Get Mystery Box with random crypto!

#diaspora #reyd #Tojikiston Tojik diasporalari Tojikiston fuq | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#diaspora #reyd #Tojikiston
Tojik diasporalari Tojikiston fuqarolariga kechalari uydan chiqmaslikni tavsiya qilmoqda

Baza telegram kanalining ma’lumotlariga ko‘ra tojik diasporalari o‘z fuqarolariga eslatmalar tayyorlagan. Eslatmada ommaviy tadbirlarga bormaslik va ishdan keyin ko‘chaga chiqmaslik kabi tavsiyalar berilgan.

Shuningdek, ish beruvchilar tojikistonlik ishchilardan ayni vaqtdagi shaxsiy ma‘lumotlarini — FISH, pasport ma’lumotlari, yashash joylari manzilini to‘plashayotgani ham aniqlanmoqda.

Shu bilan birga, diasporalar “Crocus Citi Hall”dagi teraktdan so‘ng tojikistonliklarga nisbatan noqonuniy hatti-harakatlar haqida hech qanday shikoyat olishmaganini bildirishgan.

Obuna bo‘ling
@migrantuz