Get Mystery Box with random crypto!

Maktab | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @maktab_daa
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 757
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan kundalik com uchun tayyor ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Ko‘rgazma, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan na’munalar shu kanalda.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 27

2023-02-24 17:30:58
Farzandini to'g'ri tarbiyalshni xohlagan ota-onalar uchun maxsus imkoniyat.

Lider farzand tarbiyalash yo’llari

Telefon va kompyuter o’yinlaridan ajratish yo’llari

Farzandimizga maqsad qo’yishni va erishishi uchun yo’l yo’riq o'rganasiz

Men sizni 3 kunlik "Komil farzand tarbiyalash" nomli 3 kunlik Bepul onlayn marafonimga taklif qilaman.

Shunchaki tasavvur qiling! 3 kunlik marafonda sizga 20 yillik bilimlarimni o'rgataman.

Marafon 28-fevral, 1-2- mart kunlari soat 20:00 da bo'lib o'tadi.

Marafonga qatnashish uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting
https://t.me/+rxriidCzd6M0ZDM6
7.0K views14:30
Ochish/sharhlash
2023-02-24 17:17:43 METODBIRLАShMА RАHBАRLАRIGА 10% USTАMА BERISh TARTIBI

Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bo‘yicha umumtaʼlim muassasasining fan yoʼnalishlari boʼyicha metodbirlashma rahbarlariga 10% ustama berish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Xo‘sh, bu ustamalar qaysi mezon asosida belgilanadi? Ushbu mezon Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 17-iyundagi 02-02/1-1703-sonli xatida belgilab berilgan.

Unga ko‘ra metodbirlashma rahbarlari quyidagi ishlarni bajarishlari kerak bo‘ladi.


Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolari uchun kamida 3 va undan ortiq metodik tadbir (oʼquv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qoʼshimcha maʼlumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbati va hokazo) tashkil etilgan boʼlishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolariga taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun chorakda 1 ta pedagogik texnologiya yoki oʼquvchilarning fanni oʼzlashtirishdagi boʼshliqlarini toʼldirish usullari tavsiya etilgan boʼlishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumta’lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvni samarali tashkil etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilinishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumtaʼlim muassasasida belgilangan fan oyligini tashkil etilgan boʼlishi;
Fan oyligini o‘tkazish tartibi bekor qilindi. Shu sababli, bu bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatma kelishi mumkin.

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma yigʼilishini chorakda bir marta oʼtkazilgan boʼlishi kerak.

Qilingan ishlar yuzasidan metodbirlashma rahbari maktabda tuzilgan ishchi guruhga bir varoqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va ikki dona fotolavha taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ishchi guruh qilingan ishlarni 100 ballik tizimda ballaydi va eng kamida 61 ball to‘plangan taqdirda 10% ustama belgilaydi.

Ushbu baholash mezonlarining to‘liq matni.

ESLATMA: sinf rahbarlari metodbirlashmasi rahbariga 10% li ustama to‘lanmaydi va endilikda sinf rahbarlari metodbirlashmasi mavjud emas.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
7.9K views14:17
Ochish/sharhlash
2023-02-24 16:12:59
Kurs davomida siz:

Letter yozish, essay yozish
Speaking savollariga to’liq javob berish
Barcha Listening savol turlari bo’yicha testlarni oson ishlash usullari
Barcha Reading savol turlari bo’yicha testlar ishlash texnikasi
Grammatika va vocabulary bo'yicha darajangizni oshirish
Mock testlar ishlash
Imkoniyatiga ega bo’lasiz

SPEAKING UCHUN INDIVIDUAL FEEDBACK BERILADI
WRITING UCHUN INDIVIDUAL FEEDBACK BERILADI
VAZIFALAR BAJARILISHI NAZORAT QILINADI.

Kurs instruktori: Rakhmanova Gulzira ( oliy toifali o'qituvchi+ Aptis+ IELTS+ Gereneral English instructor)

Darslar 1- martdan START oladi !!!

SHOSHILING!!!
JOYLAR SONI CHEKLANGAN!!!

35 TA O'QUVCHI OLINADI .

1va 3- mart kunlari bo'ladigan 1 va 2-chi darsga qo'shilib, darsni kuzatib, keyin toʻlov qilsangiz boʻladi.


Ro'yxatdan o'tish uchun: @tkt_teacher ga yozing


Rasmiy kanalimizga ulanish

@C1_online_course
5.9K views13:12
Ochish/sharhlash
2023-02-24 11:59:09 Shavkat Mirziyoyev: Har bir islohotda o‘qituvchilar ko‘z oldimda bo‘ladi

Yaqinda Qarshi tumanidagi Yangi Batosh mahallasida yangi maktab qurib bitkazildi. 2021-yilda tashkil topgan mahalla bo‘lgani bois bu yerda maktab yo‘q edi. 500 dan ortiq o‘g‘il-qiz 10 kilometr masofadagi maktabga qatnardi. Prezidentimiz Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida mazkur maktabda ham bo'ldilar.

Maktab 660 o‘rinli. O‘ttizdan ortiq sinfxonalar, kutubxona, faollar zali, oshxona, STEM laboratoriyasi, kompyuter xonasi va kasbga yo‘naltirish xonalari mavjud. Ochiq va yopiq sport maydonchalari, yo‘l harakati xavfsizligi yo‘laklari tashkil etilgan.

Ma’lumki, mamlakatimizda yoshlarni kamida ikkita chet tili va bitta zamonaviy hunarga o‘rgatish maktab ta’limidagi asosiy yo‘nalish sifatida belgilangan. Yangi maktabda ham bunga sharoit yaratilgan. Maxsus jihozlangan xonalarda o‘quvchilar tikuvchilik, zargarlik, pazandachilik, sartaroshlik, elektrsozlik, kompyuter va mobil telefonlarga xizmat ko‘rsatish, robototexnika bo‘yicha kasb sirlarini o‘rganadi.

