Get Mystery Box with random crypto!

Migrant.uz axborot-xizmat portali

Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali M
Kanaldagi mavzular:
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Россия
Пора
Jinoyat
Muhojirlar
Реклама
Iqtisod
All tags
Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali
Kanaldagi mavzular:
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Россия
Пора
Jinoyat
Muhojirlar
Реклама
Iqtisod
All tags
Kanal manzili: @migrantuzb
Toifalar: Bloglar , Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 39.67K
Kanalning ta’rifi

Migrant.uz axborot-xizmat portali
👉 youtube.com/@migrantuzb
👉 instagram.com/migrantuzb
👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb
👉 ok.ru/migrantuz
👉 fb.com/migrantuz
Админ: @migrantuzb_admin
Хабарлар юбориш учун: @migrantxabar
Реклама: @migrantreklama

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 28

2024-03-28 11:17:25
Amurskaya viloyatini qumli bo‘ron qopladi

Qumli bo‘ron tufayli Blagoveshensk va boshqa qo‘shni shaharlar osmoni sabzirang ko‘rinishga kelgan.

Qumli bo‘ron asosan Xitoy va Mo‘g‘ulistonni qoplagan. Biroq qisman Rossiyaning Amurskaya viloyatiga ham yetib kelgan. Ayni vaqtda shaharda kuchli shamol kuzatilmoqda.

Mahalliy aholiga ko‘zlarini qum va changdan saqlash tavsiya qilingan. Gidrometmarkazning xabar berishicha, qumli bo‘ron yana bir necha kun davom etadi.

Amurskaya viloyatdagi muhojirlarga ham niqob va ko‘zoynaksiz ko‘chaga chiqmaslikni va derazalarni ochmaslikni tavsiya qilamiz. Ehtiyot bo‘ling.

Video va rasmlar Baza kanalidan olindi.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
14.2K views08:17
Ochish/sharhlash
2024-03-28 10:18:50
#AQSH
Bayden hujjatsiz muhojirlarning AQShda qolish dasturini ko‘rib chiqmoqda

Prezident Jo Bayden har yili 4000 hujjatsiz muhojirlarga deportatsiya qilinmaslik va Qo'shma Shtatlarda doimiy yashash maqomiga ega bo'lish imkonini beradigan greencard dasturini kengaytirish imkoniyatini o'rganmoqda.

Qo'shma Shtatlarda 10 yildan ortiq yashagan va qonuniy fuqaroligi bo‘lgan qarindoshi bo'lgan hamda mamlakatdan chiqarib yuborilishi ularni qiyin ahvolga soladigan bo‘lsa, ushbu dastur uchun ariza topshirishlari mumkin. Bu hujjatsiz immigrantlarga suddan deportatsiyani bekor qilish va Qoʻshma Shtatlarda qolishni soʻrashga imkon beradi, deydi Immigratsiyani tekshirish boʻyicha ijroiya boshqarmasi (EOIR).

Bu respublikachilarning Kongressda Bayden ma'muriyatining janubiy chegaradagi harakatlariga noroziligini bildirayotgan paytga to‘g‘ri keldi.

Dasturda qatnashish uchun ariza beruvchilar "yaxshi axloqiy xarakterga" ega bo'lishlari va Qo'shma Shtatlarda kamida 10 yil yashagan bo'lishlari kerak.

Obuna bo'ling
@vatandosh_tv
13.8K views07:18
Ochish/sharhlash
2024-03-28 09:44:32
#tavsiyalar #Rossiya
Ekstremal vaziyatda qanday omon qolish mumkin: mutaxassis tavsiyalari

«Kit» tahririyati “Сrocus City Hall”dagi teraktga o‘xshash favqulodda vaziyatlarda nima qilish kerakligi haqida tavsiyalar bergan. Bu tavsiyalarga amal qilib, inson o‘zini va yaqinidagilarning hayotini saqlab qolishga sababchi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Migrant.uz o‘quvchilariga ushbu tavsiyalarni qisqa shaklda keltiramiz.

Eng birinchi va asosiysi –doim tayyor bo‘ling:
doim binolardagi evakuatsiya, chiqish yo‘llariga ahamiyat berib yuring. Xayolan o‘zingizni “o‘t o‘chiruvchi” o‘yinida deb tasavvur qilib ko‘ring – qayerda kirish va chiqish yo‘llari borligini o‘rganib, evakuatsiya qilish kerak bo‘lsa qayerdan qanday xavfsiz chiqib ketishni chamalab qo‘ying.

chekinishning kamida uch variantini chamalab qo‘ying, qaysi obyektlarga yashirinish mumkinligini eslab qoling.

Qog‘ozga favqulloda xizmatlar raqami va yaqiningiz raqamlarini yozib, uni pasportingiz ichida saqlang.

Uydan ketayotib, doim elektr, gaz va suvni o‘chirib ketish kerak.

