Get Mystery Box with random crypto!

2023-yil 1-apreldan respublika hududida aholi xonadonlariga ki | Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2023-yil 1-apreldan respublika hududida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (PQ-57-son) qaroriga asosan 2023-yil 1-apreldan boshlab:

umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘i;

qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘i;

yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun uch yil muddatga (agar elektr energiyasini saqlash tizimi o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 % dan kam bo‘lmagan quvvatga ega bo‘lsa 10 yil muddatga) foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi;

respublika hududida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.

Dastur doirasida:
jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga davlat budjetidan 1 000 so‘mdan subsidiya ajratiladi.

Bunda:
subsidiya har oy yakuni bo‘yicha jismoniy shaxslar tomonidan yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan energiya hajmi va tizimdan iste’mol qilingan elektr energiyasi hajmi o‘rtasidagi ijobiy tafovut miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi;

subsidiya to‘lovlari jismoniy shaxslarning jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi;

subsidiya soliq organlari tomonidan har oyda «Soliq» mobil ilovasi orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

Batafsil

Telegram | Facebook Instagram | Youtube