Get Mystery Box with random crypto!

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini interaktiv tarzda | Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini interaktiv tarzda o‘qish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ifrs.academy va profimsfo.uzonlayn ta’lim platformalari ishga tushirilgan.

Mazkur ta’lim platformalari 2025-yilgacha har yili yangilangan shaklda bepul tarzda ochiq bo‘lib, tinglovchilar imkoniyatlariga qarab, o‘zlariga ma’qul vaqtda moliyaviy bilimlarini boyitishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son Qarorida Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va Auditning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish 2021-yildan boshlab faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning akkreditatsiyasidan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

ACCA O‘zbekistonda tan olingan shunday xalqaro tashkilotlardan biri bo‘lib, o‘quv markazlari uning akkreditatsiyasidan o‘tgan yoki o‘tmaganini ushbu havolada aniqlash mumkin.

#buxgalteriya_hisobi #MXHS #savol_javob

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube