Get Mystery Box with random crypto!

Ma'nolı_Statuslar...

Telegram kanalining logotibi manaliso — Ma'nolı_Statuslar... M
Telegram kanalining logotibi manaliso — Ma'nolı_Statuslar...
Kanal manzili: @manaliso
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29
Kanalning ta’rifi

📆 2019-12-20 ⏰15:36
Ma'nolı_stasuslar...
Kanalda eng ma'nolı rasmlar vıdeo,qo'shıq,gıf
Talab va takliflar uchun admin
@Ilyosbek77
ga murojaat qilishingiz mumkin
›Hamkorimiz
@Sheriyat
KANAL OCHILGAN SANA
>2018-YIL
>18-MAY

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-05-30 14:08:00 Bolajon

Kulsang dunyo to'ladi
G'am anduhlar o'ladi
Uylar nurli bo'ladi
Beg'uborim bolajon

Jajji qo'ling tutaman
Dunyoni unutaman
Sevinchlarni yutaman
Beg'uborim bolajon

Sensan meni qanotim
Yaxshi,yomon hayotim
Oxiratda chirog'im
Beguborim bolajon

Ishdan kelsam ovunchim
Zum ko'rmasam sog'inchim
Misoli bir oqqushim
Beg'uborim bolajon

Shiringina mittijon
Og'rimagin og'rir jon
Kelajakda bo'lgin xon
Beg'uborim bolajon

O'qi izlan katta bo'l
Har Ishda sarkarda bo'l
Dunyoni sen qilgin lol
Beg'uborim bolajon

ILYOSBEK

@Sheriyat
137 viewsILYOSBEK, 11:08
Ochish/sharhlash
2022-05-29 09:25:09 Tinglagim yo'q so'zingini sira
So'zlaring chinligi bilib bo'lmaydi
Sukuding yoqadi chiningdan ko'ra
Chuni u yolg'onlar qila olmaydi.

O'qigan kitobing ochaman yana
U seni tasvirlab beradi menga
Sendan ko'proq uni ko'raman yana
U aniq Hiyonat qilmaydi menga

O'sha bizlar uchrashgan yerlar
O'zgarmadi qoldi aslicha
Inson unutuvchan unitar derlar
U yerlar o'sha o'sha asl vaslicha

Rashkingga tikildim o'zingdan ko'proq
Chunki u Sof tuygu sotib bo'lmaydi
Jaxl-chi chiqqanida aldashi mumkin
Qizg'ongan yurakda hazil bo'lmaydi

Ha.Yana yozdim yozaveraman
Endi qalamimga so'zim o'tmaydi
Sen ketaver menam ketaman
Qalam qayt deb sherin bitmaydi

ILYOSBEK

@Sheriyat
133 viewsILYOSBEK, 06:25
Ochish/sharhlash
2022-05-28 22:30:30 G‘urur qasri.......

Ilyosbek

Miss Galaktika


@Sheriyat kanali uchun
128 viewsILYOSBEK, 19:30
Ochish/sharhlash
2022-05-28 10:28:29 Qasr qurdim g'rurimni qo'ymoqlikka
Senga yozgim keladiyu,yozolmayman
Senham kirib chiqasan u sahifamga
Na qolishing na ketishing bilolmaysan

Sherlar bitging keladiyu menga atab
O'qirkinmi deya fikring aylanadi
Suratimni qo'ygansanku axir saqlab
Sog'inganda u albatta saylanadi

Yo'q!unutdim deya aldabsan ozroq
Hitobing ichida menku bir kitob
Ismim eshitganda dilingda titroq
Ko'rsang qalbichangga chiqadi oftob

Tinchlikmi yuzingda Kulgu yugirdi
Yo'q dema kochkidi bilmasam seni
Hozr javob yoz deb Yurak buyurdi
Lekn g'ururing tarsaki urdida uni

Mayli yozma menham yozmayman
Saqlangan habarda qolsin so'zlarim
Javob kutma menham kutmayman
Kutaverib o'rganib ketti ko'zlarim.

ILYOSBEK

Muallif huquqisiz olinmasin

@Sheriyat
141 viewsILYOSBEK, 07:28
Ochish/sharhlash
2022-05-25 10:15:37 Niqobdaki yuzsiz odamlar

Do'stim deya yonda turarlar
Sir so'zingni yoddan bilarlar
Qasamidan to'lar olamlar
Niqobdaki yuzsiz odamlar

Qanday bajarasiz a ishni
Talantizga besh kettim sizni
Endi tishga qo'yamiz tishni
Niqobdaki yuzsiz odamlar

Taqvodordek ko'rsatar bizga
Aytaman aslida hushu yo'q sizda
Zahar to'la ekan sizdaki nishga
Niqobdaki yuzsiz odamlar

Makr so'zin oldin bilmasdim
O'zga qilsa parvo qilmasdim
Yonigizda bir zum qolmasdim
Niqobdaki yuzsiz odamlar

Sizni nog'orada o'ynaganlar ko'p
Ularham hozir deydida ho'p ho'p
Oxiratda bo'lmang misoli bir to'p
Niqobdaki yuzsiz odamlar

Neki bo'lsa bo'lingda omon
Siz yaxshi yu biz esa yomon
Siz yuz buring haqiqat tomon
Niqobdaki yuzsiz odamlar

Soxta Sadoqatlardan to'ydim
Ishonib ozimni bag'rimni o'ydim
Siz Sabab o'zgaga ishonmay qo'ydim
Niqobdaki yuzsiz odamlar

Odam olasi ichida derlar
Gohida kuldirar,gohida kular
Ular o'zlarini kimligin bilar
Niqobdaki yuzsiz odamlar

ILYOSBEK

@Sheriyat
144 viewsILYOSBEK, 07:15
Ochish/sharhlash
2022-05-21 16:23:15 Xavas qilaman

Bomdodi but bo'lgan ziyolilarga
So'zidan bol tomar nuroniylarga
Gunohni tark qilgan hayolilarga
Ulardek bo'lay deb Xavas qilaman

Boyligi qo'lida bo'lgan boylarga
Sahovat bobida misli soylarga
Quronni yod olgan ukatoylarga
Ulardek bo'lay deb,Xavas qilaman

Ilmiga amal qilgan to'raga
Allohni eslatib turgan jo'raga
Meni tortqilagan tushsam o'raga
Ulardek bo'lay deb Xavas qilaman

Yetaklagan o'g'lini masjidga,
Qiroatli nolasi mosdir tajvidga,
Qur'onini qo'ymagan bir chetga
Ular dek bo'lay deb Xavas qilaman

Dinideb jon bergan sahobiylarga
Ular o'xshamaydi vahibiylarga
O'xshay deyman men Buxoriylarga
Ular dek bo'lay deb Xavas qilaman

Onasiga hizmat qilganni ko'rsam
Aka Ukalarda oqibat sezsam
Hajga borib kelganni ko'rsam
Ulardek bo'lay deb Xavas qilaman

ILYOSBEK

Muallif huquqisiz olinmasin

@Sheriyat
157 viewsILYOSBEK, 13:23
Ochish/sharhlash
2022-05-18 08:03:09 Bizga Jannat Armon bo'lmasin.

Nolib o'tar dunyodan kimdir
Hech kimsaga jabr bo'lmasin
Mayli neki bo'lsin hayotda
Bizga Jannat armon bo'lmasin

Yashang qilib toat ibodat
Hech kimsaga kibr bo'lmasin
Tovba qiling, bo'lar ijobat
Bizga Jannat armon bo'lmasin

G'iybatimni qilib yurganlar
Shayton dilda hukm surmasin
Yiqilishim kutib turganlar
Bizga Jannat armon bo'lmasin

Mayliga sevmasin qoshi qalamlar
Halol muhabbatdan ayro qilmasin.
Juftim bilan kiray qilsin alamlar
Bizga Jannat armon bo'lmasin.

Ota Onam armonim demang
Firdavsda bizdan ayro bo'lmasin
Dard G'am bersa,aybim ne demang
Bizga Jannat armon bo'lmasin.

Do'stlarim bor bo'lsinlar omon
Mahshargohda menda qochmasin
Alloh uchun Do'st bo'lganlarmiz
Bizga Jannat armon bo'lmasin

Yashagan hayotni sarhisob qiling
Qilolmagan ishlar sizni ezmasin
Dunyoda hech armon o'zi yoq
Bizga Jannat armon bo'lmasin.

Shu sherimni o'qib turganlar
Sizni Alloh mudom qo'llasin
Yoqmasaham likelar bosganlar
Sizga Jannat armon bo'lmasin


ILYOSBEK

Muallif huquqisiz ko'chirmang hargiz
Sizga Jannat armon bo'lmasin

@Sheriyat
157 viewsILYOSBEK, 05:03
Ochish/sharhlash
2022-05-17 10:12:53 Tafakkur qilmaymizmi a do'stlar ?
Bizni qay yo'sida yaratdi Alloh
Hatto tazimga buyrildi shayton
Payg'ambarlik qildi bizga Rasululloh

Tafakkur qilmaymizmi a do'stlar ?
Tuxumdan ochilar bir mittigina jon
Zo'rman deganlanlar qani ko'rsatsin
Bir pashsha yaratib kiritsinchi jon.

Tafakkur qilmaymizmi a do'stlar ?
Ko'kda uchgan qushga kim berdi rizqin
Ertalab uchib ketar,kech keladi to'q
Nega kerilamiz a tuproqmiz bir siqim

Tafakku qilmaymizmi a do'stlar ?
Hasni ko'msak ko'karar nihol
Kim rang berdi ,kim berdi chiroy
Buni sirin bilmoq bandaga mahol.

Tafakkur qilmaymizmi a do'stlar ?
Bizni But sanamga sirdosh qilmadi
Harom Halol yo'lin ko'rsatdi Alloh
Gunoh qilsak bizga zulm qilmadi.

Tafakkur qilmaymizmi a do'stlar ?
Aziz qildi bizni dunyoda Alloh
Biz uchun ku axir ne'matlar mudom
Sajda ko'rmay o'lmaylik a Astagfirullo

ILYOSBEK

Muallif huquqisiz olinmasin.
Alloh rozi bo'lsin sizlardan

@Sheriyat
146 viewsILYOSBEK, 07:12
Ochish/sharhlash
2022-05-15 09:06:41 Yolg'onlar bezagan hayot har oning
Riyo botqog'iga kirganda joning
Ilmingga amaling kamaygan oning
Joningni tortishmay berolasanmi
O'limga tayyorman deyolasanmi

Dunyo zeblariga uchganda dillar
G'iybatdan bo'shamas busuyak tillar
Namozsiz o'tganda umr-u yillar
Joningni tortishmay berolasanmi
O'limga tayyorman deyolasanmi?

Bir Shirin so'z yo'q Ota Onangga
Yoring bo'lsa chiroq seni honangga
Tarbiya berolmasang Gulu Lolangga
Joningni tortishmay berolasanmi
O'limga tayyorman deylasanmi?

Isrofga to'lganda umr yo'llari
Egallasa qalbni kibr cho'llari
Shaytonlar semirsa,o'ssa bo'ylari
Joningni tortishmay berolasanmi
O'limga tayyorman deyolasanmi ?

Bizlar axir Rasululloh ummatlari
Qani bizda undan qolgan sunnatlari
Bajarmasdan Alloh aytgan farzlari
Joningni tortishmay berolasanmi
O'limga tayyorman deyolasanmi ?

ILYOSBEK

15.05.22

@Sheriyat
146 viewsILYOSBEK, 06:06
Ochish/sharhlash