Get Mystery Box with random crypto!

Migrant.uz axborot-xizmat portali

Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali M
Kanaldagi mavzular:
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Россия
Пора
Jinoyat
Muhojirlar
Реклама
Iqtisod
All tags
Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali
Kanaldagi mavzular:
Валюта
Рубль
Dollar
سوم
Россия
Пора
Jinoyat
Muhojirlar
Реклама
Iqtisod
All tags
Kanal manzili: @migrantuzb
Toifalar: Bloglar , Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 39.67K
Kanalning ta’rifi

Migrant.uz axborot-xizmat portali
👉 youtube.com/@migrantuzb
👉 instagram.com/migrantuzb
👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb
👉 ok.ru/migrantuz
👉 fb.com/migrantuz
Админ: @migrantuzb_admin
Хабарлар юбориш учун: @migrantxabar
Реклама: @migrantreklama

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 26

2024-03-31 18:29:49

16.0K viewsedited  15:29
Ochish/sharhlash
2024-03-31 18:16:25
#kvota #RVP
Moskva shahrida RVPga kvota ajratish uchun arizalar 1,2,3,4 aprel kunlari qabul qilinadi


Hujjatlarni topshirish uchun 9:00 dan 17:00 gacha Saxarovodagi MMSga murojaat qilishingiz kerak.

Manzil: Moskva, Varshavskoe shossesining 64-km, Voronovskoye qishlog’i 1, 47-bino, 1A-sonli kirish.

U yerga Lesoparkovaya metro bekatidan MS1 avtobusi yoki Prokshino metro bekatidan MS2 avtobusida borish mumkin.

Kvotaga ariza topshirish uchun MMSga kelib, talon olib, navbat kutish zaarur. Huddi Sberbankdagidek. Talonni boshqa kunga o’tkazib bo’lmaydi.

Kvotaga ariza topshirayotgan chet ellik shaxslardan arizadan tashqari fuqarolik pasportining notarial tarjimasi, undagi propiska va fuqaroligi ko‘rsatilgan sahifalarning nusxasi, migratsiya kartasi, 3,5x4,5 hajmidagi fotosurat talab qilinadi.

“RVP” kvotasi uchun arizalarni topshirish tartibini bu yerdan batafsil bilib olishingiz mumkin.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
16.0K viewsedited  15:16
Ochish/sharhlash
2024-03-31 17:34:23
#mulohaza
Migrantlarning ahvoli yanada ogʻirlashadi

Toʻliq video Migrant.uz kanalining YouTube sahifasida.

Batafsil -



Obuna bo‘ling
@migrantuz
15.0K viewsedited  14:34
Ochish/sharhlash
2024-03-30 17:02:19
#yoqilgʻi #Oʻzbekiston
O'zbekistonda benzin narxi arzonlashmaydi, kutmanglar

To'liq video Migrant.uz Youtube kanalida

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.3K views14:02
Ochish/sharhlash
2024-03-30 15:40:06
SalamPay Onlayn

O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 30.03.2024
Toshkent 17:30
Moskva 15:30 MSK


PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI

• Kwikpay - 94,37 (0) rubl
• AkaPay - 95,45 (+0,48) rubl
• Мир Привилегий - 95,67 (+0,46) rubl
• Золотая Kорона - 96,16 (+0,05) rubl

O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI

• Solidarnost - 133,80 (-0,2) so'm
• Unired Mobile - 133,20 (0) so'm Onlayn
• Sberbank - 131,26 (0) so'm

ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSI

Unired Mobile - 138,01 (0) so'm Onlayn

#valyuta #soʻm #rubl #dollar

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.3K views12:40
Ochish/sharhlash
2024-03-30 14:01:51
#sud #Rossiya
«Avval o‘yla, keyin so‘yla» – Rubtsovskda bir og‘iz gap uchun o‘zbekistonlik fuqaroga qamoq jazosi berildi

Rubtsovsk shahar sudi Rubtsovsk shahrida yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini qamoqqa olish haqida qaror chiqardi.

Tergov organlari tomonidan 2024-yil 24-mart kuni Rubtsovsk shahridagi do‘konlardan birida Krokus Siti xoll binosida sodir etilgan terrorchilik harakatini oqlab, gapirgan shaxs A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

1993-yilda tug‘ilgan ayblanuvchi 2024-yil 27-martda Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksining 91-92-moddalari bilan hibsga olingan, 2024-yil 28-martda unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.2-moddasi 1-qismi bilan ayblov e’lon qilingan.

Sud Rossiya Federatsiyasining jamoat xavfsizligiga qarshi o'rtacha og'irlikdagi jinoyat sodir etishda ayblovni, ayblanuvchining shaxsini - xorijiy davlat fuqarosi, doimiy yashash joyi va Rossiya Federatsiyasi hududida ro'yxatdan o'tganligini hisobga olgan holda, qonuniy daromad manbaiga ega bo‘lmagan A.ga nisbatan 2024-yil 26-mayga qadar ikki oy muddatga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi.

Qaror hali qonuniy kuchga kirmagan.


O‘zbekistonlik muhojirlarga hozirgi bo‘lib turgan holatda Rossiya davlati va siyosatiga tegishli har xil gaplarni so‘zlamaslikni tavsiya qilamiz.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.1K viewsedited  11:01
Ochish/sharhlash
2024-03-30 12:03:01
#muhojirlar
Muhojir dardi

To'liq video Migrant.uz Youtube kanalida

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.4K views09:03
Ochish/sharhlash
2024-03-30 10:01:03
#terror #Rossiya
FSB «terrorchilar qo‘lga olingani» haqida xabar bermoqda, ular orasida o‘zbekistonliklar ham bo‘lishi mumkin

FSB Stavropol o‘lkasida teraktning oldini olganini ma’lum qildi. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, uni “Markaziy Osiyo davlatlaridan biri”ning uch nafar fuqarosi tayyorlagan.

FSB xodimlari “Markaziy Osiyo davlatlaridan biri”ning uch nafar fuqarosi Stavropol o‘lkasida uyushtirmoqchi bo‘lgan teraktning oldini olganini iddao qilmoqda.

Razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar gavjum joylardan birida portlash uyushtirishni rejalashtirgan.

Hibsga olinganlarning yashash joyidagi tintuvlar chog‘ida “qo‘lbola portlovchi qurilmaning tarkibiy qismlari, kimyoviy moddalar va buzg‘unchi elementlar topildi va olib qo‘yildi”, — deyiladi FSB xabarida.

Terrorchilik harakati (Jinoyat kodeksi 30-moddasi 1-qismi “a” bandi, 205-moddasi 2-qismi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. FSB ishning boshqa tafsilotlari va hibsga olinganlarning shaxsini oshkor qilmagan.

Razvedka xizmati hibsga olinganlar aks etgan videoni tarqatdi. Videoda uch erkak ko‘chada ketayotib, dorixona, qurilish do‘koni va oziq-ovqat do‘koniga kirgani ko‘rinadi. Shundan so‘ng, video uzilib boshqa video qo‘shilib, ular FSB xodimlari tomonidan yerga yuztuban qilinib ushlangani tasvirlari bor.

Qo‘lga olinganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bo‘lishi mumkin. Chunki videoning oxirida ko‘rsatilgan ashyolar orasida O‘zbekiston fuqarosining xorijga chiqish pasporti aks etgan.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
14.2K viewsedited  07:01
Ochish/sharhlash
2024-03-30 08:54:29
#Rossiya
Rossiyada 1-apreldan haydovchilik guvohnomalarini kimlar almashtirishi shart?

2024-yil 1-aprelidan Rossiyada “Yo‘l harakati xavfsizligi” qonuniga kiritilgan o‘zgarishlar kuchga kiradi. O‘zgarishlarga ko‘ra, Rossiyada “Vid na jitelstvo”olganlar yoki Rossiya fuqaroligini olganlar bir yil ichida xorijda olingan haydovchilik guvohnomasini almashtirishlari kerak.

1.04.2024 gacha olingan xorij haydovchilik guvohnomalari bir yil davomida hech qanday imtihonsiz Rossiya “prava”siga almashtirib beriladi.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
14.1K views05:54
Ochish/sharhlash
2024-03-29 19:28:50 #intervyu #Turkiya
Turkiya: o‘zbekistonlik ayol nega ko‘chada qoldi?

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol yosh bolasi bilan ko‘chada qolgan. U Istanbulga 3 yil oldin ishlash uchun kelganini aytadi.

Tanishlari uni enagalik ishiga joylashtirishadi. Ko‘p o‘tmay, Turkiyaga ishlashga kelgan o‘zbekistonlik bilan oila quradi, farzandli bo‘ladi. Oradan bir yarim yil o‘tib, ayolni yosh bolasi bilan pulsiz, hujjatsiz ko‘chada ko‘rishadi.

— “U 2 yil ko‘chaga chiqmagan. Shifoxonada bolaning ham quyosh ko‘rmagani, boshining tepasi haligacha qotmagani aniqlandi”, - deydi Turkiyada o‘zbek ayollari huquqlarini himoya qilish jamiyati rahbari Ozoda Islomova.

Erining kimligini qattiq sir saqlayotgan ayolga nima bo‘ldi? Istanbuldan tayyorlangan videolavhamizda ko‘ring.

To'liq video Migrant.uz ning Youtube sahifasida.



15.8K viewsedited  16:28
Ochish/sharhlash