Get Mystery Box with random crypto!

Tafakkur qilmaymizmi a do'stlar ? Bizni qay yo'sida yaratdi A | Ma'nolı_Statuslar...

Tafakkur qilmaymizmi a do'stlar ?
Bizni qay yo'sida yaratdi Alloh
Hatto tazimga buyrildi shayton
Payg'ambarlik qildi bizga Rasululloh

Tafakkur qilmaymizmi a do'stlar ?
Tuxumdan ochilar bir mittigina jon
Zo'rman deganlanlar qani ko'rsatsin
Bir pashsha yaratib kiritsinchi jon.

Tafakkur qilmaymizmi a do'stlar ?
Ko'kda uchgan qushga kim berdi rizqin
Ertalab uchib ketar,kech keladi to'q
Nega kerilamiz a tuproqmiz bir siqim

Tafakku qilmaymizmi a do'stlar ?
Hasni ko'msak ko'karar nihol
Kim rang berdi ,kim berdi chiroy
Buni sirin bilmoq bandaga mahol.

Tafakkur qilmaymizmi a do'stlar ?
Bizni But sanamga sirdosh qilmadi
Harom Halol yo'lin ko'rsatdi Alloh
Gunoh qilsak bizga zulm qilmadi.

Tafakkur qilmaymizmi a do'stlar ?
Aziz qildi bizni dunyoda Alloh
Biz uchun ku axir ne'matlar mudom
Sajda ko'rmay o'lmaylik a Astagfirullo

ILYOSBEK

Muallif huquqisiz olinmasin.
Alloh rozi bo'lsin sizlardan

@Sheriyat