Get Mystery Box with random crypto!

  Darsni yanada qiziqarli o'tish mumkinmi? 'Har bir o'qituv | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

  Darsni yanada qiziqarli o'tish mumkinmi?

"Har bir o'qituvchi darsni imkon qadar qiziqarli o'tkazishga intilishi kerak" - albatta, biz bunday deganimiz bilan mo'jiza kashf etib qolmaymiz. Darsning asosiy samaradorligi o'quvchilarning diqqat e'tibori va siz pedagoglarning kasbingizdan qay darajada mamnun ekanligizga bog'liq.

Shunday ekan biz bugun bu masalaga yanada aniqroq yondoshishga harakat qilamiz. Qani kettik!

Demak, o'quvchilaringiz sizni tinglamasdan shovqin ko'tarishyaptimi? Ularni urushmang, shunchaki "Avtofokus"  metodi orqali o‘quvchilarni tinchlantiring va yaxshi kayfiyat bilan darsni davom ettiring!

Yoki aksincha darsingizda o'quvchilar zerikkanidan uxlab qolishyaptimi? Buning ham chorasi bor, "Sayohat" metodi orqali sinfni yanada qiziqarli qiling. Qarabsizki, hammasi ajoyib!

Ha aytgancha, o'quvchilaringizning xotira bo'yicha muammolarga duch kelishyaptimi? Unda siz ularga "Setlkasten" metodi orqali dars o'ting. Endi ularda eslab qolish bo'yicha hech qanday muammo bo'lmaydi.

Xullas, sanayversak darsni qiziqarli qilishning yo'llari va metodlari judayam ko'p. Faqat ularni o'rganish uchun sizda ozgina xohish va harakat bo'lsa kifoya)

"Setlkasten metodi"ni Kreativ Pedagog May oyi guruhida o'rganing

@Krepeduz