Get Mystery Box with random crypto!

#Vatandoshlar_bilan_muloqot Mamlakatimizning Rossiya Federat | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Vatandoshlar_bilan_muloqot

Mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi rahbariyati Permdagi ko‘p tarmoqli migratsiya markazida bo‘lib, markaz rahbariyati bilan O‘zbekiston fuqarolarining mazkur hududda ish bilan taʼminlanishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.

Permdagi “Trek”, “Limakmarashstroy”, Tuladagi “Volovskiy broyler”, Yekaterinburgdagi “Progress”, Blagoveshenskdagi “Asfalt” va Volgograddagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Amur viloyati savdo-sanoat palatasi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Krasnoyarskdagi “Esta Konstrakshen” korxonasida ishlayotgan 18 nafar yurtdoshimizning 1 million 660 ming rubldan ortiq miqdoridagi ish haqi ish beruvchidan undirib berildi.

Qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz Nijniy Novgorod – Tashkent yo‘nalishidagi aviareys orqali Vatanga qaytarildi.

Batafsil

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish