Get Mystery Box with random crypto!

METODBIRLАShMА RАHBАRLАRIGА 10% USTАMА BERISh TARTIBI Vazirla | Maktab | Rasmiy kanal

METODBIRLАShMА RАHBАRLАRIGА 10% USTАMА BERISh TARTIBI

Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bo‘yicha umumtaʼlim muassasasining fan yoʼnalishlari boʼyicha metodbirlashma rahbarlariga 10% ustama berish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Xo‘sh, bu ustamalar qaysi mezon asosida belgilanadi? Ushbu mezon Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 17-iyundagi 02-02/1-1703-sonli xatida belgilab berilgan.

Unga ko‘ra metodbirlashma rahbarlari quyidagi ishlarni bajarishlari kerak bo‘ladi.


Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolari uchun kamida 3 va undan ortiq metodik tadbir (oʼquv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qoʼshimcha maʼlumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbati va hokazo) tashkil etilgan boʼlishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolariga taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun chorakda 1 ta pedagogik texnologiya yoki oʼquvchilarning fanni oʼzlashtirishdagi boʼshliqlarini toʼldirish usullari tavsiya etilgan boʼlishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumta’lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvni samarali tashkil etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilinishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumtaʼlim muassasasida belgilangan fan oyligini tashkil etilgan boʼlishi;
Fan oyligini o‘tkazish tartibi bekor qilingan. Shu sababli, bu bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatma kelishi mumkin.

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma yigʼilishini chorakda bir marta oʼtkazilgan boʼlishi kerak.

Qilingan ishlar yuzasidan metodbirlashma rahbari maktabda tuzilgan ishchi guruhga bir varoqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va ikki dona fotolavha taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ishchi guruh qilingan ishlarni 100 ballik tizimda ballaydi va eng kamida 61 ball to‘plangan taqdirda 10% ustama belgilaydi.

Ushbu baholash mezonlarining to‘liq matni.

ESLATMA: sinf rahbarlari metodbirlashmasi rahbariga 10% li ustama to‘lanmaydi va endilikda sinf rahbarlari metodbirlashmasi mavjud emas.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa