Get Mystery Box with random crypto!

Xavas qilaman Bomdodi but bo'lgan ziyolilarga So'zidan bol t | Ma'nolı_Statuslar...

Xavas qilaman

Bomdodi but bo'lgan ziyolilarga
So'zidan bol tomar nuroniylarga
Gunohni tark qilgan hayolilarga
Ulardek bo'lay deb Xavas qilaman

Boyligi qo'lida bo'lgan boylarga
Sahovat bobida misli soylarga
Quronni yod olgan ukatoylarga
Ulardek bo'lay deb,Xavas qilaman

Ilmiga amal qilgan to'raga
Allohni eslatib turgan jo'raga
Meni tortqilagan tushsam o'raga
Ulardek bo'lay deb Xavas qilaman

Yetaklagan o'g'lini masjidga,
Qiroatli nolasi mosdir tajvidga,
Qur'onini qo'ymagan bir chetga
Ular dek bo'lay deb Xavas qilaman

Dinideb jon bergan sahobiylarga
Ular o'xshamaydi vahibiylarga
O'xshay deyman men Buxoriylarga
Ular dek bo'lay deb Xavas qilaman

Onasiga hizmat qilganni ko'rsam
Aka Ukalarda oqibat sezsam
Hajga borib kelganni ko'rsam
Ulardek bo'lay deb Xavas qilaman

ILYOSBEK

Muallif huquqisiz olinmasin

@Sheriyat