Get Mystery Box with random crypto!

Fuqaroni 10 ming AQSH dollari evaziga Janubiy Koreyaga ishga y | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Fuqaroni 10 ming AQSH dollari evaziga Janubiy Koreyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “K-O‘.” MCHJga qarashli o‘quv markazi xodimi S.A. fuqaro Sh.B. ni Janubiy Koreyaga borishda talab etiladigan ishchi viza uchun o‘tkaziladigan koreys tili imtihonidan tanishlari orqali o‘tkazib berishi evaziga 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.

Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish