Get Mystery Box with random crypto!

Rossiyada nima gap? 23-iyun Rossiya tarixida bir nechta tera | Migrant.uz axborot-xizmat portali

Rossiyada nima gap?

23-iyun Rossiya tarixida bir nechta teraktlar bilan esda qoladigan bo'di.

Rossiyaning Dog‘iston Respublikasida bir nechta teraktlar sodir bo‘ldi. “TASS” agentligining xabar berishicha, jangarilar Dog‘istonning Derbent va Mahachqal’a shaharlarida ikkita pravoslav cherkovi, sinagoga (yahudiylarning diniy markazi) va yo‘l-patrul xizmati xodimlariga hujum qilgan.

Ro‘y bergan otishma oqibatida 6 nafar politsiyachi halok bo‘lgan, 12 nafari yaralangan. Kontrterroristik operatsiya doirasida ikki nafar jangarilar yo‘q qilingani xabar berilmoqda.

Hujum natijasida sinagoga butunlay yoqib yuborilgan. Cherkovlardagi yong’in o‘chirilmoqda.

Qolaversa, Rossiyaning Sevastopol shahriga Ukraina tomonidan hujum amalga oshirilgan. Sevastopolning ikki kurort rayonlari – Lyubimovka va Uchkuyevkalarga raketa bilan qilingan hujum natijasida 124dan ortiq odam jarohatlangani aytilmoqda. Jarohatlanganlarning kamida 27 nafari bolalar. Shuningdek, besh kishi vafot etgan. Vafot etganlarning uch nafari bolalar. Vafot etgan bolalardan biri – 9 yoshli qizaloq Magadan shahri merining o’rinbosari Oleg Averyanning farzandi ekani aytilmoqda.

Sevastopol va butun Qrimda 24-iyun motam kuni deb e’lon qilindi.


Ukraina qurolli kuchlari nafaqat Sevastopolga, balki Belgorodga ham hujum qilgan. Belgorodning Grayvoroh shahriga qilingan hujum natojasida 4 kishi yaralangan, bir kishi vafot etgan.

23-iyunning navbatdagi mudxish voqeasi Rossiya va Abxaziya chegarasida ro’y bergan otishmadir. Otishma natijasida bir kishi vafot etgan, uch kishi yaralangan, jarohat olganlarning bir nafari 17 yoshli voyaga yetmagan qiz ekani xabar berilmoqda. Otishma tafsilotlari va aybdorlar haqida ma’lumot berilmagan.

Oxirgi vaqtlarda aksariyat muhojirlar kirdi-chiqdi maqsadida Abxaziyani tanlamoqda. Otishmani hisobga olib, u yerga kirdi-chiqdi qilish tavsiya etilmaydi.

Web-sayt | Instagram | YouTube | @migrantuz