Get Mystery Box with random crypto!

Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

Telegram kanalining logotibi mt_toshkent — Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz! I
Telegram kanalining logotibi mt_toshkent — Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!
Kanal manzili: @mt_toshkent
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 391

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 66

2022-07-30 06:23:54
30 iyul - Xalqlar do‘stligi kuni.
257 views03:23
Ochish/sharhlash
2022-07-30 06:23:54 30 iyul - Xalqlar do‘stligi kuni.

Yurtimizda 130 dan ortiq millat va elatlar vakillari istiqomat qiladilar.

Bizning orzularimiz, maqsadlarimiz, qarashlarimiz, manfaatlarimiz bir, tariximiz, bugunimiz, kelajagimiz, tanlagan yo‘limiz bir. Bizni yagona va Mustaqil O‘zbekiston o‘z bag‘rida bir oiladek birlashtirib turadi.

Millatlararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadryatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu o‘rinda aytib o‘tishim o‘rinliki, dunyoning qator mintaqalarida turli ziddiyatlar avj olayotgan bugungi kunda Mustaqil O‘zbekistonimizda turli millat vakillarining bir oila bo‘lib inoqlikda yashab kelayotganini ko‘rolmaydigan kuchlar ham borligi shubhasizdir. Lekin donishmand xalqimiz azaldan o‘zining o‘zaro xamjixatlik, yakdillik, do‘stga sadoqat, totuvlik, birdamlik, kabi oliyjanob fazilatlari bilan barchaga o‘rnak bo‘lib kelgan. Qayerdaki, xamjixatlik, birdamlik bo‘lsa o‘sha yerda rivojlanish, qut - baraka bo‘ladi.

Jannatmakon O‘zbekiston diyorida istiqomat qilayotgan aziz Vatandoshlar!
Barchangizni 30 iyul - Xalqlar do‘stligi kuni bilan chin dildan samimiy muborakbot etaman!

OTABEK JIYANBAYEV,
"Milliy tiylanish"demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi
152 views03:23
Ochish/sharhlash
2022-07-30 06:23:54
131 views03:23
Ochish/sharhlash
2022-07-30 06:23:53
130 views03:23
Ochish/sharhlash
2022-07-29 14:49:38 MADANIY MEROS OB'EKTLARI O‘RGANILDI

Partiyaning 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturining 3-bandiga muvofiq, Iyul – “Madaniy merosni muhofaza qilish oyligi” doirasida madaniy meros ob‘ektlari muhofazasini kuchaytirish hamda ulardan oqilona foydalanishni tashkil etish maqsadida MTDP Bektemir tuman Kengashi ijrochi kotibi Xulkar Sultonova, tuman Kengashi raisining Tashkiliy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Fazilat Karomova va bir guruh partiya faollari birgalikda Bektemir tumanidagi "Qo‘yliq ota ziyoratgohi" ni o‘rgandilar.

Aytib o‘tish o‘rinliki, Qoyliq ota - Hofiz shayx Qo‘yliqiy bo‘lib, samarqandlik hazrati No‘gay ota avlodlaridan, ya‘ni aziz shayxlar sulolasidandir. U Amir Imomquli Bahodirxon davrida Samarqandda bosh imom bo‘lgan. Mutasavvif olim, yassaviya tariqati olimlaridan. Qoyliq mavzesi Mirobod va Sergeli tumanlaridagi turar joy massavi. Toshkent avtomobil xalqa yo‘li janubiy qismi bilan chegaralangan. Loyihalash va qurilish ishlari 1967 yil boshlangan. Qo‘yliq o‘rnidagi mavze qadimdan mavjud bo‘lgan. Bu erdan ilgari karvon yo‘li o‘tgan. Chirchiq daryosining shu joyida kechuv bo‘lgan.

Toshkent Qo‘qon xonligi tasarrufida bo‘lgan davrda xon Toshkentga tashrif buyurganida shahar hokimi (beklarbegi) qozikalon va boshqa ayonlar aholini o‘sha erga yig‘ib xonni tantana bilan kutib olardilar.

Qo‘qondan boshlanuvchi yo‘l Qo‘yliq ko‘prigigacha, Qo‘yliq ko‘prigidan boshlangan Farg‘ona yo‘li ko‘chasi shaharning Qo‘qon darvozasiga kelib tutashgan. Qo‘yliq atamasi xususida turli fikrlar yuradi. Bular:

-Mogul sarkadalaridan birining ismi Qo‘yliq bo‘lgan. Toshkent uning nazoratida bo‘lgan;

-Qo‘yliq-qo‘yiliq ya‘ni pastlik so‘zining o‘zgargan ko‘rinishi;

-Bu erlar qo‘y-qozilarga serob joy bo‘lgan. Qo‘yliq bozorida qo‘y-qozilar sotilgan;

-Qo‘yliqda masjid qurdirib imomlik qilgan Hofiz Shayx Qo‘yliqiy ya‘ni Qo‘yliq ota nomi bilan bog‘liq degan fikrlar ham bor.

Tarixdan ma‘lumki 92 urug‘li o‘zbek qabilalari tarkibida Ko‘kchulak, Qo‘yli kabi birqancha urug‘larni birlashtirgan Do‘rmon qabilasi bo‘lgan. Qabilaning Qo‘yli urug‘i XV asrda Dashti qipchoqdan ko‘chib kelib, shu hududda o‘rnashib qolgan. Joy nomi shundan desak xaqiqatga yaqinroq bo‘ladi. Hofiz Qo‘yliqiyni esa Qo‘yliqlik deb tushunmoq kerak.

