Get Mystery Box with random crypto!

Maktablarda 100 mingta to‘garak tashkil etiladi O‘zbekiston R | Maktab | Rasmiy kanal

Maktablarda 100 mingta to‘garak tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi
2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish, ta’lim muassasalarida bepul to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur topshiriqlar belgilangan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarda kasb-hunar ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida umumta’lim muassasalarida 100 mingta to‘garak tashkil etish bo‘yicha zarur ishlar boshlangan.

Ushbu maqsadlar uchun davlat budjetidan 79,5 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lib, to‘garaklar yo‘nalishini aniqlash bo‘yicha o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.

Bunda o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, IT injiniring, tarjimonlik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etishga ustuvorlik berilmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa