Get Mystery Box with random crypto!

Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

Telegram kanalining logotibi mt_toshkent — Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz! I
Telegram kanalining logotibi mt_toshkent — Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!
Kanal manzili: @mt_toshkent
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 391

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 65

2022-08-01 13:47:16
#TAYINLOV

Qahramanov Temur Zokir o'g'li - "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi Ijroiya qo‘mitasi devoni Mafkuraviy ishlar, partiyaning dasturiy ko‘rsatmalarini amalga oshirilishini tashkil va tahlil etish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo'ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
139 views10:47
Ochish/sharhlash
2022-08-01 10:55:07
NOTIQLIK SAN'ATI BO'YICHA O'QUV SEMINAR

Uchtepa tumani 129-maktabda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Ra'no Abduqodirova tomonida Notiqlik san'ati bo'yicha o'quv seminar o'tkazildi.

Seminarda deputat tomonidan "Notiqlik san'ati va nutq madaniyati'ga oid boshlang'ich tushunchalar berildi. Seminar davomida 《MASTER KLASS》 darslari ham o'tkazildi.

Nargiza Mutalova MTDP Toshkent shahar kengashi yetakchi mutaxassisi
125 views07:55
Ochish/sharhlash
2022-08-01 10:53:44
#Live

Nopok advokatlar ishiga kim baho beradi?

Alisher Qodirov qonun loyihasiga munosabat bildirar ekan, insonparvarlik nuqtai nazardan advokatlar ishini nazorat qilish huquqini vaqtincha bo‘lsa ham Adliya vazirligiga berishni taklif qildi.

Fraksiya rahbarining aytishicha,
har yili advokatlik xizmati uchun davlat byudjetidan milliardlab mablag‘ ajratilyapti. Lekin advokatlar o‘z xizmatini qanchalik darajada oqlayapti? Balki u sudda fuqaroni yuzaki himoya qilib, davlat mablag‘ini o‘zlashtirayotgandir. Buni esa hech bir idora nazorat qilmaydi. To‘g‘ri, bu xalqaro normalarga zid bo‘lishi mumkin. Ammo ayni davrda shunday yo‘l tutish kerakdir. Bu ham fuqarolarning advokaturaga bo‘lgan ishonchini oshiradi, ham byudjet mablag‘ining samarali ishlatilishini taʼminlaydi, ham nopok advokatlarni kamaytiradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
136 views07:53
Ochish/sharhlash
2022-08-01 10:24:15
BOLALAR SALOMATLIGI DOIMO DIQQAT MARKAZIMIZDA

Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashi deputatlari V.Belausov, R.Alimjonovlar birgalikda tumandagi 357 - Maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurdilar. Deputatlar mazkur tashkilotda bolalarga beriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish holati, sifati, yaroqlilik muddati, oshxonada taom tayyorlash sharoitlari bilan tanishdilar. Tanishish jarayonida aniqlangan kamchiliklar o‘z joyida bartaraf etilib tegishli tavsiyalar berildi.

Ertamiz egalari bo‘lgan bolajonlarimizning salomatligi, to‘g‘ri ovqatlanishi, sog‘lom o‘sib- ulg‘ayishida barchamiz birdek masʼulmiz. Zeroki, o‘sib kelayotgan yosh avlodlar ertangi porloq istiqbolimiz bunyodkorlaridir
.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
168 views07:24
Ochish/sharhlash
2022-08-01 10:20:27
#Live

“Cho‘ntak advokatlari”ning payi qirqilmoqda

Deputatlar O‘zbekiston Respublikasi “Davlat hisobidan yuridik yordam to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ham muhokama qilmoqda.

Taʼkidlanganidek, davlat hisobidan yuridik yordam faqat jinoyat ishlarini yuritishda ko‘rsatilib, maʼmuriy va fuqarolik ishlari bo‘yicha davlat hisobidan bepul yordam ko‘rsatish cheklangani fuqarolarning Konstitutsiyada kafolatlangan malakali yuridik yordamdan to‘liq foydalana olmasligiga olib kelmoqda. Natijada bu “cho‘ntak advokatlari” va boshqa korrupsiyaviy omillar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.

Ushbu qonun loyihasi bilan jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi yaratiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
32 views07:20
Ochish/sharhlash
2022-08-01 09:15:40
#Live

Jazoni o‘tash sharoitlari xalqaro standartlarga moslashtiriladi

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»
gi qonuni loyihasi ham deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Qonun loyihasi bilan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga jazoni o‘tash sharoitlarini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish, mahkumlarning tuzalish yo‘liga o‘tganligini belgilovchi qatʼiy mezonlarni belgilash orqali ularni xulq-atvorini baholashda korrupsion omillarni bartaraf etish, mahkumlarga nisbatan qo‘llaniladigan rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish hamda mehnatga jalb etilgan mahkumlarga koloniyalardagi ish stajini umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblash tartibi joriy etilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
40 views06:15
Ochish/sharhlash
2022-08-01 09:00:38
#Live

O‘zbek tili meʼyorlariga qatʼiy amal qilinishi kerak

Alisher QODIROV
: Fraksiya aʼzolari barcha qonun loyihalarida o‘zbek tili meʼyorlariga amal qilishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Bugun kun tartibiga kiritilgan bir necha qonun loyihalarida ham fraksiyaning qatʼiy taklifi bilan boshqa tildagi so‘zlar o‘zbek tilidagi muqobili bilan almashtirilmoqda.

Masalan, «Probatsiya to‘g‘risida» qonuni loyihasini muhokama qilyapmiz. “Probatsiya” degan so‘z xalqimiz uchun umuman tushunarsiz. Albatta, bu so‘zning ham o‘zbekcha muqobilini topish lozim.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
42 views06:00
Ochish/sharhlash
2022-08-01 09:00:38
Deputatlar “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” Qonuni loyihasini muhokama qildilar.

Taʼkidlanganidek, yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish, shuningdek, olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan obyektlarni buzib tashlash ko‘plab davlatlarda dolzarb muammo hisoblanadi va ushbu masalalarning lozim darajada huquqiy tartibga solinmasligi aksariyat hollarda aholi orasida noroziliklarga sabab bo‘ladi.

Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishning aniq tartib-taomillari va mexanizmi qonunchilikda belgilanmaganligi mamlakatning xalqaro imijiga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda.

Ushbu qonun loyihasi bilan bu boradagi nomutanosibliklar tartibga solinmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
32 views06:00
Ochish/sharhlash
2022-08-01 09:00:38
#Live

Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi boshlandi. Deputatlar kun tartibiga kiritilgan qonun loyihalarini partiya maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda muhokama qiladilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
34 views06:00
Ochish/sharhlash
2022-08-01 07:58:32
Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining joriy yil 15-iyul kuni o‘tkazilgan majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasining muddatini 2022-yil 1-avgustgacha uzaytirish haqida qaror qabul qilingan edi.

1-avgust soat 00:00 holatiga ko‘ra, umumxalq muhokamasiga takliflarni qabul qilish to‘xtatilganini maʼlum qilamiz!

Qonunchilik palatasining masʼul qo‘mitalari xalqimizdan kelib tushgan takliflarni umumlashtirish, tahlil qilish va qonun loyihasini takomiliga yetkazish borasidagi faoliyatini davom ettiradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
36 views04:58
Ochish/sharhlash