Get Mystery Box with random crypto!

Yolg'onlar bezagan hayot har oning Riyo botqog'iga kirganda jo | Ma'nolı_Statuslar...

Yolg'onlar bezagan hayot har oning
Riyo botqog'iga kirganda joning
Ilmingga amaling kamaygan oning
Joningni tortishmay berolasanmi
O'limga tayyorman deyolasanmi

Dunyo zeblariga uchganda dillar
G'iybatdan bo'shamas busuyak tillar
Namozsiz o'tganda umr-u yillar
Joningni tortishmay berolasanmi
O'limga tayyorman deyolasanmi?

Bir Shirin so'z yo'q Ota Onangga
Yoring bo'lsa chiroq seni honangga
Tarbiya berolmasang Gulu Lolangga
Joningni tortishmay berolasanmi
O'limga tayyorman deylasanmi?

Isrofga to'lganda umr yo'llari
Egallasa qalbni kibr cho'llari
Shaytonlar semirsa,o'ssa bo'ylari
Joningni tortishmay berolasanmi
O'limga tayyorman deyolasanmi ?

Bizlar axir Rasululloh ummatlari
Qani bizda undan qolgan sunnatlari
Bajarmasdan Alloh aytgan farzlari
Joningni tortishmay berolasanmi
O'limga tayyorman deyolasanmi ?

ILYOSBEK

15.05.22

@Sheriyat