Get Mystery Box with random crypto!

#tavsiyalar #Rossiya Ekstremal vaziyatda qanday omon qolish | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#tavsiyalar #Rossiya
Ekstremal vaziyatda qanday omon qolish mumkin: mutaxassis tavsiyalari

«Kit» tahririyati “Сrocus City Hall”dagi teraktga o‘xshash favqulodda vaziyatlarda nima qilish kerakligi haqida tavsiyalar bergan. Bu tavsiyalarga amal qilib, inson o‘zini va yaqinidagilarning hayotini saqlab qolishga sababchi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Migrant.uz o‘quvchilariga ushbu tavsiyalarni qisqa shaklda keltiramiz.

Eng birinchi va asosiysi –doim tayyor bo‘ling:
doim binolardagi evakuatsiya, chiqish yo‘llariga ahamiyat berib yuring. Xayolan o‘zingizni “o‘t o‘chiruvchi” o‘yinida deb tasavvur qilib ko‘ring – qayerda kirish va chiqish yo‘llari borligini o‘rganib, evakuatsiya qilish kerak bo‘lsa qayerdan qanday xavfsiz chiqib ketishni chamalab qo‘ying.

chekinishning kamida uch variantini chamalab qo‘ying, qaysi obyektlarga yashirinish mumkinligini eslab qoling.

Qog‘ozga favqulloda xizmatlar raqami va yaqiningiz raqamlarini yozib, uni pasportingiz ichida saqlang.

Uydan ketayotib, doim elektr, gaz va suvni o‘chirib ketish kerak.

“Omon qolish to‘plami”ni tayyorlang

Bu to‘plam shoshilinch vaziyatda kerakli narsalarni topolmay qiynalmaslik yoki topish uchun vaqt yo‘qotmaslik uchun kerak. Ryukzak yoki kichik sumkaning ichiga zaruriy narsalarni – hujjatlar, telefon va quvvatlanturuvchi, kerakli dorilar kabilarni solib qo‘yish omon qolish to‘plamiga kiradi.

Tinchlaning

Ko‘pincha vahima bilan kurashish uchun nafas olishni nazorat qilish tavsiya etiladi. Yana dalda iborasini, masalan: "hamma narsa yaxshi bo‘ladi", deb takrorlash ham vahimaga berilmaslikka yordam beradi.

Qoching

Terror hujumi paytida asosiy taktika - qochish, yashirinish, xabar berishdan iborat.

Olomon orasida qolganda to‘g‘ri harakatlaning

Iloji boricha tezroq, odamlar oqimi sizni olib ketishiga imkon beradigan darajada harakatlaning.

Batafsil

Tavsiyalarni eslab qolishga harakat qiling. Ular bir kun hayotingizni saqlab qolishda asqotishi mumkin.

Obuna bo‘ling
@migrantuz