Get Mystery Box with random crypto!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Telegram kanalining logotibi migratsiyaagentligi — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration T
Kanaldagi mavzular:
Vatandoshlar
Eslatma
Telegram kanalining logotibi migratsiyaagentligi — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration
Kanaldagi mavzular:
Vatandoshlar
Eslatma
Kanal manzili: @migratsiyaagentligi
Toifalar: Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 230.05K
Kanalning ta’rifi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy Telegram-kanali
Murojaat uchun:
71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 12

2024-04-16 15:57:33
Prezident farmoni mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish va ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari va Tashqi mehnat migratsiyasi agentliklari vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan Samarqand viloyatida soha mutassadilariga o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Unda chet elga ishlash uchun ketgan va ketadigan yoshlarga kerakli yo‘nalishlarda ko‘rsatmalar berish va ularning bandligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
87.0K views12:57
Ochish/sharhlash
2024-04-16 14:19:39
Bugun, 16-aprel kuni 122 nafar yurtdoshimiz Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida ushbu davlatga yetib bordi.

Hamyurtlarimiz Inchon xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
84.0K views11:19
Ochish/sharhlash
2024-04-16 13:01:06
Latviyada payvandchilarga 1000 yevrodan ortiq ish haqi taklif etilmoqda!

Nomzodlar uchun talablar:


MIG, MAG, TIG, TUV, MMA texnologiyasida payvandlash ko'nikmasi va payvandlash bo'yicha sertifikat yoki diplom;
payvandchilik bo‘yicha kamida 3 yillik tajriba;
rus tilida erkin muloqot qilish (ingliz tilini bilish ustunlik beradi);
22-45 yosh;
sudlanmagan;
jismonan sog‘lom;
sinov muddati 3 oy.

Afzalliklar:

ish haqi oyiga 1080 yevro (soliqlar ushlangandan keyin);
aeroportdan yashash joyigacha transfer;

Fuqaro hisobidan:
turar joy;
oziq-ovqat;
sug‘urta;
avia chipta;
Agentlik xarajatlari;

Ro‘yxatdan o‘tish

Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 16-aprel soat 15:00 dan 26-aprel soat 15:00 gacha davom etadi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
102.8K views10:01
Ochish/sharhlash
2024-04-16 09:37:19
Fuqarolar Rossiyaning "SK-Profil" korxonasiga ishga taklif etiladi!

Ish turi: qurulish

Nomzodlar uchun talablar:

18-45 yosh;
rus tilini bilish;
sudlanmagan;
xorijga chiqish taqiqlanmagan;
sog'lom;

Ish beruvchi hisobidan: aviachipta, uch mahal ovqat, yotoqxona, va transport.

Ro'yxatdan o'tish

Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 (ichki raqam 87, 88) yoki 1282 (qisqa raqami).

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
87.6K views06:37
Ochish/sharhlash
2024-04-16 08:20:36
Bugun, 16-aprel kuni soat 14:00da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etiladigan brifingda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norov Tashqi mehnat migratsiyasini qonuniy va tartibli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot beradi.

Brifing "UzReport TV" va "O‘zbekiston 24" telekanallari orqali onlayn yoritilishi rejalashtirilgan.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
83.4K views05:20
Ochish/sharhlash
2024-04-16 07:22:37
Fuqarolar Rossiyaning "INJ GEO KOM" korxonasiga ishga taklif etiladi!

Ish turi: qurulish

Nomzodlar uchun talablar:

18-45 yosh;
rus tilini bilish;
sudlanmagan;
xorijga chiqish taqiqlanmagan;
sog'lom;

Ish beruvchi hisobidan: aviachipta, uch mahal ovqat, yotoqxona, hujjatlarni rasmiylashtirish va transport.

Ro'yxatdan o'tish

Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 (ichki raqam 87, 88) yoki 1282 (qisqa raqami).

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
90.0K views04:22
Ochish/sharhlash
2024-04-15 19:17:24
Jizzaxda fuqaroni AQSHga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan G‘allaorol tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan M.X. va A.A. fuqaro Y.Q.ning ishonchiga kirib, go‘yoki uni 18 000 AQSH dollari evaziga Yevropa davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini aytib, 2 000 AQSH dollari va 200 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
90.1K views16:17
Ochish/sharhlash
2024-04-15 17:48:23
“Qirol Sejong” o‘quv markazining ilk bitiruvchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Koreya Respublikasining “Qirol Sejong” o‘quv markazi o'rtasidagi hamkorlik doirasida respublikamiz hududlaridagi barcha "Ishga marhamat" monomarkazlarida Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun koreys tili va madaniyatini o‘rgatishga ixtisoslashgan maxsus o'quv kurslari o'z faoliyatini boshlagan edi.

Hududlardagi "Ishga marhamat" monomarkazlarida tashkil etilgan o'quv kurslarini tamomlagan ilk bitiruvchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
92.7K views14:48
Ochish/sharhlash
2024-04-15 16:16:40 Rossiyadagi mehnat migrantlari ishtirokida yuz bergan mushtlashuv yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migrantlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani, unda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, Moskva shahri Tagilsk ko‘chasida joylashgan qurilish maydonida yuz bergan mushtlashuvda O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etgan.

Qurilish materiallari noto‘g‘ri taqsimoti sababli "Everest" korxonasi ishchilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida yuz bergan mushtlashuv ishtirokchilarining ichki ishlar bo‘limiga olib ketilganlardan 10 nafari O‘zbekiston va 13 nafari Tojikiston fuqarolari hisoblanadi.

Ushbu hodisa natijasida hech kim og‘ir tan jarohati olmagan va tibbiy yordamga murojaat qilmagan.

Qo‘lga olinganlarga bayonnoma rasmiylashtirilib, maʼmuriy jarimalar tayinlangan.

Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizdan mahalliy qonun-qoidalarga rioya qilishi hamda boshqa davlat fuqarolari bilan o‘zaro hurmatda bo‘lishi so‘raladi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
18.2K views13:16
Ochish/sharhlash
2024-04-15 15:45:20
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Germaniyaning “Amudarja GmbH” rekruting tashkiloti bilan hamkorlik qilish bo'yicha uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda ikki davlat o'rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish, O'zbekiston fuqarolarini Germaniyaga ishga jalb qilish, ular uchun qulay sharoitlar yaratilayotgani ta'kidlandi.

Kelgusida o’zbekistonlik yoshlarni Germaniyaning Bavariya federal yeridagi nufuzli shifoxonalarda hamshiralik va parvarish sohalarida 1 yillik hamda 3 yillik Ausbildung - dual tizimi orqali ishga jalb qilish bo’yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
28.1K views12:45
Ochish/sharhlash