“Omon qolish to‘plami”ni tayyorlang

Bu to‘plam shoshilinch vaziyatda kerakli narsalarni topolmay qiynalmaslik yoki topish uchun vaqt yo‘qotmaslik uchun kerak. Ryukzak yoki kichik sumkaning ichiga zaruriy narsalarni – hujjatlar, telefon va quvvatlanturuvchi, kerakli dorilar kabilarni solib qo‘yish omon qolish to‘plamiga kiradi.

Tinchlaning

Ko‘pincha vahima bilan kurashish uchun nafas olishni nazorat qilish tavsiya etiladi. Yana dalda iborasini, masalan: "hamma narsa yaxshi bo‘ladi", deb takrorlash ham vahimaga berilmaslikka yordam beradi.

Qoching

Terror hujumi paytida asosiy taktika - qochish, yashirinish, xabar berishdan iborat.

Olomon orasida qolganda to‘g‘ri harakatlaning

Iloji boricha tezroq, odamlar oqimi sizni olib ketishiga imkon beradigan darajada harakatlaning.

Batafsil

Tavsiyalarni eslab qolishga harakat qiling. Ular bir kun hayotingizni saqlab qolishda asqotishi mumkin.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
14.5K views06:44
Ochish/sharhlash
2024-03-26 09:15:14 #diaspora #reyd #Tojikiston
Tojik diasporalari Tojikiston fuqarolariga kechalari uydan chiqmaslikni tavsiya qilmoqda

Baza telegram kanalining ma’lumotlariga ko‘ra tojik diasporalari o‘z fuqarolariga eslatmalar tayyorlagan. Eslatmada ommaviy tadbirlarga bormaslik va ishdan keyin ko‘chaga chiqmaslik kabi tavsiyalar berilgan.

Shuningdek, ish beruvchilar tojikistonlik ishchilardan ayni vaqtdagi shaxsiy ma‘lumotlarini — FISH, pasport ma’lumotlari, yashash joylari manzilini to‘plashayotgani ham aniqlanmoqda.

Shu bilan birga, diasporalar “Crocus Citi Hall”dagi teraktdan so‘ng tojikistonliklarga nisbatan noqonuniy hatti-harakatlar haqida hech qanday shikoyat olishmaganini bildirishgan.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
12.9K viewsedited  06:15
Ochish/sharhlash
2024-03-25 18:01:47
#reyd #Rossiya
Terakt ortidan reydlar, migrantlarga tavsiyalar

To'liq video Migrant.uz Youtube kanalida

Batafsil:




Obuna bo‘ling
@migrantuz
18.1K views15:01
Ochish/sharhlash
2024-03-25 16:10:58
Rossiyadagilarga ommaviy ravishda terakt uyushtirish bilan takliflar kelishni boshladi

«Crocus Citi Hall»dagi teraktdan so‘ng Rossiyadagilarga ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarda (WhatsApp va Telegram) noma’lum raqamdan terakt uyushtirish bo‘yicha takliflar kelishni boshlagan.

Provokatsiya Moskva, Xabarovsk, Vladivostok, Piter, Omsk, Novosibirsk va boshqa shaharlardagilarga asosan Telegram orqali kelmoqda. Takliflar 250 ming rubldan 2 million rublgacha bo‘lgan pul evaziga savdo markazlari, stadion, poyezd, maktablar va boshqa jamoat joylarini minalashdan iborat. Noma’lum kimsalar kerakli qurol-yaroq bilan o‘zlari ta‘minlashlarini yozishmoqda. Taklifni qabul qilmaganlarga psixologik bosim o‘tkazib, qo‘rqitib, tahdid qilinayotgani ma‘lum.

Bundan tashqari maktablarda otishma uyushtirish bo‘yicha ham Telegramda guruhlar ochilib, e’lonlar berilayotgani aniqlanmoqda. Baza kanalining ma‘lum qilishicha shu vaqtga qadar 38ta savdo markazida kinologlar qidiruv o‘tkazib, hech qayerda portlash vositalarini topmagan.

Bularni inobatga olib, migrantlarga keladigan shubhali xabarlarni befarq qoldirib, bloklashni, yozishmaga kirishmaslikni qat’iy tavsiya qilamiz!

Obuna bo‘ling
@migrantuz
19.9K views13:10
Ochish/sharhlash
2024-03-23 21:05:11 ​​#terakt #xronologiya #Rossiya
Krokusdagi fojia Rossiyadagi eng yirik teraktlardan biri hisoblanadi. Xronologiya:

1995-yil 14-iyun kuni Shamil Basayev boshchiligidagi jangarilar Budennovsk (Stavropol o‘lkasi)ning 1586 nafar aholisini garovga olib, shahar kasalxonasi binosida ushlab turishgan.

Halok bo‘lganlar - 129, yaralanganlar - 317.

1996-yil 16-noyabrda Kaspiyskda (Dogʻiston) terrorchilar chegarachilarning oilalari istiqomat qilgan toʻqqiz qavatli turar-joy binosini portlatib yuborishdi.

Halok bo‘lganlar - 68.