Davlatimiz rahbari qashqadaryolik o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ldi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
7.1K views08:59
Ochish/sharhlash
2023-02-24 11:58:59
6.6K views08:58
Ochish/sharhlash
2023-02-23 18:23:20 O‘QITUVCHIGA MAKTAB HUDUDIDA QUYIDAGILAR TAQIQLANADI

(buni barcha o‘qituvchilar bilib olishi kerak)

- jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik ko‘rsatish;
- o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridan asossiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;
- “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sinfxonada ushlab o‘tirish;
- ta’lim muassasasiga va dars mashg‘ulotlariga spirtli ichimliklar iste’mol qilgan, soch-soqolni tartibga keltirmagan va kiyinish odobiga rioya qilmagan holda kelish;
- ta’lim muassasasi hududi va binosida spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish;

- muassasa hududi va binosida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga aloqasi bo‘lmagan turli xil tadbirlar (tug‘ilgan kun, yubiley, iftorlik va boshqa tadbirlar bilan bog‘liq bayramona dasturxonlar)ni tashkil etish;
- ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlari dars mashg‘ulotlari vaqtida o‘tkazilishi taqiqlanadi.

- o‘quvchilarni jazolash maqsadida ularga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
- ichki tartib va kiyinish madaniyatiga rioya qilmaydigan o‘quvchilarni sinfdoshlar yoki muassasa jamoasi oldida muhokama qilmaslik;
- o‘quvchilar tomonidan uyga vazifani bajarmay kelgan o‘quvchini ommaviy izza qilish holatlarini uyushtirmaslik;
- chet elga noqonuniy ravishda chiqib ketgan o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muassasa rahbariyatidan yashirmaslik;
- o‘quvchining ota-onasi yoki qonuniy vakillari bilan shaxsiy adovatga bormaslik;

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug‘i “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari” to‘g‘risidagi nizomning ayrim bandlaridan olindi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
6.0K views15:23
Ochish/sharhlash
2023-02-23 09:56:06 O‘QUVCHILARGA DARS MASHG‘ULOTLARI (SINF XONALARI)DA QUYIDAGILAR TAQIQLANADI


dars vaqtida o‘rinsiz gaplashish, ovqatlanish, saqich chaynash;

qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketish;

mashg‘ulotlar yakunlangunga qadar ta’lim muassasasi hududidan o‘qituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish;

yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam so‘rash;

boshqa o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish;

telefondan (smartfon, planshet va boshqa gadjet qurilmalar) foydalanish, uni parta ustiga qo‘yish.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug‘i “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari” to‘g‘risidagi nizom.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
18.9K views06:56
Ochish/sharhlash
2023-02-22 16:29:04 SINF RAHBARLARINING HISOBOTI BO‘YICHA...

Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 22-fevraldagi 41-sonli buyrug‘iga ko‘ra sinf rahbarlari yillik ish reja asosida ish yuritadi va har chorakda qilingan ishlar yuzasidan MMIBDO‘ ga hisobot topshiradi.

Ushbu hisobotlardan va ish rejalardan namunalarni jamoamiz bilan tayyorladik va “O‘qituvchiga hujjat” kanalida va “Hujjatlar botida”⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋsizlar uchun joyladik. Marhamat bemalol foydalanishlaring mumkin. @hujjatlar32bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
4.7K views13:29
Ochish/sharhlash
2023-02-22 12:28:36 ​​ Shu yildan maktabda olingan yakuniy baholar kirish imtihonlarida hisobga olinadi

Ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash va uni oliy ta'lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Unga ko'ra:

2022-2023 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta'lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik ta'limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritiladi va ushbu ko‘rsatkich 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab oliy ta'lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

Nizomga muvofiq, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta'limning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi ballga qo‘shiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

Baholarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 6–11-sinflardagi yoki 6–9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig‘indisini o‘qitilgan fanlarga bo‘lish orqali chiqariladi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o‘tkaziladi:

86-100% uchun – 5 baho;
71-85% – 4 baho;
56-70% – 3 baho va 56% gacha – 2 baho.

Eslatib o'tamiz, mazkur qaror loyihasi Davlat test markazi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar ishlab chiqilgan edi.

(Hujjatlar kerak bo‘lsa ushbu botdan foydalaning!⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋ)

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
14.8K views09:28
Ochish/sharhlash
2023-02-21 05:17:06 Pedagogika universitetlariga qabul ikki bosqichli imtihon orqali amalga oshilishi mumkin

Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qaroriga asosan, 2024/2025 o‘quv yilida tajriba-sinov tariqasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga (alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno) qabul jarayonlari ikki bosqichda, jumladan birinchi bosqichda — dastlabki imtihon shaklida, ikkinchi bosqichda — kirish test sinovlari orqali amalga oshiriladi. Bunda:

dastlabki imtihon va kirish test sinovlari Davlat test markazi (hozirgi nomi Bilim va malakalarni baholash agentligi) tomonidan o‘tkaziladi;

dastlabki imtihon doirasida abituriyentlarning pedagogik kasbga moyilligi o‘rganiladi;

kirish test sinovlarida qatnashishga faqat dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga ruxsat etiladi.

2024-yil 1-yanvarga qadar Universitetning pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha vaqtinchalik tartibni ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Shuningdek, qarorda tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqib, pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga qabul imtihonlarini ikki bosqichda o‘tkazish tartibini pedagog kadrlar tayyorlovchi boshqa oliy ta’lim muassasalariga ham tatbiq etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish vazifasi belgilangan.

Hujjatlar bot⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋ
@hujjatlar32bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
10.0K views02:17
Ochish/sharhlash