Get Mystery Box with random crypto!

#telegram_asoschisi #Rossiya #Oʻzbekiston Telegram asoschis | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#telegram_asoschisi #Rossiya #Oʻzbekiston
Telegram asoschisi Toshkentga nega keldi?
 
Durov bilan Qirg‘izistonga tashrif buyurgan do‘sti, rossiyalik bloger Gusein Gasanov o‘zining Instagramdagi sahifasida Toshkentda ekani haqidagi videoni e’lon qildi va Tashkent City hududida joylashgan “Hilton” mehmonxonasidagi xonasini namoyish qilgan.
 
Avvalroq, 10-iyun kuni Durov joriyyilning yozida Markaziy Osiyoga borishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi. 23-iyun kuni u o‘zining Telegram-kanalida Qirg‘izistondan suratlarni joylashtirdi. O‘zbekistonga tashrif chog‘ida milliy to‘lov tizimlari bilan integratsiyalashgan mamlakatdagi birinchi Telegram bankining ishga tushirilishi e’lon qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, Pavel Durov Toshkentdan tashqari Samarqand va Buxoroga ham borishni rejalashtirgani xabar qilingan.

Web-sayt | Instagram | YouTube | @migrantuz