Get Mystery Box with random crypto!

Amurskaya viloyatini qumli bo‘ron qopladi Qumli bo‘ron tufayl | Migrant.uz axborot-xizmat portali

Amurskaya viloyatini qumli bo‘ron qopladi

Qumli bo‘ron tufayli Blagoveshensk va boshqa qo‘shni shaharlar osmoni sabzirang ko‘rinishga kelgan.

Qumli bo‘ron asosan Xitoy va Mo‘g‘ulistonni qoplagan. Biroq qisman Rossiyaning Amurskaya viloyatiga ham yetib kelgan. Ayni vaqtda shaharda kuchli shamol kuzatilmoqda.

Mahalliy aholiga ko‘zlarini qum va changdan saqlash tavsiya qilingan. Gidrometmarkazning xabar berishicha, qumli bo‘ron yana bir necha kun davom etadi.

Amurskaya viloyatdagi muhojirlarga ham niqob va ko‘zoynaksiz ko‘chaga chiqmaslikni va derazalarni ochmaslikni tavsiya qilamiz. Ehtiyot bo‘ling.

Video va rasmlar Baza kanalidan olindi.

Obuna bo‘ling
@migrantuz