Get Mystery Box with random crypto!

Maktab | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @maktab_daa
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 757
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan kundalik com uchun tayyor ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Ko‘rgazma, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan na’munalar shu kanalda.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 29

2023-02-16 19:06:59 MAKTABNING ICHKI TARTIB QOIDALARIGA KO‘RA OTA-ONALAR QUYIDAGI TALABLARGA RIOYA QILISHLARI KERAK

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug‘iga ko'ra ota-onalarga quyidagi talablar belgilangan.


- ta’lim muassasasi ichki tartib qoidalari bilan tanishish;

- o‘qituvchi sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi, dars jarayonlarida aralashmasliklari, pedagoglarni haqorat qilmasliklari;

- farzandini dars jarayonida ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini nazorat qilish;

- farzandini darslarga to‘liq qatnashishini (davomat) hamda fanlar bo‘yicha ish daftarlari va ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan boshqa barcha jihozlar bilan ta’minlash;

- farzandini muassasaga darslik, o‘quv qurollari bilan kelishini ta’minlash;

- farzandining ta’lim olishiga to‘sqinlik qilmaslik, uning ta’lim muassasasiga o‘z vaqtida kelishi, darsdan keyin farzandini bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;

- sinf rahbari va fan o‘qituvchilari bilan farzandining xulqi va davomati yuzasidan aloqada bo‘lish;

- farzandi darslarga kelmay qolishi mumkin bo‘lgan paytlarda ta’lim muassasasiga (sinf rahbariga) uning sabablarini bildirgan holda ma’lum qiladi;

- ta’lim muassasasining taklifiga asosan muassasada o‘tkaziladigan ota-onalar yig‘ilishi, suhbat va turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
9.1K views16:06
Ochish/sharhlash
2023-02-16 18:00:39
O’qituvchilar uchun 1 kunlik BEPUL onlayn Masterklass tashkil etayapman.

O’qituvchilarning eng katta muammolaridan biri sinflarda o’quvchilar soni judayam ko’pligidir.

Agar sizda ham shu muammo bo’layotgan bo’lsa men sizni Masterklassimga taklif qilaman.

Dars jarayonida o’quvchilar shovqin solishi, vaqt yetmasligi, mavzuni yuqori darajada tushintirib beraolmaslik, o’quvchilar soni qancha bo’lishidan qatiy nazar sifatli ta’lim berish yo’llarini ko’rib chiqamiz.

Masterklass 17-fevral 20:00 da bo’lib o’tadi.

Masterklassga qatnashish

https://t.me/+F3T2nGmSDXo1ZTQ6

Bu postni kamida 5 ta o’qituvchilar kanaliga, guruhiga va o’ziga tarqatib screnshotini quyidagi acountga yuborsangiz sizga “4 taraf” metodimni ya’ni video qo’lanmamni sovg’a qilaman.

“4 taraf” metodini olish
@dilafruz_xidoyatova_admin

Masterklassimga qatnashish

https://t.me/+F3T2nGmSDXo1ZTQ6
4.2K views15:00
Ochish/sharhlash
2023-02-16 13:13:30 O‘QITUVCHILARGA USTAMA TAYINLASHNI DIREKTOR HAL QILADIMI?

MAKTAB kanaliga shu kunlarda ustozlardan savol kelyapti, savol mazmuni shuki, “Ustamani direktor beradimi?”, direktor o‘qituvchilar ishini baholab, ustama berishni u hal qiladimi?” degan mazmunda. Savolga Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarori bo‘yicha javob berishga harakat qilamiz.

Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari, metodbirlashma rahbarlarining bazaviy ta’rif stavkasiga har oylik ustama belgilash, xodimlarni mukofotlash va ularga moddiy yordam berish maktabda tuzilgan ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.

Demak, ustama tayinlashda maktab pedagogik kengash qarori bilan 7 kishidan iborat ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruh tarkibi quyidagicha bo‘ladi:

Maktab direktori— ishchi guruhi rahbari;
O‘IBDO‘—ishchi guruh mas’ul kotibi;
Ishchi guruh a’zolari; MMIBDO‘, kasaba uyushmasi raisi, pedagog xodimlar orasidan bir nafar, kuzatuv kengashi vakilidan bir nafar va ota-onalaridan bir nafar vakil.


