Get Mystery Box with random crypto!

Rossiyadagi mehnat migrantlari ishtirokida yuz bergan mushtlas | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Rossiyadagi mehnat migrantlari ishtirokida yuz bergan mushtlashuv yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migrantlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani, unda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, Moskva shahri Tagilsk ko‘chasida joylashgan qurilish maydonida yuz bergan mushtlashuvda O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etgan.

Qurilish materiallari noto‘g‘ri taqsimoti sababli "Everest" korxonasi ishchilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida yuz bergan mushtlashuv ishtirokchilarining ichki ishlar bo‘limiga olib ketilganlardan 10 nafari O‘zbekiston va 13 nafari Tojikiston fuqarolari hisoblanadi.

Ushbu hodisa natijasida hech kim og‘ir tan jarohati olmagan va tibbiy yordamga murojaat qilmagan.

Qo‘lga olinganlarga bayonnoma rasmiylashtirilib, maʼmuriy jarimalar tayinlangan.

Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizdan mahalliy qonun-qoidalarga rioya qilishi hamda boshqa davlat fuqarolari bilan o‘zaro hurmatda bo‘lishi so‘raladi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish