Get Mystery Box with random crypto!

#MUNOSABAT Buxoro viloyat Qurilish sohasida hududiy nazora | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

#MUNOSABAT

Buxoro viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Jondor tumani “Navgadi” MFY hududida “Evro Star Stroy” MCHJ tomonidan qurilishi boshlangan obyektda oʻrganish ishlari olib borildi va natijalar boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Belgilangan hududda savdo va maishiy xizmat koʻrsatish majmuasi, kotej va koʻp qavatli turar-joy binosi qurish uchun 10000 m2 yer maydoni ajratilgan.

Mazkur obyekt qurilishi bosh rejada tasdiqlangan qizil chiziqdan chiqmagan holda OʻzGASHKLITI tashkilotining mutaxassislari tomonidan belgilab berilgan nuqtalar boʻyicha olib borilmoqda. Ammo ishchi-quruvchilar uchun ovqatlanish, dam olish, yuvinish xonalari, shtab xonasi uchun vaqtinchalik yengil konstruksiyadan qurilgan 120 m2-maydondagi qurilmalar bosh rejada koʻrsatilmaganligi bois noqonuniy deb topildi. Pudrat tashkilotiga yengil konstruksiyalarni 15 kun muddatda bartaraf etish va yer maydonini dastlabki holatga keltirish yuzasidan ogohlantirish berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|