Ishchi guruh faoliyatida shaffoflikni ta’minlash maqsadida har o‘quv yili boshlangunga qadar pedagogik kengash tomonidan ishchi guruh tarkibi qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda ishchi guruh tarkibidagi bir nafar pedagog xodim va kuzatuv kengashi vakili, ota-onalar vakili har yili o‘zgartirib borilishi shart.

Ishchi guruh qarori ishchi guruh a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovoz berishi yo‘li bilan qabul qilinadi. Ishchi guruh rahbari barcha a‘zolardan so‘ng ovoz beradi. Ovozlar soni teng bo‘lib qolganda, ishchi guruh rahbarining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Ishchi guruh a’zosining ba’zaviy ta’rif stavkasiga har oylik ustama belgilash, uni mukofotlash yoki unga moddiy yordam belgilash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, ishchi guruhning mazkur a’zosi masalani ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi hamda bu haqida ishchi guruh majlisi bayonnomasida qayd etiladi.

Shuningdek, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari ishchi guruhining faoliyatiga hamda ular qabul qiladigan qarorlarga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, pedagoglarga ustama tayinlash maktabda tuzilgan ishchi guruhning ishidir. Ishchi guruh yig‘ilishida uning a’zolari ishtirok etib xodimlar faoliyatini to‘g‘ri baholashi va qabul qilinadigan qarorlarga e’tiroz bildirishi mumkin. Maktab direktori ishchi guruh rahbari bo‘lib, u ham bitta ovoz berish huquqiga ega. Faqatgina ovozlar soni teng kelgan taqdirda direktorning ovozi hal qilivchi hisoblanadi.

Shunday ekan, xodimlarga ustama tayinlashda direktor o‘zi qaror chiqara olmaydi, ishchi guruh qarori bo‘yicha ustama, mukofot, moddiy yordam tayinlanadi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
6.0K views10:13
Ochish/sharhlash
2023-02-15 12:01:15
Maktabda taʼlim olayotgan oʻquvchilar soni qariyb 6,5 mln. nafarga yetgan

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023- oʻquv yili boshiga Oʻzbekistonda umumtaʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar soni qariyb 6,5 mln. nafarni tashkil etgan.

Shundan, 1–4-sinf oʻquvchilari soni 2,5 mln. nafarni yoki jamiga nisbatan 39,4 % tashkil etgan.

Hududlar boʻyicha 1–4- sinf oʻquvchilari soni:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 144,2 ming nafar
Andijon viloyati - 234,7 ming nafar
Buxoro viloyati - 127,9 ming nafar
Jizzax viloyati - 105,6 ming nafar
Qashqadaryo viloyati - 262,2 ming nafar
Navoiy viloyati - 74,3 ming nafar
Namangan viloyati - 211,9 ming nafar
Samarqand viloyati - 306,8 ming nafar
Surxondaryo viloyati - 216,7 ming nafar
Sirdaryo viloyati - 60,5 ming nafar
Toshkent viloyati - 201,9 ming nafar
Farg‘ona viloyati - 273,2 ming nafar
Xorazm viloyati - 138,8 ming nafar
Toshkent shahri - 185,3 ming nafar

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
3.7K views09:01
Ochish/sharhlash
2023-02-15 05:53:51 RASMIY MUNOSABAT

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boʼlinmalari mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazilayotgani boʼyicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy hokimliklar masʼuliyatini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni loyihasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʼlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazish qayd etilgan va ushbu hujjat loyihasini tegishli vazirlik va davlat idoralar bilan kelishish uchun Аdliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — project.gov.uzga joylashtirilgan.

Shu oʼrinda taʼkidlash joizki, ushbu normativ-hujjat hozirda loyiha boʼlib, rasmiy kuchga ega emas. Аyni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Farmon loyihasidagi tegishli bandlar boʼyicha eʼtiroz bildirilib, Аdliya vazirligi bilan muzokaralar oʼtkazilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʼlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazilayotgani boʼyicha soha xodimlari va keng jamoatchilik vakillarining xavotiriga oʼrin yoʼqligini maʼlum qilamiz.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
4.8K views02:53
Ochish/sharhlash
2023-02-14 15:24:59 ​​ Яқин орада мактаблар тўлиқ мустақиллигидан айрилиши мумкин

@Xalqtaliminfo kanali yozmoqda

Хабарингиз бўлса, мактабгача ва мактаб таълими бўлимларини маҳаллий ҳокимликлар тузилмасига ўтказиш бўйича президент фармони лойиҳаси ишлаб чиқилди. Яқин кунларда бу ҳужжат тасдиқланиши мумкин.

Мактабларнинг тобора вазирликка эмас, маҳаллий ҳокимликларга тобе бўлиб бориши жуда ёмон сигнал. Ўзи шундоқ ҳам ҳозирга келиб, таълим муассасалари ҳар томонлама маҳаллий ҳокимликларга боғлаб ташланганди. Директорни депутатлар сайлайди, ўринбосарни маънавият маркази, тарғиботчини маънавият маркази. Барчасининг илдизи эса ҳудудий ҳокимликларга бориб тақалади.

Мактаблар ҳар тарафдан ҳокимликларга тобе бўлиб қолиши ортидан мактаб маъмурияти яна илгаригидек ҳокимларнинг чизган чизиғидан чиқолмай қолади. Тунги вақтдаги натижа бермайдиган тўгараклар, мактабда уюшмаган ёшлар учун ташкил қилинаётган «Гулҳан атрофида» тадбирлари, мажбурий обуна, пуллик тeaтр ва концерт томошаларалига ўқитувчиларни мажбурий жалб қилиш каби топшириқлар кимлар томонидан берилаётганлиги барчага маълум.

Хуллас халқ таълимидаги бундай бошқарув тизими бизга ҳали кўп панд беради. Бунинг оқибати яхшиликка олиб келмайди деб ўйлайман. Чунки бунга бир нечта сабаблар бор.

Биринчидан, кадрларни танлаб жой-жойига қўйишда муаммолар юзага келади. Жойларда қанча-қанча тажрибали, салоҳияти етарли бўлган кадрлар бор. Лекин, улар ҳокимга ёқмайди. Шунинг учун ҳам лавозимга ўтиб ишлашга имкони йўқ. Айрим кадрлар эса, мактаблар ҳудудий ҳокимликлар кўрсатмалари билан ишлашини билгани сабаб у лавозимда ишлашни хоҳлашмайди.

Иккинчидан, иш ҳажмининг ҳаддан зиёд кўпайиб кетиши. Мактаб маъмуриятининг асосий бошқарувдаги кадрларини ҳокимлик қўл остидаги ташкилот раҳбарлари тавсия қилганлиги сабабли, улар энди мактабларга қўшимча топшириқлар беришни бошлайди.

Тан олиб айтиш керак, ҳозирги кунда педагог ходимлар ўз вазифаларига кирмайдиган жуда кўп ишлардан озод қилинди. Аммо, бир томондан мактаблар маҳаллий ҳокимликларга боғлаб қўйиш таълимнинг зарари учун хизмат қилади.

Шу сабабли мактабларнинг тўлиқ мустақиллигини таъминлаш жуда ҳам долзарб масала деб ўйлайман. Бу масалани Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги назоратга олиши керак.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
5.4K views12:24
Ochish/sharhlash
2023-02-14 14:08:25 5-SINFDAN BOSHLAB YAGONA SINF RAHBARLIGIGA KIMLAR TAYINLANADI?

Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 22-fevraldagi 41-sonli buyrug’iga ko’ra sinf rahbarlari o‘qituvchilar orasidan ta’lim muassasasi direktori tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.

Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:

kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;
maktabda to‘liq stavkada asosiy ishchi sifatidla faoliyat olib borayotgan;
odob-axloqi va xulqi bilan o‘quvchilarga shaxsiy namuna bo‘la oladigan;
ruhiy jihatdan barqaror bo‘lgan;
o‘quvchilar bilan ishlash jarayoniga mas’uliyat bilan yondasha oladigan.

Boshlang‘ich sinfda asosiy (o‘qish, ona tili, matematika) fanlardan dars beradigan o‘qituvchi sinf rahbari hisoblanadi. Boshlang‘ich sinfga tayinlangan sinf rahbari 1-sinfdan boshlab 4- sinfgacha o‘quvchilarga yagona rahbar hisoblanadi.

Xuddi shunday tartib 5- sinfdan 11-sinfga qadar ham qo‘llaniladi.

Bir o‘qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Direktor o‘rinbosarlari, psixologlar va boshqa sinf rahbari bo‘lishi mumkin emas.

Sinf rahbarlari faoliyatini ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
5.8K viewsedited  11:08
Ochish/sharhlash
2023-02-14 13:00:03
Sinfdagi shovqinga o‘qituvchi sababchimi?

Albatta, bo‘lishi mumkin! Chunki sizda hali "Kreativ pedagog" kitobchasi yo‘q. Bu kitobcha esa, bepulga berilmoqda. Tarqatish yanada oson bo‘lishi uchun maxsus bot ham tayyorlandi)

Qo'shimasiga sovg‘a ham bor! Bu sovg‘alar nima ekanligi botga kirguningizgacha sir bo‘lib tursin.

Birinchilardan bo‘lishga odatlangan bo‘lsangiz, hoziroq kitobcha sizniki bo‘ladi:

Marhamat @kreativmetodbot
4.4K views10:00
Ochish/sharhlash
2023-02-14 10:48:34 BILASIZMI, MAKTABGA BIRIKTIRILGAN INSPEKTOR- PSIXOLOG QUYIDAGI ISHLARNI BAJARISHI KERAK.

darslarga sababsiz, muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlaydi, darslarga qatnashmaslik sabablarini oʼrganadi;

umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash borasida tadbirlarni tashkil etadi;

muammoli oʼquvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlaydi;

oʼquvchilardagi barcha salbiy holatlar va moyilliklarning oldini olish boʼyicha taʼlim muassasalari psixologlari bilan hamkorlikda pedagog xodimlar va ota-onalar uchun tavsiyalar ishlab chiqadi;

oʼquvchilarning mikromuhitini oʼrganish borasida oilalarga tashrif buyurib, oʼsmir va ota-onalar bilan individual suhbatlar uyushtiradi;

umumiy oʼrta taʼlim maktabining ichki nazoratidagi oʼquvchilar bilan tizimli ishlab, ushbu oʼquvchilarni ichki nazoratdan chiqarish choralarini koʼradi.
@metodik_yordam1

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
7.1K views07:48
Ochish/sharhlash
2023-02-13 18:05:20 O‘QUVCHILARNI MAKTABGA QABUL QILISH VA MAKTABDAN CHIQARISHDA QUYIDAGI KETMA-KETLIKKA AMAL QILINISHI SHART.

Ota-onalar farzandini bir maktabdan boshqasiga olib o‘tish huquqiga ega.

O‘quvchilar harakati quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

1.Ota-ona maktab direktori nomiga farzandini boshqa maktabga o‘tkazilishini so‘rab sababini ko‘rsatgan holda ariza yozadi. Ariza bir ish kunida ko‘rib chiqiladi va ketish talloni beriladi.

2.Bolani qabul qiladigan maktab direktori nomiga ota-onalar tomonidan ariza yoziladi va ketish talloni arizaga ilova qilib beriladi. Bolani qabul qiladigan maktab shu kunning o‘zida ota-onaga kelish taloni beradi.

3.Ota-onalar kelish tallonini olib farzandi o‘qigan maktabga boradi va kelish tallonini topshiradi. Maktab direktori shu kunning o‘zida o‘quvchini o‘quvchilar safidan chiqarish to‘g‘risida buyruq chiqaradi. So‘ng ota-onaga ushbu buyruqdan ko‘chirma, baholar tabeli va bolani tibbiy kartasini topshiradi va hujjatlarni olganligi haqida tilxat yozdirib oladi.

4.Bolani qabul qilayotgan maktab yuqoridagi hujjatlarni qabul qilib olgach, shu kunning o‘zida o‘quvchilar safiga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqaradi. Buyruqdan ko‘chirmani o‘quvchi o‘qigan maktabga yuboradi.

Diqqat! O‘quvchi boshqa maktabga o‘tayotganda uning fayli maktabda qoladi. Faqatgina, baholar tabeli, tibbiy kartasi va o‘quvchilar safidan chiqish to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma beriladi. Agar o‘quvchi 10-11-sinfda o‘qisa 9-sinfdagi shahodatnomasi ham qo‘shib beriladi.

O‘quvchi faylida qolgan hujjatlar (metrka nusxasi, ota-onasini passport nusxasi, rasm va boshqa) tegishli tartibda maktab arxiviga topshiriladi.


Asos: Xalq ta’limi vazirining 2015-yil 2-iyundagi 13-mh-son buyrug‘i.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
4.0K viewsedited  15:05
Ochish/sharhlash