Get Mystery Box with random crypto!

Bizga Jannat Armon bo'lmasin. Nolib o'tar dunyodan kimdir Hec | Ma'nolı_Statuslar...

Bizga Jannat Armon bo'lmasin.

Nolib o'tar dunyodan kimdir
Hech kimsaga jabr bo'lmasin
Mayli neki bo'lsin hayotda
Bizga Jannat armon bo'lmasin

Yashang qilib toat ibodat
Hech kimsaga kibr bo'lmasin
Tovba qiling, bo'lar ijobat
Bizga Jannat armon bo'lmasin

G'iybatimni qilib yurganlar
Shayton dilda hukm surmasin
Yiqilishim kutib turganlar
Bizga Jannat armon bo'lmasin

Mayliga sevmasin qoshi qalamlar
Halol muhabbatdan ayro qilmasin.
Juftim bilan kiray qilsin alamlar
Bizga Jannat armon bo'lmasin.

Ota Onam armonim demang
Firdavsda bizdan ayro bo'lmasin
Dard G'am bersa,aybim ne demang
Bizga Jannat armon bo'lmasin.

Do'stlarim bor bo'lsinlar omon
Mahshargohda menda qochmasin
Alloh uchun Do'st bo'lganlarmiz
Bizga Jannat armon bo'lmasin

Yashagan hayotni sarhisob qiling
Qilolmagan ishlar sizni ezmasin
Dunyoda hech armon o'zi yoq
Bizga Jannat armon bo'lmasin.

Shu sherimni o'qib turganlar
Sizni Alloh mudom qo'llasin
Yoqmasaham likelar bosganlar
Sizga Jannat armon bo'lmasin


ILYOSBEK

Muallif huquqisiz ko'chirmang hargiz
Sizga Jannat armon bo'lmasin

@Sheriyat