Get Mystery Box with random crypto!

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI Q
Telegram kanalining logotibi minstroyuz — QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Kanal manzili: @minstroyuz
Toifalar: Avtomobillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.24K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 12

2023-04-10 14:01:51
#JARAYON

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan “Sifat kommunal” boshqaruv servis kompaniyasining qurilishi tugallanayotgan yangi binosi bilan tanishdi.
Vazir oʻrinbosari binoda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlarni oʻrgandi. Shuningdek, fuqarolarga qoʻshimcha servis xizmatlarni koʻrsatish imkoniyatlari koʻzdan kechirildi. Binodan goʻzallik saloni, kiyimlarni kimyoviy tozalash va tikuvchilik markazlari kabi qator maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalari joy olayotgani, bu esa aholiga har tomonlama qulay sharoit yaratishi ta’kidlandi.
Boshqaruv tashkiloti muqobil energiyaga ham e’tibor qaratgan boʻlib, oʻz mablagʻlari hisobidan 15 kVtlik quyosh panellarini oʻrnatgan. Shuningdek, aholi hordiq chiqarishi uchun moʻjazgina bogʻ, sport maydonchasi va work outlar tashkil etilgan. 20 ta oʻrindiqli mazkur bogʻ aholining dam olish va sogʻlom hayot kechirishini ta’minlash maqsadida zarur anjomlar bilan barpo etilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.4K views11:01
Ochish/sharhlash
2023-04-10 10:52:33
#OAV_NIGOHIDA

Adilov Davronjon Kabildjanovich - O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri o'rinbosari

- Men quruvchilik kasbini tanlaganimdan quvonib kelganman, bugun siz kabi hamkasblarim, do‘stlarim, bunaqa jamoamiz borligidan yana ham faxrlanib boshim osmonga yetdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.9K views07:52
Ochish/sharhlash
2023-04-10 10:10:19
#OAV_NIGOHIDA

Menimcha...

Joriy yil O‘zbekiston tarixida ilk bor 90 000 ta xonadonli yangi uy-joylar quriladi. Muhimi endilikda ko‘proq aholi qamrab olinib, oilalarning yashash sharoitini yanada yaxshilash imkoniyati yaratiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
2.1K views07:10
Ochish/sharhlash
2023-04-10 08:54:39
#OAV_NIGOHIDA

Nargiza Arslonova - "Tashkent city" majmuasi qurilishida ishtirok etgan kranchi qiz, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibasi.

Men shu kasbim orqali el-yurtga tanildim. Shaxsan prezidentimizning "Siz qahramonsiz", degan so‘zlari menga katta turtki bo‘ldi va oldimda turgan qiyinchilik hamda to‘siqlarni yengib o‘tib, jamiyatda o‘z o‘rnimni topa oldim.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.8K views05:54
Ochish/sharhlash
2023-04-09 11:17:27
#KUN_TARIXI

Oʻrta asrlar meʼmorchiligidagi eng yaxshi davr Amir Temur va uning avlodlari nomi bilan bogʻliq. Temuriylar davrida qurilish ishlari, meʼmorchilik misli koʻrilmagan darajada rivojlangan.

Amir Temur buyuk imoratlar, masjid va maqbaralar, ulkan bogʻlar, suv inshootlari barpo etgani bilan ham jahonga mashhur.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
935 views08:17
Ochish/sharhlash
2023-04-08 17:53:51
"Менимча" телелойиҳасининг навбатдаги сонида таҳлил қилинадиган мавзулар:
- Ўзбекистон қурилиш соҳаси: минглаб оилаларнинг кўп йиллик умиди ушалмоқда;
- Четдан олиб келинаётган энг муҳим озиқ-овқат маҳсулотларига импорт божи солинмайдиган бўлди;  
- Кеча пахтага алмашилган таълим сифати, далада увол бўлган болалик - бугун пахта қуллигидан озод бўлган миллат
.

Кўрсатувни бугун, 8 апрель куни соат 20:10 да "O'zbekiston 24" телеканалида томоша қилишингиз мумкин.

Эртага, 9 апрель куни соат 12:20 ва 17:20 да такроран намойиш этилади.

Facebook|Instagram|Twitter
1.4K views14:53
Ochish/sharhlash
2023-04-08 08:10:00
#JARAYON

“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” yongʻin xavfsizligiga masʼul ekspertlarining malakasi oshirilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 579-sonli qaroriga muvofiq loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, mutaxassis-kadrlar malakasini muntazam oshirib borishni tashkil etish maqsadida yongʻin xavfsizligi asoslari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda malaka oshirish oʻquv kursi tashkil etildi.
60 soatga moʻljallangan oʻquv darslarini joriy yilning 3-13-aprel kunlari  oʻtkazish rejalashtirilgan boʻlib , unga “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK va uning hududiy filiallari ekspertlari jalb etilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining malakali va yetuk mutaxassislari tomonidan tinglovchilarga yongʻin holatida binolardagi konstruktiv, hajmiy-rejaviy va muhandislik texnikaviy yechimlarni  taʼminlash yuzasidan nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi.
“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi”ekspertlarini bosqichma-bosqich davriy malakasini oshirish orqali qurilish obyektlari uchun ishlab chiqilayotgan loyiha hujjatlariga normativ hujjatlarda belgilangan yongʻinga qarshi talablarning toʻliq kiritilishi, davlat ekspertizasidan sifatli oʻtkazilishi hamda mutaxassislar masʼuliyatini oshirish kabi masalalar koʻzda tutilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.9K views05:10
Ochish/sharhlash
2023-04-07 18:22:55
#Bu_muhim

Yangi Toshkent — yangi tarix: Toshkent shahri standarti va Dizayn kodini yozish tanlovida ishtirok eting!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.2K viewsedited  15:22
Ochish/sharhlash
2023-04-07 10:12:36
#OAV_NIGOHIDA

Aholini uy-joy bilan ta'minlash ko‘lami yanada kengayadi

Elyor Komilov - Qurilishda texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori o'rinbosari

"Yigʻilishda aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash uchun qurilish tannarxini pasaytirish zarurligi alohida taʼkidlandi".

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
2.1K views07:12
Ochish/sharhlash
2023-04-07 10:10:26
#OAV_NIGOHIDA

Aholini uy-joy bilan ta'minlash ko‘lami yanada kengayadi

Jahongir Anvarov - Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig'i o'rinbosari

"2023-yilda yangi uy-joy qurish hajmini 1,5 baravarga oshirib, 90 mingtaga yetkazish vazifasi qoʻyildi".

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
1.7K views07:10
Ochish/sharhlash