Get Mystery Box with random crypto!

Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqa | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida qishloq xo'jaligi va xizmat ko'rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohalarida ishlash maqsadida 8-13-fevral kunlari ro'yxatdan o'tgan nomzodlar uchun 2024-yil 9-25 mart (qishloq xo'jaligi) va 26-mart – 8-aprel (xizmat ko'rsatish-2) kunlari EPS-Topik imtihoni bo'lib o'tgan edi.

Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRD) taqdim etgan natijalarga ko‘ra, qishloq xo'jaligi sohasi bo'yicha 1900 nafar, xizmat ko'rsatish sohasi bo'yicha 1292 nafar fuqaro imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan.

Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar (qishloq xo'jaligi)

Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar (xizmat ko'rsatish-2)

Malaka imtihoni (skill test) joriy yil 1-4-may kunlari Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy binosida ("Ishga marhamat" monomarkazi) o'tkazilishi rejalashtirilgan. Nomzodlardan malaka imtihoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish so‘raladi.

Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook Youtube | Instagram | Twitter | Veb-sayt | Xorijda ish