Get Mystery Box with random crypto!

DEPUTATDAN AMALIY KO‘MAK Mirzo Ulug‘bek tumanida nogironligi | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

DEPUTATDAN AMALIY KO‘MAK

Mirzo Ulug‘bek tumanida nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida nogironlik aravachalari tarqatildi.

So‘ngi yillarda davlatimiz miqyosida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarimizga qaratilayotgan eʼtibor va ularga yordam berish borasidagi ishlarni ko‘lami tobora ortib bormoqda. Bu borada xalq vakillari bo‘lgan deputatlar tomonidan qilinayotgan amaliy ishlar ham talaygina.

Jumladan Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati, MTDP Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi raisi, t.f.d. professor shifokor Yo.N. Madjidova tashabbusi bilan Mirzo Ulug‘bek tuman tibbiyot birlashmasi raisi F.U. Qodirov, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi rahbari M.Sh. Muslimova, 8-oilaviy poliklinika bosh shifokori Yashin Nematullayevichlar hamkorligida tumanda yashovchi nogironligi bor bir guruh fuqarolarga nogironlik aravachalari tarqatildi.

kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent