Get Mystery Box with random crypto!

Maktab | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @maktab_daa
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 757
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan kundalik com uchun tayyor ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Ko‘rgazma, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan na’munalar shu kanalda.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 31

2023-02-13 14:39:50
2-sinf uchun Ona tili va o'qish savodxonligi fanidan 3-chorak
Tarqatmalari 100 ta 6 000
97-227-89-26 ga telgramdan yozing
3.0K views11:39
Ochish/sharhlash
2023-02-13 14:39:38 Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz obunachilar,yangi 3-chorak ham yaqinlashib qoldi,2022-2023 O'quv yili uchun 3-sinf Matematika  3-chorak konspektlarimiz tayyor bo'lib qoldi.
Ajoyib dizayndagi betlik
Qushimcha topshiriqlari bilan
Yangi va to'liq ishlanmalar
Qo'shimcha rasmlar bilan boyitilgan holda.Agarda tushunmay qolgan mashq,misol va masalalari boʻlsa mutaxassis ekispert o'qituvchilarimiz sizga yordamga tayyor,tagida ko'rsatilgan nomerga telifon qilsangiz kifoya.
TO'LIQ HAJMDA YUKLAB OLING
Do'stlaringizga ulashing
Telgramdan
@USTOZ4
@BEKUSTOZ
97-227-89-26
3.2K views11:39
Ochish/sharhlash
2023-02-13 09:14:02 MAKTAB PEDAGOGIK KENGASHINI YURITISH BO’YICHA BA’ZI MA’LUMOTLAR

Pedagogik kengash bayonnomalari Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2016-yil 30-maydagi 6-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining pedagogik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom”da Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 9-iyunda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 2799) belgilangan tartibda yuritiladi.

Pedagogik kengash yigʻilishi har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Zaruratga koʻra, navbatdan tashqari yigʻilishlar oʻtkazilishi mumkin. Pedagogik kengash bayonnomasi va qarorini yuritish uchun pedagogik jamoa orasidan koʻpchilik ochiq ovoz berish yoʻli bilan kengash kotibi saylanadi.

Pedagogik kengash bayonnomasi elektron shaklda (matn koʻrinishida) tayyorlanib, Kengash raisi va kotibi tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
Bayonnomalarning tartib raqami har oʻquv yili boshidan belgilanib, rejadan tashqari, yaʼni navbatdan tashqari pedagogik kengash yigʻilishlari ham shu ketma-ketlikda raqamlanib boriladi.

Pedagogik kengash qarorlari maktab maʼmuriyati va pedagogik jamoa uchun bajarilishi majburiy boʻlgan hujjat hisoblanib, uning ijrosi ustidan nazorat Kengash raisiga yuklatiladi. Pedagogik kengash qarorlari oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi va yigʻma jildlar(reyestr)da tikib boriladi hamda 75 yil muddatdamaktabda saqlanadi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi 205-sonli buyrugʻi

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
5.6K views06:14
Ochish/sharhlash
2023-02-13 08:09:26
BOSHLANG‘ICH TA'LIM yo‘nalishida o‘qishni tavsiya qilamiz!

Dunyoning eng yaxshi amaliyotini boshlang‘ich ta'limda o‘quvchilar bilan ishlashda qo‘llang!

Kasb mahoratini professional pedagoglarimizdan o‘rganing va o‘z ishingizda tatbiq eting!

Hoziroq hujjat topshiring https://admission.nordicuniversity.org

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun:
+998955053300| @nordikedu
+998955054400| @nordikedu

Web-site | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
4.2K views05:09
Ochish/sharhlash
2023-02-12 10:56:27 ЎҚИТУВЧИНИ ИШ ВАҚТИНИ ҲИСОБЛАШДА АБЕТ ВАҚТИ ҲАМ ҚЎШИЛАДИМИ?

Yurist Xizmatidan

Assalomu alekum yaxshimisiz. Mani savolim shundan iboratki o'qituvchini ish vaqtini hisoblashda abet vaqti ham qo'shiladimi. Deylik 1 stavka o'qituvchi 20 soat darsi bor 16 soat ped yuklamasi bor bir haftada umumiy 36 soat bo'ladi. Shunga 6 kun uchun har kuni bir soatdan 6 soat qo'shiladimi haftalik soatga. Yani 36 soatga 6 soat qo'shilib 42 soat qilib keyin 6 ga bo'lib bir kunlik ish vaqtini chiqaramizmi. Xullas abat ham o'qituvchi uchun bormi alohida.

ЮРИСТ ЖАВОБИ:


Меҳнат кодексининг 118-моддасига кўра ўқитувчилар учун 36 соатлик иш ҳафтаси белгиланган.

Бу иш соатини ҳисоблашда тушлик вақти чиқариб ташланади.

Қаранг! Меҳнат кодексининг 127-моддасига мувофиқ ходимга иш куни (смена) давомида дам олиш ва овқатланиш учун танаффус берилиши керак, бу танаффус иш вақтига киритилмайди.

Шунга кўра сизлардаги ҳолатда кунлик иш вақтини белгилашда 1 соат тушлик вақти киритилмайди.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
8.7K views07:56
Ochish/sharhlash
2023-02-11 17:10:09 METODBIRLASHMA RAHBARLARI QUYIDAGI VAZIFALARNI BAJARISHI KERAK

Umumiy o'rta ta'lim maktabida fan metodbirlashma rahbarlari o'qituvchilarga o'quv yili davomida quyidagi metodik xizmatlarni koʻrsatadi:

o'qituvchilarni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy ommabop adabiyotlar bilan tanishtirib boradi;

fanni o'qitishga doir me'yoriy va metodik hujjatlarni o'quv jarayoniga tatbiq etish usullarini ko'rsatib beradi;

variativ o'quv rejalar asosida tanlov sinflarini tashkil etish choralarini ko'radi;

dars jarayonida ko'rgazmali vositalar va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha tavsiyalar beradi;

har bir chorak yakuniga ko'ra o'quvchilardagi bo'shliqlarni to'ldirish, murakkab mavzularni osonroq tushuntirish bo'yicha metodik tadbirlarni tashkil etadi;

yosh pedagoglarga tajribali ustozlarni biriktirib, kasbiy rivojlantirishga sharoit yaratadi;

metodbirlashma a'zolari orasida sog'lom raqobat va ijodiy muhitni shakllantiradi, boshqa metodbirlashmalar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yadi;

fan o'qituvchilarining dars taqsimoti adolat va shaffoflik asosida tegishli tarifikatsiya boʻyicha metodbirlashmada muhokama qilinib, maktab pedagogik kengashiga taklif kiritadi;

o'qituvchilarga sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishga ko'maklashadi;

fan o'qituvchilarining metodik yordamga boʻlgan ehtiyojini aniqlab, tuman (shahar), hududiy xalq ta'limi boshqarmasi va pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazlaridagi metodistlaridan metodik yordam oladi;

mediasavodxonlik va onlayn axborot xavfsizligi bo'yicha o'qituvchilarning tegishli ko'nikmalariga ega bo'lishlari uchun o'quvlar tashkil qilib boradi;

ilg'or metodikalarga ega o'qituvchilarni xolis aniqlab, ularning tajribasini ommalashtirish, rag'batlantirish bo'yicha maktab pedagogik kengashiga taklif kiritadi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug’i

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
4.5K views14:10
Ochish/sharhlash
2023-02-11 12:35:28 O‘QITUVCHINING ISHI OSONLASHDI!

O‘qituvchilar ishini osonlashtirish maqsadida maxsus kanal ochildi. Ushbu kanalda siz faoliyatingizga oid har qanday hujjatlar:
Qarorlar;
Nizomlar,
Ish rejalar;
Bayonnomalar
;
Sinf rahbarlik hujjatlari;
To‘garak hujjatlari
.Xullas barcha hujjatlarni topishingiz mumkin. Marhamat
https://t.me/uqituvchiga_hujjat
5.1K views09:35
Ochish/sharhlash
2023-02-11 07:41:39 KADRLAR BO‘YICHA MENEJERNING VAZIFASI QUYIDAGILAR

Kadrlar bo‘yicha menejer Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi 206-sonli buyrug‘iga ko‘ra quyidagi funksiyalarni bajaradi.

Ta'lim muassasasida xodimlar shaxsiy tarkibining hisobini yuritish; mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarning shaxsiy tarkibi bo'yicha buyruqlarni (ishga qabul qilish, boshqa ishga o'tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat ta'tili berish va h.k.) rasmiylashtirish va ularning belgilangan tartibda saqlanishini ta'minlash;

xodimlarni muassasaning ichki mehnat tartibi qoidalari bilan tanishtirish; xodimlarning shaxsiy ish jildlarini (T-2 kartochkalar, mehnat daftarchalari, mehnat shartnomalari va h.k.) shakllantirish va yuritish, ularga o'z vaqtida xodimlarning faoliyati bilan bogʻliq oʻzgartirishlarni kiritish;

xodimlar to'g'risidagi ma'lumotlarning "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga, shuningdek, vazirlikning elektron ma'lumotlar bazasiga sifatli kiritilishi va o'z vaqtida yangilab borilishini ta'minlash, mehnat daftarchalari yuritilishi, hisobga olinishi va saqlanishini ta'minlash;

bo'sh (vakant) ish o'rinlari toʻgʻrisidagi ma'lumotlar haqida
ish.mehnat.uz hamda vazirlikning ish.uzedu.uz sayti orqali e'lon berish; xodimlarga ta'til berish hisobini yuritish, ta'tillar jadvalini tuzish;

ta'lim muassasa xodimlariga pensiyalar tayinlash, imtiyozlar va kompensatsiyalar belgilash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish;

xodimlarning qoʻnimsizligi sabablarini oʻrganish, uni pasaytirish bo'yicha muassasa direktoriga takliflar kiritish;

kadrlarga oid hujjatlarni belgilangan joriy saqlash muddatlari tugagach, uni doimiy saqlash uchun arxivga topshirish tayyorlash;

ta'lim muassasasida mehnat intizomining holati va xodimlar tomonidan ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, mehnat intizomi buzilishlarining hisobini yuritish;

ta'lim muassasalarini pedagog kadrlar bilan ta'minlash, oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini jalb etish choralarini ko'rish yuzasidan turli tadbirlarda ish beruvchi vakili sifatida ishtirok etish;

maktab direktorining ko'rsatmasi asosida ish faoliyati davomida erishib kelayotgan yutuqlari uchun pedagoglar tarkibidan O'zbekiston Respublikasining Davlat mukofotlari va vazirlikning tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash bo'yicha nomzodlarning hujjatlarini tayyorlash, oʻrnatilgan tartibda tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limiga taqdim etilishini ta'minlash;

ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'sini hurmat qilish;

ta'lim muassasa obro'si va sha'niga putur yetkazishi mumkin boʻlgan ma'lumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan ma'lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

ta'lim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun o'ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda o'zi ish olib boradigan xonada yong'in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta'minlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Kadrlar boʻyicha menejer (inspektor) o'z majburiyatlarini samarali bajarish maqsadida boshqa bo'linmalar (xodimlar)dan tegishli ma'lumot va axborotlarni so'rab olish huquqiga ega.

Kadrlar bo'yicha menejer (inspektor)ga ushbu lavozim majburiyatlariga daxldor boʻlmagan boshqa vazifa va funksiyalar yuklatilishiga yo'l qo'yilmaydi.


Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
9.6K views04:41
Ochish/sharhlash
2023-02-10 17:48:17 KUNDALIK COMDA SINF RAHBARINING VAZIFALARI QUYIDAGIChA


ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili) uchun Platformada рrоfil yaratib,
vaqtinchalik Login vа Parolni tarqatish;

ota-onalar va o'qituvchilar uchun unutilgan Login vа Parolni tiklash tartibi hamda o'quvchi vа ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning shaxsiy ma'lumotlarini uzatish uchun javobgar bо'lish;

ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning Platformadagi faolligini doimiy ravishda kuzatib borish, zarurat tug'ilganda ularga aloqaga chiqib profilaktik suhbat olib borish. Profilaktik suhbat o'z ijobiy natijasini bermagan taqdirda maktab direktoriga mа'lumot kiritish;

sababli (kasalligi, oilaviy sharoitidan kelib chiqqan holda) dars qoldirgan o'quvchilarni sinf jurnalida maxsus belgilar (s, dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) bilan belgilab chiqish;

o'quvchi sababsiz 3 soat dars qoldirsa kerakli hujjatlar to'plamini yig'ib, muassasa rahbariga taqdim etish;

umumiy o'rta ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizim bilan ishlash va arxivlashtirish tartibi haqidagi nizomga muvofiq belgilangan
vazifalar bajarilishini ta'minlaydi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 24-iyun kungi 205-sonli buyrug‘i.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
12.1K views14:48
Ochish/sharhlash
2023-02-10 08:32:42 QAYSI DAVLATDA O‘QITUVCHILARGA ENG KO‘P MAOSH TO‘LANADI?

O‘qituvchilik juda mas’uliyatli va sharafli kasb bo‘lib, rivojlangan davlatlarda eng yuqori haq to‘lanadigan mutaxassisliklardan biri hisoblanadi. Ularning davlat rivoji va taraqqiyoti uchun qo‘shayotgan hissasi munosib qadrlanadi.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tahlillari bo‘yicha, o‘qituvchilar eng ko‘p maosh oladigan davlatlar reytingi quyidagicha (kamida 15 yillik ish tajribasiga ega boshlang‘ich maktab o‘qituvchisining YILLIK o‘rtacha ish haqi):

1. Lyuksemburg –101 360 dollar;
2. Germaniya – 80 407 dollar;
3. Kanada – 71 664 dollar;
4. Niderlandiya –71 024 dollar;
5. Avstraliya – 65 658 dollar;
6. Irlandiya – 62 313 dollar;
7. AQSH – 62 102 dollar;
8. Daniya – 60 185 dollar;
9. Koreya Respublikasi – 59 103 dollar;
10. Avstriya – 55 142 dollar;
11. Yangi Zelandiya – 53 247 dollar;
12. Norvegiya – 51 352 dollar;
13. Ispaniya – 49 898 dollar;
14. Yaponiya – 49 498 dollar;
15. SHvetsiya – 47 664 dollar;
16. Sloveniya – 45 857 dollar;
17. Portugaliya – 44 802 dollar;
18. Finlandiya – 44,180 dollar;
19. Islandiya – 42 024 dollar;
20. Kolumbiya – 39 961 dollar.

Shuningdek, ta’lim tizimidagi ba’zi farqlar sabab Shveytsariya reytingga kiritilmagan bo‘lsa-da, u yerda ham o‘qituvchilar oyligi juda yuqori bo‘lib, ular yiliga o‘rtacha 94 500 dollar daromad topishadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya umumta’lim maktablarida ishlaydigan o‘qituvchilarning o‘rtacha ish haqi oyiga 778 dollarni tashkil qiladi. Qo‘shni Qozog‘istonda esa o‘qituvchilar ish tajribasi va malakasiga qarab o‘rtacha 499,5 dollardan 874,8 dollargacha maosh olishadi.
Ko’plab davlatlarda o‘qituvchilarning ish haqi quyidagi omillarga bog‘liq:
• o‘qituvchining malakasi va tajribasi;
• dars soatlari miqdori;
• ta’lim muassasasining turi;
• maktabning reytingi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
4.2K views05:32
Ochish/sharhlash