Qo‘yliq ota. Xo‘sh unda Qo‘yliq ota kim? Hofiz shayx Qo‘yliqiy bo‘lib, samarqandlik hazrati Nog‘ay ota avlodlaridan, ya‘ni aziz shayxlar sulolasidandir. U kishi amir Imomquli Bahodirxon davrida Samarqandda a‘lam (imomlarning imomi) bo‘lgan olim shayxning ona tomonidan Toshkentdagi bobosi edilar. Onalari qadimgi Bonukent (Nog‘oyqishloq hozirgi O‘zgarish) qishlogiga kelin bo‘lib tushganlar, islom dini ilmidan ancha xabardor bolganlar.

Otalari, onalari va Nog‘oyqo‘rgondagi bobolaridan tasavvuf sultoni Hoja Ahmad Yassaviy tariqatiga oid «Jahriyayi Yassaviy»ni o‘rgangan Hofiz Shayx Qo‘yliqdagi masjidda imomlik qilish bilan birga o‘zi Qurdirgan xonaqohda zikr tushish, iymon va e‘tiqodga oid mavzularda suhbatlar o‘tkazish kabilar bilan mashgul bo‘lganlar.

Ayniqsa, o‘sha davrdagi Qur‘on suralari va oyatlarini ba‘zi yuzaki sharhlovchilarga nisbatan choriyorlar ulug‘ligini isbotlovchi dalillar bilan ul zot Qo‘yliqiy taxallusi bilan risolalar yozganlar.

Qo‘yliq ota vafot etganlaridan keyin tahminan hijriy 893 (miloliy 1475) yili hozirgi Qo‘yliq bozori yonidagi dahmaga dafn etilganlar. Hozirgi yangi maqbara 1994 yilda maxsus loyiha asosida qurildi.

XULKAR Sultonova,
MTDP Bektemir tuman Kengashi
105 views11:49
Ochish/sharhlash
2022-07-29 14:49:38
100 views11:49
Ochish/sharhlash
2022-07-29 14:19:20
Xalq deputatlari Mirzo ulug‘bek tuman Kengashi deputati Madjidova Yoqutxon Nabiyevna tomonidan tumandagi "Reatsentr Tashkent" klinikasida bolajonlarga mo‘ljallangan “FAST-103 Uzbekistan” xalqaro loyihasining navbatdagi o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida hozirgi kundagi dolzarb muammolardan biri hisoblangan insult kasalligini oldini olish chora-tadbirlarini yanada yuqori darajaga olib chiqish maqsad qilib olingan.

Shuningdek, deputat bolajonlar ota onalari uchun alohida suhbat tashkil qilib, yurtimizda amalga oshirilayotgan Konstitutsion islohotlar va ularning mohiyati, mazkur jarayonlarda fuqarolarning faol ishtiroki to‘g‘risida maʼlumotlar berdi.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
123 views11:19
Ochish/sharhlash
2022-07-29 13:57:16
#MENING KONSTITUTSIYAM

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Mahammadiyev Rahimqul Xoliqovich tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumani “Istiqbol” MFY aholisi bilan "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsion qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Hozirda barchamizga ma‘lumki, muhim siyosiy jarayonlardan biri konstitutsiyaviy islohotlar xalq muhokamasida va fuqarolardan kelib tushayotgan talab va takliflar o‘rganilmoqda. Bugun barchamiz mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy jarayon – Konstitutsion islohotlarning bevosita kuzatuvchisi va ishtirokchisiga aylanyapmiz. Mazkur jarayonlarda barchamizdan faollik talab etiladi, dedi - deputat.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
91 views10:57
Ochish/sharhlash
2022-07-29 13:57:16
#MENING KONSTITUTSIYAM

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Abduqayumov Abdumannop Abdumadjidovich ishtirokida Toshkent shahar Olmazor tumani "Ahil” MFY binosida “Ahil” va “Moyqo‘rg‘on” MFY aholisi bilan "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsion qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida deputat qonun loyihasining mazmun mohiyati to‘g‘risida mahalla aholisiga tushuntirishlar berar ekan demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishini taʼkidladi. Islohotlar jarayonida barcha fuqarolarni o'z takliflari bilan faol ishtirok etishga chaqirdi.

Yig‘ilganlar Qonun loyihasi yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan qator savollarga javoblar oldilar. Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
79 views10:57
Ochish/sharhlash
2022-07-29 13:57:16
#MENING KONSTITUTSIYAM

Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashi deputati Xasanov Laziz Saydivaliyevich ishtirokida Toshkent shahar Yoshlar ittifoqi yoshlari bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsion qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida deputat qonun loyihasining mazmun mohiyati to‘g‘risida yoshlarga tushuntirishlar berib o‘tdi. Konstitutsiya ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan qoidalar ustunligini tan olgan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini taʼminlashga, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab, fuqarolar tinchligi va xotirjamligini o‘zida aks etgan Oliy Qomusimiz hisoblanishini taʼkidladi.

Tadbir so'ngida "Milliy tiklanish" gazetasi targ'iboti amalga oshrildi.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
83 views10:57
Ochish/sharhlash