Get Mystery Box with random crypto!

Ayollarga ehtirom-bu buyuklik ramzidir! Hozirda yurtimizda ay | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

Ayollarga ehtirom-bu buyuklik ramzidir!

Hozirda yurtimizda ayollarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar taqsinga loyiq. Mamlakatimizda ayollarga bo‘lgan yuksak hurmat-e’tibor va g‘amxo’rlikning amaliy isboti sifatida Prezidentimizning joriy yil 18-iyul kuni qabul qilingan “Oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning taʼlim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarini aytishimiz mumkin.

Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab respublikadagi barcha taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun imtiyozli shartlarda taʼlim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga Davlat budjetidan mablag‘ ajratishning yangi tizimi joriy etilmoqda.

Darhaqiqat, taʼlim tashkilotlarida tahsil olish istagidagi barcha xotin-qizlar va biz ayollar uchun, har bir qiz farzand voyaga yetkazayotgan onalar uchun judayam quvonarli xushxabar desak mubolag'a bo'lmaydi.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining maqsad va gʻoyalari ham yurtimizda xotin-qizlarning tahsil olishlari uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratishga qaratilgan davlatimiz siyosati bilan uzviy bog'liqdir.

Bugun mamlakatimizda xotin-qizlar har jabhada faol. O’z fikrini erkin ifoda eta oladi. Jamiyatning qaysi sohasiga qaramang, xotin-qizlarimizning g‘ayrat-shijoat bilan ishlayotgani tashabbuslarni hayotga dadil tadbiq etayotganinga guvoh bo’lishimiz mumkin. Bularning barchasi yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlari to’la muhofaza qilinayotgani samarasidir. Yosh qizlarimiz o‘zlarining ilm-fandagi yutuqlari bilan, ayollarimiz esa turli sohadagi mehnat faoliyatlari bilan yurtimiz faoliyati uchun o‘z hissalarini qo’shmoqdalar.
Xulosa qilib aytganda, ayollarga ehtirom-bu buyuklik ramzidir. Ayol go‘yo qalb gavhari. Ona esa mehribonlik timsoli! Unga yaxshilik qilish ikki dunyoda baxt, saodatga erishishga sababchi bo’ladigan amallardandir.

Mutalova Nargiza,
MTDP Toshkent shahar kengashi yetakchi mutaxassisi