmat qilishdek sharafli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz.

Layloxon Muhitdinova,
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi bosh mutaxassisi
110 viewsedited  10:44
Ochish/sharhlash