Get Mystery Box with random crypto!

Qasr qurdim g'rurimni qo'ymoqlikka Senga yozgim keladiyu,yozol | Ma'nolı_Statuslar...

Qasr qurdim g'rurimni qo'ymoqlikka
Senga yozgim keladiyu,yozolmayman
Senham kirib chiqasan u sahifamga
Na qolishing na ketishing bilolmaysan

Sherlar bitging keladiyu menga atab
O'qirkinmi deya fikring aylanadi
Suratimni qo'ygansanku axir saqlab
Sog'inganda u albatta saylanadi

Yo'q!unutdim deya aldabsan ozroq
Hitobing ichida menku bir kitob
Ismim eshitganda dilingda titroq
Ko'rsang qalbichangga chiqadi oftob

Tinchlikmi yuzingda Kulgu yugirdi
Yo'q dema kochkidi bilmasam seni
Hozr javob yoz deb Yurak buyurdi
Lekn g'ururing tarsaki urdida uni

Mayli yozma menham yozmayman
Saqlangan habarda qolsin so'zlarim
Javob kutma menham kutmayman
Kutaverib o'rganib ketti ko'zlarim.

ILYOSBEK

Muallif huquqisiz olinmasin

@Sheriyat