Get Mystery Box with random crypto!

Bugun, 15-aprel kuni soat 15:00 da O‘zbekiston milliy matbuot | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Bugun, 15-aprel kuni soat 15:00 da O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida mehnat migratsiyasi, xorijda qonuniy ishlash tartibi va mehnat migrantlarini huquqiy himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

Tadbirda Adliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va boshqa tegishli tashkilot masʼullari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi.

OAV xodimlari va blogerlar matbuot anjumaniga taklif etiladi.

Matbuot anjumani "UzReport TV" telekanali (Facebook, YouTube) orqali onlayn yoritilishi rejalashtirilgan.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish