Get Mystery Box with random crypto!

Jizzaxda fuqaroni AQSHga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxsla | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Jizzaxda fuqaroni AQSHga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan G‘allaorol tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan M.X. va A.A. fuqaro Y.Q.ning ishonchiga kirib, go‘yoki uni 18 000 AQSH dollari evaziga Yevropa davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini aytib, 2 000 AQSH dollari va 200 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish