Get Mystery Box with random crypto!

Maktab | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @maktab_daa
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 757
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan kundalik com uchun tayyor ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Ko‘rgazma, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan na’munalar shu kanalda.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 28

2023-02-20 17:12:37 MAKTAB XODIMLARI QANDAY FORMADA VA KO’RINISHDA BO’LISHLARI KERAK?

- jamoa a’zolari ish vaqtida erkin harakatlanish uchun qulay va estetik did bilan kasbga mos holda kiyinishlari

- kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi hamda kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi

- erkaklar mavsumga qarab – klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), ko‘ylak (oq, havorang va shu kabi), bo‘yinbog‘, poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi

- ayollar mavsumga qarab – klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), tanani ochiq ko‘rsatib turmaydigan kofta (oq, havorang va shu kabi), ko‘ylak, past poshnali poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi
(Muassasa ustavi bilan ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlari formasining rangi va qo‘shimcha belgilariga mazkur nizom talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.)

- umume’tirof etilgan milliy an’analarga, shakllarga va ma’naviy-axloqiy tarbiyaga zid kelmaydigan yoki sport (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari o‘qituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shuningdek, ta’lim muassasasi hududida o‘tkaziladigan turli sport va ko‘ngilochar tadbirlar bundan mustasno) kiyimlarida bo‘lmasligi talab etiladi.

Xodimlarning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagi talablar belgilanadi:

- tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan bo‘lishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (g‘ayrioddiy) ranglarga bo‘yalmagan bo‘lishi

- ayollar quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar taqib yurmasligi, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada pardoz qilmasligi, tirnog‘ini uzun qilib o‘stirmasligi talab etiladi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug‘i

Hujjatlar bot⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋ
@hujjatlar32bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
15.1K views14:12
Ochish/sharhlash
2023-02-20 16:02:46 O‘QITUVCHILAR FAOLIYATIDA MUHIM BO‘LGAN 10 TA HUJJAT.

Ushbu hujjatlarni har bir o‘qituvchi o‘zida saqlab qo‘yishini tavsiya qilamiz.

1-ta’lim to‘g‘risidagi qonun

2-DTS talablari

3-o‘qituvchining lavozim majburiyatlari

4-metodbirlashmalar va metodik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi nizom

5-sinf rahbarligi haqida nizom

6-kundalik com nizomi

7-dars taqsimoti nizomi

8-ustama berish nizomi 823

9-attestatsiya nizomi 572

10-ichki tartib va odob-axloq qoidalari

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar bazasi bo‘lgan yagona kanal!

(Hujjatlar kerak bo‘lsa ushbu botdan foydalaning!⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋ)

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
1.9K views13:02
Ochish/sharhlash
2023-02-20 09:54:11 Maktablarda 100 mingta to‘garak tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi
2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish, ta’lim muassasalarida bepul to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur topshiriqlar belgilangan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarda kasb-hunar ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida umumta’lim muassasalarida 100 mingta to‘garak tashkil etish bo‘yicha zarur ishlar boshlangan.

Ushbu maqsadlar uchun davlat budjetidan 79,5 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lib, to‘garaklar yo‘nalishini aniqlash bo‘yicha o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.

Bunda o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, IT injiniring, tarjimonlik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etishga ustuvorlik berilmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
5.7K views06:54
Ochish/sharhlash
2023-02-20 06:29:23 MAKTAB HUDUDIDA TELEFONDAN FOYDALANISh TARTIBI QANDAY EKANLIGINI BILASIZMI?

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining
ichki tartib va odob-axloq qoidalarini yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra:


Ta’lim muassasasi hududida har bir o‘quvchi o‘z uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yishi, pedagog va texnik xodimlar hamda tashrif buyuruvchi boshqa shaxslar o‘z uyali aloqa vositalari qurilmalarini chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (Ovozsiz holatga o‘tkazishi) shart.

Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari) boshlanishidan oldin ta’lim oluvchilar telefonini o‘chirib qo‘yishi hamda telefonini sumkasiga solib qo‘yishi shart (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom”).

O‘quvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramasdan dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etgan holatda sinf rahbari va muassasa rahbariyati o‘quvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) o‘rnatilgan tarzda olib qo‘yiladi, holat yuzasidan o‘quvchining ota-onasi ogohlantiriladi. Holat bo‘yicha inspektor-psixolog tomonidan o‘quvchining
ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi Jamoat kengashi va kuzatuv kengashlari doirasida muhokama etilib, tegishli tushuntirishlar olib borgandan so‘ng telefon (mobil aloqa vositalari) o‘quvchining ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga qaytarib beriladi.

Shunday holat o‘quv yili davomida takrorlanganda o‘quvchi ichki ishlar organlarining profilaktik ro‘yxatiga olinadi.

Shuningdek:

--qonun bilan taqiqlangan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo‘lmagan yoki ta’lim muassasasining ichki munosabatlariga tegishli, shuningdek, ta’lim muassasasi va o‘qituvchi obro‘sini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanishi;

-- dars jarayonida quloqchinlar (naushnik) orqali uyali aloqa vositalari va turli xil audio qurilmalardan foydalanishi, dars jarayonini uyali aloqa vositasining kamerasi orqali suratga olishi;

-- ta’lim muassasasi kompyuterlarida ta’lim muassasasiga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarni, shuningdek, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan bolalarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lmagan turli videomateriallar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi, pornografik xarakterdagi har qanday video, audio va fotomateriallarni tayyorlash, saqlash, foydalanish va targ‘ib etish qat’iyan taqiqlanadi.

(Hujjatlar kerak bo‘lsa ushbu botdan foydalaning!⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋ)

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
8.8K views03:29
Ochish/sharhlash
2023-02-19 14:44:31 MAKTABLARDA QUYIDAGI UCH TURDAGI BUYRUQLAR YURITILADI

1-asosiy faoliyatga oid buyruqlar;
2-kadrlar faoliyatiga oid buyruqlar;
3-oʻquvchilar harakatiga oid buyruqlar.


ASOSIY FAOLIYATGA OID BUYRUQ – maktabning oʻquv-tarbiya, maʼnaviy-maʼrifiy va hoʻjalik faoliyatini tartibga solish hamda yuqori turuvchi tashkilotlardan kelgan topshiriq (buyruq)lar ijrosi yuzasidan rasmiylashtiriladi. Asosiy faoliyatga oid buyruqlarning tartib raqami har yil boshidan belgilanib, ketma-ketlikda raqamlanib boriladi.
Qabul qilingan buyruqda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan nazorat maktab direktori tomonidan olib boriladi.

Asosiy faoliyatga oid buyruqlar elektron shaklda (matn koʻrinishida) tayyorlanib qogʻozda chop etiladi va maktab direktori tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlangan holda yigʻma jild(reyestr)da tikib boriladi va 15 yil muddatda saqlanadi.

KADRLAR FAOLIYATIGA OID BUYRUQLAR – Xalq taʼlimi vazirining 2020-yil 28-maydagi 136-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Xalq taʼlimi tizimida kadrlarga oid ish yuritish boʻyicha namunaviy yoʻriqnoma” asosida yuritiladi. Kadrlar faoliyatiga oid buyruqlarni tayyorlash va yuritish uchun kadrlar boʻyicha menejer (inspektor) masʼul hisoblanadi. Kadrlar faoliyatiga doir buyruqlar alohida daftarda qayd etilib, maktab direktori tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.

Kadrlar faoliyatga doir buyruqlar daftari maktabda 75 yil muddatda saqlanadi. Pedagog va texnik xodimlarni ishga qabul qilish hamda xodim tashabbusiga koʻra ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqlar Xalq taʼlimi tizimini boshqarishning axborot tizimi (ERP)da elektron shaklda yuritiladi.

Pedagog va texnik xodimlarni ishga qabul qilish hamda xodim tashabbusiga koʻra ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqlar Xalq taʼlimi tizimini boshqarishning axborot tizimi (ERP)da rasmiylashtirilib, qogʻozda chop etiladi va maktab direktori tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlangan holda yigʻma jild(reyestr)da tikib boriladi.

OʻQUVCHILAR HARAKATIGA OID BUYRUQLAR – maktabning birinchi sinfiga hamda oʻquv yili yoki yozgi taʼtil davomida maktabga qabul qilingan yoki maktabdan ketgan oʻquvchilar hisobini yuritish uchun rasmiylashtiriladi. Mazkur buyruqlar Xalq taʼlimi tizimini boshqarishning axborot tizimi (ERP)da elektron shaklda rasmiylashtirilib, qogʻozda chop etiladi va maktab direktori tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.

Yozgi taʼtil davomida maktabga kelgan yoki maktabdan ketgan oʻquvchilarga ota-onasining arizasi (kelish-ketish talon) asosida shuningdek, maktabning birinchi sinfiga qabul qilingan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi buyruqlar Xalq taʼlimi tizimini boshqarishning axborot tizimi (ERP)da shu kunning oʻzida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Zaruratga koʻra, 9-sinf bitiruvchilari akademik litsey, kasb-hunar maktablari yoki boshqa taʼlim muassasalarida oʻqishni davom ettirishi sababli 10-sinfda oʻquvchilar soni kamayib ketgan taqdirda sinflarni qayta komplektlashda alohida buyruq rasmiylashtirilishi mumkin. Buyruqlar har oʻquv yili boshidan (2-sentyabr) yangi tartib raqami bilan qayd etib boriladi. Oʻquvchilarga oid buyruqlarning yuritilishiga maktab direktorining oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha oʻrinbosari masʼul hisoblanadi.

Oʻquvchilar harakatiga oid buyruqlar Xalq taʼlimi tizimini boshqarishning axborot tizimi (ERP)da rasmiylashtirilib, qogʻozda chop etiladi va oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi hamda yigʻma jild(reyestr)da tikib boriladi va maktabda 50 yil muddatda saqlanadi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi 205-sonli buyrugʻi

(Hujjatlar kerak bo‘lsa ushbu botdan foydalaning!⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋ)

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
5.7K views11:44
Ochish/sharhlash
2023-02-19 08:08:04
Японияда темирйўл стансияси уч йил биргина йўловчи учун ишлаган

Бир неча йил давомида Япониянинг Ҳаккайдо оролидаги Ками Ширатаки вокзалида биргина йўловчи - ўқувчи қиз мактабга бориб келиши учун поездни кутган. Поезд қизчани мактабга олиб кетиб, қайта олиб келиш учунгина кунига икки маротаба йўлга чиқар эди.

2013-йилда япон темирйўл бошқармаси Ками Ширатаки стансиясини йўловчилар йўқлиги ва ҳудудга юклар келиши камайганлиги сабабидан ёпишга қарор қилади.
Лекин бу поездда ҳар куни қизчани мактабга қатнаши кераклигини билганларидан сўнг, деярли йўловчисиз бўлган ушбу стансияни ёпиш фикридан қайтадилар. Янада қизиғи, ходимлар ҳар йили стансияни таъмирлаб, қишда қорларни кураб туришган.
Поезднинг юриш вақти эса қизчанинг дарс жадвали асосида тузилар эди.

Ками Ширатаки стансияси 2016-йил март ойигача ишлаган. Ўқувчи қиз мактабни битиргандан сўнг ёпилган.
(Рус тилидан таржима)

Қойил қолдим...

“O‘qing faqat... yig‘lamang” kanalidan olindi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
4.4K viewsedited  05:08
Ochish/sharhlash
2023-02-18 12:17:47 SINF RAHBARIGA QUYIDAGI TALABLAR QO‘YILADI

2021-yilning fevral oyidan e’tiboran xalq ta’limi tizimida
5-sinfdan boshlab, 11-sinfga qadar yagona sinf rahbarini tayinlash boʻyicha Nizom joriy etildi.

Yangi Nizomga muvofiq, birinchi navbatda maktablarda sinf rahbarlariga qoʻyiladigan umumiy talablar ishlab chiqildi. Xususan,

kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan;
maktabda toʻliq stavkada acosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan;
odob-axloqi va xulqi bilan oʻquvchilarga shaxsiy namuna boʻla oladigan;
ruhiy jihatdan barqaror boʻlgan;
oʻquvchilar bilan ishlash jarayoniga mas’uliyat bilan yondasha oladigan.

Shuningdek, qabul qilingan yangi nizomga muvofiq, sinf rahbarlarining:

amaldagi xujjatlari soni optimallashtirildi;
faoliyatini baholash mezonlari yaratildi;
malaka oshirish kurslari ishlab chiqildi;
ota-onalar bilan ishlash tizimi takomillashtirildi.

Amalga oshirilgan oʻzgarishlardan kutilayotgan asosiy natijalar:

- sinf rahbarlarining oʻquvchilar tarbiyasiga ta’siri sezilarli ravishda oshishi;
- 5-sinfdan 11-sinfgacha yagona sinf rahbarining biriktirilishi natijasida sinfdagi ijtimoiy muhitni sogʻlom ravishda ushlab turish imkoni;
- ota-onalar tomonidan oʻz farzandlarini ta’lim-tarbiya jarayoniga nisbatan qiziqishining ortishi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
7.4K views09:17
Ochish/sharhlash
2023-02-18 05:15:08
2022-2023 o`quv yili uchun kalendar

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
5.9K views02:15
Ochish/sharhlash
2023-02-17 09:53:42 MAKTAB TA’LIMI SOHASIDA ISHLAYOTGAN O‘QITUVCHILAR DIQQATIGA!

Respublikamizdagi o‘qituvchi va rahbar xodimlarni ishini osonlashtirish maqsadida yangi telegram bot ishga tushirildi.

Endilikda pedagoglar ta’lim sohasiga oid har qanday hujjatlarni ushbu bot orqali oson yuklab olishlari mumkin. Hujjatlarni ketma-ketligi tartib bilan ushbu botga joylashtirilgan va boyitib boriladi. Botga kirib o‘zingiz uchun kerakli bo‘limni tanlang va quyidagi hujjatlarni yuklab oling;

Sinf rahbarlik hujjatlari;
To‘garak hujjatlari;
Metodbirlashma hujjatlari;
Pedkengash hujjatlari;
Ustama hujjatlari;
Nizomlar;
Hujjatlardan namunalar va boshqa.


Marhamat botga start bosing va istalgancha yuklab oling!

https://t.me/hujjatlar32bot
https://t.me/hujjatlar32bot
https://t.me/hujjatlar32bot
6.5K views06:53
Ochish/sharhlash
2023-02-17 08:25:00 UCHINCHI CHORAK BO‘YICHA TA’LIM SIFATI MONITORINGI QUYIDAGI SINFLARDAN OLINADI.

3-6-7-sinflardan

3-sinf o‘quvchilaridan 2 variantda 30 talik: 1-blok (ona tili va o‘qish savodxonligi, matematika, xorijiy til), 2-blok (matematika, Tabiiy fan (Science), ona tili va o‘qish savodxonligi) har bir fan bo‘yicha 10 tadan test topshiriqlari shaklida o‘tkaziladi.

6-sinf o‘quvchilaridan 2 variantda 45 talik: 1-blok (ona tili va adabiyoti, matematika, xorijiy til), 2-blok (Tabiiy fan (Science), tarix, rus tili), 3-blok (ona tili va adabiyoti, Tabiiy fan (Science), informatika), 4-blolk (tarix, Tabiiy fan (Science), matematika) har bir fan bo‘yicha 15 tadan test topshiriqlari shaklida o‘tkaziladi.

7-sinf o‘quvchilaridan 2 variantda 45 talik: 1-blok (ona tili va adabiyoti, matematika, xorijiy til), 2-blok (biologiya, kimyo, ms tili), 3-blok (fizika, geografiya, ona tili ), 4-blolk (tarix, informatika, matematika) har bir fan bo‘yicha 15 tadan test topshiriqlari shaklida o‘tkaziladi.

7-sinf o‘quvchilari uchun nazorat materiallari tayyorlashda Milliy o‘quv dasturi asosida yaratilgan darsliklarning ta’minlangan bo'lishi ehtimoli hisobga olinadi hamda shunday maktablar uchun alohida nazorat materiallari tayyorlanadi.

Test sinovi bajarish uchun 3- sinflarda monitoring o‘tkaziladigan fanlardan har bir test savoliga 2 daqiqadan (umumiy 60 daqiqa), 6- va 7-sinflarda fanlardan har bir test savoliga 2 daqiqadan (umumiy 90 daqiqa) vaqt beriladi (Milliy o‘quv dasturi asosidagi darsliklar bo‘yicha o‘tkaziladigan monitoring vaqti spetsifikatsiyalarda alohida ko‘rsatiladi).

Barcha blok fanlarini qamrab olish maqsadida sinf o‘quvchilari soniga qarab guruhlar shakllantiriladi.

Eslatma: Ushbu monitoring testlari mart oyida o‘tkaziladi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 11-oktabrdagi 313-sonli buyrug‘i.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
11.8K views05:25
Ochish/sharhlash