Get Mystery Box with random crypto!

Bolajon Kulsang dunyo to'ladi G'am anduhlar o'ladi Uylar nu | Ma'nolı_Statuslar...

Bolajon

Kulsang dunyo to'ladi
G'am anduhlar o'ladi
Uylar nurli bo'ladi
Beg'uborim bolajon

Jajji qo'ling tutaman
Dunyoni unutaman
Sevinchlarni yutaman
Beg'uborim bolajon

Sensan meni qanotim
Yaxshi,yomon hayotim
Oxiratda chirog'im
Beguborim bolajon

Ishdan kelsam ovunchim
Zum ko'rmasam sog'inchim
Misoli bir oqqushim
Beg'uborim bolajon

Shiringina mittijon
Og'rimagin og'rir jon
Kelajakda bo'lgin xon
Beg'uborim bolajon

O'qi izlan katta bo'l
Har Ishda sarkarda bo'l
Dunyoni sen qilgin lol
Beg'uborim bolajon

ILYOSBEK

@Sheriyat