1999-yil 19-martda Vladikavkazdagi Markaziy bozorda portlash sodir boʻldi. Bomba xalqaro terrorchi Xattobning ko‘rsatmasi bilan harakat qilgan jinoyatchi tomonidan o‘rnatilgan.

Halok bo‘lganlar - 52, yaralanganlar - 150.

1999-yil 4-sentabrda Buynaksk shahrida (Dogʻiston) terrorchilar Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining 136-brigadasi ofitserlarining oilalari istiqomat qilgan Shixsaidov koʻchasidagi besh qavatli turar-joy binosini portlatib yuborishdi.

Halok bo‘lganlar - 64, yaralanganlar - 146.

1999-yil 8-sentabrda Moskvaning Guryanov ko‘chasida 9 qavatli 19-uy binosida terakt sodir etilib, ikkita "podyezd" butunlay vayron bo‘lgan.

O‘lganlar - 100, yaralanganlar - 690.

1999-yil 13-sentabrda Moskva shahri Kashirskoe shossesidagi 3-uyning 6-korpusida quvvati taxminan 300 kg trotil bo‘lgan portlash sodir bo‘ldi.

Halok bo‘lganlar - 124, yaralanganlar - 7.

2002-yil 9-may kuni Kaspiyskda (Dogʻiston) Gʻalaba kunini nishonlash vaqtida terakt sodir boʻldi.

Halok bo‘lganlar - 43, yaralanganlar - 120.

2002-yil 23-26-oktabr kunlari Moskvada Movsar Barayev boshchiligidagi qurolli jangarilar guruhi Dubrovkadagi Teatr markazi binosida 912 nafar “Nord-Ost” myuzikl tomoshabinini garovga oldi.

Halok bo‘lganlar - 130.

2002-yil 27-dekabrda Grozniyda Checheniston hukumat hovlisida terrorchilar portlovchi moddalar bilan toʻldirilgan Kamaz va UAZ avtomashinalarini portlatib yubordilar.

Halok bo‘lganlar - 71, yaralanganlar - 640.

2003-yil 12-may kuni Znamenskoye qishlog‘ida (Checheniston Respublikasining Nadterechniy tumani) mahalliy ma’muriyat va FSB departamenti binolari yaqinida xudkush-terrorchi boshqargan portlovchi moddalar ortilgan “Kamaz” yuk mashinasi portlab ketdi.

Halok bo‘lganlar - 60, yaralanganlar - 197.

2003-yil 5-dekabrda Kislovodsk - Mineralniye Vodi elektropoyezdida, poyezd Essentuki bekatidan taxminan 1 km uzoqlikda bo‘lgan vaqtida xudkush-terrorchi 7 kg trotil sig'imi bo‘lgan portlovchi qurilmani ishga tushirdi.

Halok bo‘lganlar - 47, yaralanganlar - 186.

2004-yil 6-fevralda Moskvada “Avtozavodskaya” va “Paveletskaya” metro bekatlari oralig‘idagi poyezdning ikkinchi vagonida portlash sodir bo‘ldi.

Halok bo‘lganlar - 41, yaralanganlar - 200 dan ortiq.

2004 yil 24 avgustda deyarli bir vaqtda Rostov va Tula viloyatlari ustidagi havoda. Moskvaning Domodedovo aeroportidan uchayotgan yo‘lovchi samolyotlari portlab, qulab tushdi.

Halok bo‘lganlar - 89.

2004-yil 1-sentabrda Beslan shahrida (Shimoliy Osetiya-Alaniya) Ruslan Xuchbarov (“Rasul”) boshchiligidagi jangarilar 1-sonli maktabning 1100 dan ortiq o‘quvchilari, ularning qarindoshlari va o‘qituvchilarini asirga oldi.

Halok bo‘lganlar - 334.

2010-yil 29-mart kuni Moskva metrosida qoʻshaloq terakt sodir boʻldi – “Sokolnicheskaya” liniyasidagi “Lubyanka” va “Park Kultury” stansiyalarida poyezdlarda 2 dan 4 kg gacha trotil sigʻimi boʻlgan bombalar portladi.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.2K views18:05
Ochish/sharhlash
2024-03-23 19:36:15 https://t.me/migrantuzb?livestream=36e0095fcc41ff7f9b
15.3K views16:36
Ochish/sharhlash
2024-03-23 19:29:09
#jonli_efir
Moskvada terakt

https://www.youtube.com/live/HcVXUbPV1XI?si=Umg8v8FXvNBsL0sL
15.4K viewsedited  16:29
Ochish/sharhlash
2024-03-23 19:27:48 "Hozirgacha jabrlangan yoki halok bo'lganlar orasida O'zbekiston fuqarolari aniqlanmadi" – O'zbekiston TIV matbuot kotibi

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov Migrant.uz muxbiri savoliga javoban Rossiyada sodir etilgan terakt va O'zbekiston tomonidan ayni paytda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumot berdi.

Obuna bo‘ling:
@migrantuz
14.5K views16:27
Ochish/sharhlash