Get Mystery Box with random crypto!

Bugundan ish haqlari oshadi O‘zbekiston Respublikasi Prezide | Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Bugundan ish haqlari oshadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2023-yil 28-martdagi PF-45-son Farmoniga ko‘ra, 2023-yil 1-maydan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshirildi.

Natijada, budjet tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 2 mln. nafardan ortiq xodimlarning ish haqi miqdori oshiriladi. Buning uchun 2023 yilda davlat budjetidan 4.8 trln. so‘m  mablag‘ yo‘naltiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube