Get Mystery Box with random crypto!

Niqobdaki yuzsiz odamlar Do'stim deya yonda turarlar Sir so' | Ma'nolı_Statuslar...

Niqobdaki yuzsiz odamlar

Do'stim deya yonda turarlar
Sir so'zingni yoddan bilarlar
Qasamidan to'lar olamlar
Niqobdaki yuzsiz odamlar

Qanday bajarasiz a ishni
Talantizga besh kettim sizni
Endi tishga qo'yamiz tishni
Niqobdaki yuzsiz odamlar

Taqvodordek ko'rsatar bizga
Aytaman aslida hushu yo'q sizda
Zahar to'la ekan sizdaki nishga
Niqobdaki yuzsiz odamlar

Makr so'zin oldin bilmasdim
O'zga qilsa parvo qilmasdim
Yonigizda bir zum qolmasdim
Niqobdaki yuzsiz odamlar

Sizni nog'orada o'ynaganlar ko'p
Ularham hozir deydida ho'p ho'p
Oxiratda bo'lmang misoli bir to'p
Niqobdaki yuzsiz odamlar

Neki bo'lsa bo'lingda omon
Siz yaxshi yu biz esa yomon
Siz yuz buring haqiqat tomon
Niqobdaki yuzsiz odamlar

Soxta Sadoqatlardan to'ydim
Ishonib ozimni bag'rimni o'ydim
Siz Sabab o'zgaga ishonmay qo'ydim
Niqobdaki yuzsiz odamlar

Odam olasi ichida derlar
Gohida kuldirar,gohida kular
Ular o'zlarini kimligin bilar
Niqobdaki yuzsiz odamlar

ILYOSBEK

@Sheriyat