Get Mystery Box with random crypto!

Rossiyadagilarga ommaviy ravishda terakt uyushtirish bilan tak | Migrant.uz axborot-xizmat portali

Rossiyadagilarga ommaviy ravishda terakt uyushtirish bilan takliflar kelishni boshladi

«Crocus Citi Hall»dagi teraktdan so‘ng Rossiyadagilarga ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarda (WhatsApp va Telegram) noma’lum raqamdan terakt uyushtirish bo‘yicha takliflar kelishni boshlagan.

Provokatsiya Moskva, Xabarovsk, Vladivostok, Piter, Omsk, Novosibirsk va boshqa shaharlardagilarga asosan Telegram orqali kelmoqda. Takliflar 250 ming rubldan 2 million rublgacha bo‘lgan pul evaziga savdo markazlari, stadion, poyezd, maktablar va boshqa jamoat joylarini minalashdan iborat. Noma’lum kimsalar kerakli qurol-yaroq bilan o‘zlari ta‘minlashlarini yozishmoqda. Taklifni qabul qilmaganlarga psixologik bosim o‘tkazib, qo‘rqitib, tahdid qilinayotgani ma‘lum.

Bundan tashqari maktablarda otishma uyushtirish bo‘yicha ham Telegramda guruhlar ochilib, e’lonlar berilayotgani aniqlanmoqda. Baza kanalining ma‘lum qilishicha shu vaqtga qadar 38ta savdo markazida kinologlar qidiruv o‘tkazib, hech qayerda portlash vositalarini topmagan.

Bularni inobatga olib, migrantlarga keladigan shubhali xabarlarni befarq qoldirib, bloklashni, yozishmaga kirishmaslikni qat’iy tavsiya qilamiz!

Obuna bo‘ling
@migrantuz